Reja Kirish Byudjet-soliq siyosatining o‘zaro bog‘liqlig Byudjet-soliq siyosati: nimalarni va qanday o‘rganamiz Kirish
Download 54.01 Kb.
|
Byudjet soliq sektorining tarkibiy tuzilishi va ular ortasidagi bogliqliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byudjet-soliq siyosatining o‘zaro bog‘liqlig
Reja Kirish 1. Byudjet-soliq siyosatining o‘zaro bog‘liqlig 2. Byudjet-soliq siyosati: nimalarni va qanday o‘rganamiz Kirish Har bir mamlakatda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilishi lozim bo‘lgan byudjet-soliq siyosatining mazmun-mohiyati va uning yo‘nalishlarini eng avvalo, shu mamlakatda bozor munosabatlarini shakllantirishda uning qanday modeliga tayanilgani (asoslanganligi) belgilab beradi. Shu ma’noda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosati o‘zaro vobastadir. Ularning ikkinchisi (byudjet-soliq siyosati)ni birinchisi (bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari)dan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Agar aksincha ish tutilsa, bu bir tomondan, mamlakatda sog‘lom bozor munosabatlarining rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi, uni murakkablashtiradi. Ikkinchi tomondan esa, byudjet-soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning u yoki bu modelining o‘ziga xos xususiyatlari, talablari va prinsiplari inobatga olinmasa, bu bunday siyosatning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga o‘ziga xos zamin tayyorlaydi va byudjet-soliq siyosati albatta, ertami-kechmi, baribir muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shuning uchun ham bu yerda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosatining o‘zaro vobastaligini to‘g‘ri idrok etish prinsipial ahamiyatga ega. Byudjet-soliq siyosatining o‘zaro bog‘liqlig Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va ularning har biriga xos bo‘lgan xarakterli belgilarni inobatga olish barcha sohalarda (shu jumladan, byudjet-soliq siyosatiga nisbatan ham) oqilona qarorlarni qabul qilish uchun prinsipial ahamiyatga ega. Shuning uchun gap alohida olingan mamlakat xususida ketayotganda, eng avvalo, bu mamlakatning bozor munosabatlarini qaysi model asosida shakl Byudjet-soliq siyosati 25 lantirayotganligiga aniqlik kiritish lozim. Undan so‘ng bu modelga tegishli bo‘lgan xarakterli belgilarni inobatga olgan holda qarorlar qabul qilishga chog‘lanmoq kerak. Aks holda qabul qilingan qaror Siz bilan bizni ko‘zlangan maqsad sari yetaklamaydi. Shu munosabat bilan alohida qayd etish lozimki, u yoki bu mamlakatda xo‘jalik yuritishning zamonaviy shakli yoki usuli sifatida bozor iqtisodiyotini shakllantirish (tarkib toptirish, vujudga keltirish) to‘g‘risida gap ketar ekan avvalo, uning dunyo amaliyotida umume’tirof etilgan quyidagi ikki modeli mavjudligi qayd etiladi: 1.Liberal model. 2.Sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan model. Byudjet-soliq siyosati Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu ikki modeli o‘ziga xos xususiyatlarga yoki xarakterli belgilarga ega. Buni 1-chizmadan yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Download 54.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling