Reja Kirish Byudjet-soliq siyosatining o‘zaro bog‘liqlig Byudjet-soliq siyosati: nimalarni va qanday o‘rganamiz Kirish
Byudjet soliq sektorining tarkibiy tuzilishi va ular ortasidagi bogliqliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Liberal (erkin, ochiq)
- Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va byudjet-soliq siyosatiga ta’siri.
Davlat tomonidan tartibga solishning nisbatan yuqori darajadaligi Iqtisodiyotda davlat sektorining nisbatan kengligi Xo‘jalik yurituvchi subektlarning nisbatan kamroq erkinligi Sotsial (ijtimoiy) vazifalarni bajarishda davlatning ko‘proq ishtirok etishi
Davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning aholi barcha qatlamiga yo‘naltirilganligi |
|
| |
| |
| |
| |
| |
| |
Maksimal darajada(gi) soliqlarning olinishini, shunga mos ravishda, davlatning ixtiyorida ko‘proq mablag‘larnig bo’lishini va byujet-soliq siyosatining shunga yo‘naltirilganligini taqozo etadi. | |
Germaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Avstriya, Yaponiya va boshqalar |
Liberal (erkin, ochiq) | |
Xo‘jalik jarayonlariga davlatning kam aralashuvi Iqtisodiyotda davlat sektorining torligi Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning keng erkinligi
Sotsial (ijtimoiy) vazifalarni bajarishda davlatning minimal ishtirok etishi Davlat tomonidan tartibga solishning monetar xarakterdaligi va asosan, makroiqtisodiy jarayonlar bilan cheklanganligi Davlat tomonidan qo‘llab-quvvat- lashning faqat aholi kambag‘al- qashshoq qismiga yo‘naltirilganligi |
|
| |
| |
| |
| |
| |
| |
Minimal darajada(gi) soliqlarning olinishini, shunga mos ravishda, davlatning ixtiyorida kamroq mablag‘larnig bo’lishini va byujet- soliq siyosatining shunga qaratilishi kerakligini taqozo etadi. | |
AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlar |
chizma. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va byudjet-soliq siyosatiga ta’siri.
1-chizmada qayd etilgan holatlarni tahlil qilish va ular- ning xarakterli belgi yoki xususiyatlarini bir-birlari bilan qi- yoslash natijasida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu har ikki modeli bir-biridan tubdan farq qilishini aniqlashimiz mumkin. Ular deyarli barcha pozitsiyalar bo‘yicha, haqiqat- dan ham bir-birining aksidir. Buning ustiga bir modelga te- gishli bo‘lgan xarakterli belgi ikkinchi modelga xos emas.
Shu o‘rinda har bir modelga tegishli bo‘lgan bu xarak- terli belgilarni kimlarningdir ijod mahsuli sifatida emas, balki iqtisodiy hayot aksiomasi tarzida e’tirof etish lozim- ligini ham qayd etib o‘tish joiz. Bizning xoxish-irodamizga bog‘liq bo‘lmagan holda ular tabiiy ravishda o‘zini namoyon etib turibdi. Bu yerda sun’iy ravishda u yoki bu modelga “tiqishtirilgan” xarakterli belgi yo‘q. Shu bois ba’zi-birovlar tomonidan ular “reviziya” qilinmasligi yoki shubha ostiga olinmasligi kerak.
Odatda, yaratilgan u yoki bu model ma’lum bir mu- allif(lar) tomonidan ishlab chiqiladi. Yaratilgan va amalda faoliyat ko‘rsatayotgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari ham bundan mustasno emas. Ularning ham mu- allif(lar)i bor. Lekin bozor iqtisodiyotini shakllantirish model- larining muallif(lar)i Siz bilan biz ko‘nikib qolgan va nazarda tutadigan muallif(lar)dan farqlanadi. Ularning muallif(lar)i– HAYOT, deb ataladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu modellari alohida olingan shaxslar to- monidan ishlab chiqil(yaratil)maganligini yoki “ixtiro” qilin- maganligini yana bir marta qayd etib, ularning ana shunday ko‘rinishda tarkib topganligi o‘z navbatida, uzoq vaqt davom etgan tarixiy taraqqiyot va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojining natijasi ekanligini ta’kidlash joiz.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va ularning har biriga xos bo‘lgan xarakterli belgilarni inobatga olish barcha sohalarda (shu jumladan, byudjet-soliq siyosatiga nisbatan ham) oqilona qarorlarni qabul qilish uchun prin- sipial ahamiyatga ega. Shuning uchun gap alohida olingan mamlakat xususida ketayotganda, eng avvalo, bu mam- lakatning bozor munosabatlarini qaysi model asosida shakllantirayotganligiga aniqlik kiritish lozim. Undan so‘ng bu modelga tegishli bo‘lgan xarakterli belgilarni inobatga olgan holda qarorlar qabul qilishga chog‘lanmoq kerak. Aks holda qabul qilingan qaror Siz bilan bizni ko‘zlangan maqsad sari yetaklamaydi.
Oddiy fuqaro (inson) sifatida har bir modelga tegishli bo‘lgan xarakterli belgilarning bizga maqbul bo‘lgan variant- larini o‘z manfaatlarimizga “moydek” yoqishini sezib, “qarsak chalib” kutib olishimiz tabiiy. Masalan, o‘zida bozor munos- abatlarini “liberal model” asosida shakllantirayotgan mam- lakatlarda a) xo‘jalik jarayonlariga davlatning kam aralashu- vi; b) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning keng erkinligi; v) davlat tomonidan tartibga solishning monetar xarakterdaligi va asosan, makroiqtisodiy jarayonlar bilan cheklanganligi ularning fuqarolari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi. Xuddi shu joyning o‘zida aksincha, a) iqtisodiyotda davlat sektorining torligi; b) sotsial (ijtimoiy) vazifalarni bajarish- da davlatning minimal ishtirok etishi; v) davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning faqat aholi kambag‘al-qashshoq qis- miga yo‘naltirilganligi ma’qullanmasligi mumkin.
Xuddi shunday holatni o‘zida bozor munosabatlarini “sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan” model asosida shakllanti- rayotgan mamlakatlarda ham kuzatamiz. Masalan, ularning fuqarolari uchun; a) sotsial (ijtimoiy) vazifalarni bajarish- da davlatning ko‘proq ishtirok etishi; b) davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning aholi barcha qatlamiga yo‘naltiril- ganligi muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, aksincha, a) davlat to- monidan tartibga solishning nisbatan yuqori darajadaligi; b) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning nisbatan kamroq erkinligi;
v) bozorni faqatgina makro-darajada emas, balki mikrodara- jada ham reglamentatsiya qilinishi “shtik”da qarshi olinishi turgan gap.
O‘z holimizga qo‘yib berilsa, albatta, har ikki modelning faqat o‘zimizga ma’qul keladigan tomonlarini qabul qilishni va shunday ijobiy xarakterli belgilarni o‘zida mujassam etuv- chi uchinchi modelning yaratilishini istaymiz. Ammo buning iloji yo‘q. Chunki, birinchidan, bozor munosabatlarining rivojlanish tarixi shundan dalolat bersa, ikkinchidan, bun- day modelni yaratishga harakat qilish behuda urinishdan boshqa hech narsa emas. Buning boisi shundaki, bu yerda ham tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlaridan biri bo‘lgan qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni o‘z kuchini ko‘rsatadi. Zero, bu qonunning o‘zini namoyon etishi Siz bilan bizning xoxish-irodamizga bog‘liq emas. Shuning uchun ham usiz bozor iqtisodiyotini shakllantirish modella- rining amalda faqat ijobiy yoki faqat salbiy tarzda namoyon bo‘lishini tasavvur etish o‘z-o‘zini aldash bilan barobar.
Mavzumizning mazmunini hisobga olgan holda 1-chizma- da bozor iqtisodiyotini shakllantirish har bir modeliga xos bo‘lgan xarakterli belgilarning, jumladan, soliqlar va soliqqa tortish hamda byudjet-soliq siyosati masalalariga ta’siri ham ko‘rsatilgan. Undan ko‘rinib turibdiki, liberal model mini- mal, sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan model esa, aksincha, maksimal darajada(gi) soliqlarning olinishini taqozo etmoq- da. Bu o‘z-o‘ziga(dan) emas, balki kuchli mantiqqa asoslan- gan. Shuning uchun ham liberal modelga xos bo‘lgan xarak- terli belgilar boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda ko‘proq soliqlarning olinishiga sira hojat qoldirmaydi. Va aksin- cha, sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan modelga tegishli bo‘lgan xarakterli belgilar esa kamroq soliqlarning olinishiga imkon bermaydi. Bu holatni ma’lum ma’noda absolyut haqiqat si- fatida talqin qilmoq maqsadga muvofiq.
Vaziyatning aynan shunday ekanligi faqat soliqlar va soliqqa tortish masalalariga yoki byudjet-soliq siyosatiga daxldor emas. Iqtisodiyot va iqtisod ilmining qaysi sohasida bo‘lmasin bu narsa o‘z izini albatta, qoldiradi. Undan qochib qutilishning iloji yo‘q. Uni ko‘rolmaslik yoki ko‘rib, ko‘rmas- likka olish nodonlik alomatidir. Shunday ekan, endi bir tasavvur qilib ko‘raylik: iqtisodiy, jumladan, byudjet-soliq siyosati sohasidagi muammolarni hal qilishga shaylanib turganimizda yuqoridagi “absolyut haqiqat” qay darajada inobatga olinayapti? Inobatga olinayaptimi o‘zi yoki yo‘qmi? Yoki u o‘z yo‘ligami? U biz qo‘yayotgan “diagnoz” yoki be- rayotgan tayyor “retsept”larimizga qay darajada aks etishi kerak? Unga bog‘liq bo‘lmagan holda “taklif-tavsiya”larim- izni ilgari surib, ularni ilmiy va amaliy jihatdan “asoslab” bermayapmizmi? Qolganlarimiz oddiy tomoshabin bo‘lib, “Sen – menga tegma, men – senga tegmayman” qabilida ish tutib, “qarsak chalib” o‘tirmayapmizmi? Bu narsa qachonga- cha davom etishi kerak?...
Ishonchingiz komil bo‘lsin, barcha iqtisodiy muammolar- ni, shu jumladan, soliqlar va soliqqa tortish yoki byud- jet-soliq siyosati sohasidagi muammolarni ham hal etishda yuqoridagi “tamal toshi” inobatga olinadigan bo‘lsa, folbinlik qilishga, asossiz fantaziya va xayolparastlikka hojat qolmay- di. Boshni har toshga urish ham shart emas. O‘zimizni “o‘t”- ga ham, “suv”ga ham uravermaymiz. Har qanday musiqa- ga “yo‘rg‘alash”dan o‘zimizni tiyib turamiz. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi uchun “zig‘ircha” bo‘lsa- da foydasi tegadigan asosli va to‘g‘ri, odilona va oqilona, foy- dali va samarali qarorlarning qabul qilinishiga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shishimiz mumkin.
Va nihoyat, yana bir fikr: 1chizmada qayd etilgan holat- lardan ogoh bo‘lib, beixtiyor “Bozor iqtisodiyotini shakllanti- rish modellarining qaysi biri yaxshiroq ekan”,- degan savol- ni o‘z-o‘zingizga berib, uning javobini topishga intilmang. Shunday savolni berganingizda ham xayolingizni boshqa o‘rinsiz narsalar cho‘lg‘ab olmasin. Chunki uning javobi 1-chizmaning o‘zida mujassam (aks ettirilgan). Uni topmo- qchi bo‘lsangiz bozor iqtisodiyotini shakllantirishning ikki modeliga mos ravishda keltirilgan davlatlarning ikki guruhi- ga e’tibor bering. Har ikki guruhga kiruvchi davlatlar bar- cha asosiy “pozitsiya”lar bo‘yicha bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlari hisoblanadi. Ajablanarlisi shundaki, turli “yo‘l”dan borib yoki “model”dan foydalanib, ularning taraqqiyot va aholisining turmush darajasi deyarli bir xil. Biri oldinga ketib, ikkinchisi ortda qolgani yo‘q. Qa- nday “model”ning tanlanganligi ko‘zlangan maqsadga eri- shishga ta’sir qilmayotir. Har ikki “model”ning ham “a’lo” ekanligini tasdiqlovchi bundan ortiq dalilga ne hojat?!
Albatta, har bir mamlakat xo‘jalik yuritishning zamonaviy samarali yo‘li sifatida o‘z oldiga bozor iqtisodiyotini tarkib toptirish yoki shakllantirish vazifasini qo‘yar ekan, shu ikki “model”dan birini tanlashi tabiiy. Zero, yuqorida qayd etil- ganidek, “HAYOT” deb atalmish muallif hali uchinchi “yo‘l”- ga asos solmagan. Bu o‘rinda, ayni damda, kimlarningdir fikricha, go‘yo o‘zida ham “rejali iqtisodiyot” va ham “bozor iqtisodiyoti” elementlarini mujassam etayotgan va keyingi yillarda yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘layotgan Xitoydan o‘rnak olish kerak, degan xayolga ham bormang. Xitoyning bu boradagi yutuqlaridan biz ham xursand bo‘lsak-da, ular nimaning evaziga qo‘lga kiritilayotganligini esdan chiqar- masligimiz lozim. Undan tashqari shunday xayolga boru- vchilar quyidagi real holatni ham inobatga olishlari kerak: yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘layotgan Xitoyning xolis ekspertlar hisob-kitoblariga qaraganda dunyoning eng rivoj- langan davlatlari qatoriga kirishiga eng kamida, hali bir asr- ga teng bo‘lgan vaqt talab qilinadi.
Bir vaqtning o‘zida shu ikki “model”dan biri tanlanar ekan, ularni bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘r-ko‘rona, avtomatik tarzda ko‘chirish, ularga hamma vaqt ham “sajda” qilish maqsadga muvofiq emas. Ularni tanlayotgan paytda shubhasizki, har bir mamlakat, eng avvalo, “model”ni o‘zi- ga “o‘lchab” ko‘radi. “Model” yarashsa, uning hamma “para- metr”lari to‘g‘ri kelsa, nur ustiga – a’lo nur. Yarashmasa yoki to‘g‘ri kelmasa-chi? U holda qabul qilinishi lozim bo‘lgan “model”ning u yoq-bu yog‘i “to‘g‘rilanishi” kerak, albatta. Chunki masalan, “laylak”ning “kiyim”i “chumchuq”qa kiyin- tirilmaydi yoki aksincha. Bu yerda ham xuddi shunday. Shu bois, bozor iqtisodiyotini shakllantirishning sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan modeliga tayangan holda qaror topayotgan, yangicha(dan) o‘zbekona ma’no-mazmun va mohiyat kasb etayotgan hamda jahonda e’tirof etilayotgan, o‘zimizga xos va mos bo‘lgan zamonaviy hosila “o‘zbek modeli” ana shun- day o‘zgartirishlar natijasidir. Qisqa qissadan – hissa: iqtisod ilmini rivojlantirishga va shu asosda amaliyotdagi iqtisodiy, jumladan, byudjet-soliq siyosatiga doir muammolarni hal etishga hissa qo‘shish uchun harakat qilayotgan barcha izlanuvchilardan, ayniq- sa, magistrantlardan umidimiz juda katta. Bu borada xus- usan, kelajakda iqtisodchi-olim bo‘lishni, olimlikning “og‘ir” yuklamasini gard yuqtirmay, sharaf bilan ko‘tarib yurish- ni va xalqimizning koriga yarashni o‘z oldiga niyat qilib qo‘ygan iqtidorli yoshlarimizga katta ishonch bilan qaraymiz. Shuning uchun ham ularning ilmiy “taqdir”iga befarq qa- ramasdan, to‘g‘ri joydan “start” olishlarini juda-juda istar- dik. Zero, “marra”ga qanday va qachon yetib kelish avvalo, olingan “start”ga bog‘liq. Quchilgan “zafar”ni ham olingan “start”dan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling