Reja Kirish Byudjet-soliq siyosatining o‘zaro bog‘liqlig Byudjet-soliq siyosati: nimalarni va qanday o‘rganamiz Kirish


Download 54.01 Kb.
bet3/3
Sana02.04.2023
Hajmi54.01 Kb.
#1319550
1   2   3
Bog'liq
Byudjet soliq sektorining tarkibiy tuzilishi va ular ortasidagi bogliqliklar

2. Byudjet-soliq siyosati: nimalarni va qanday o‘rganamiz
Siyosat – juda nozik va murakkab masala. Uning od- diy ko‘z ilg‘amaydigan yoki aql bovar qilmaydigan tomonlari juda ko‘p. Siyosatda “kosa tagida – nimkosa”, “qizim senga aytaman, kelinim sen eshit” kabi holatlar ko‘plab uchray- di. Shuning uchun uni to‘g‘ri tushunishga hamma ham har doim yetarli darajada tayyor bo‘lavermaydi. Buning aynan shunday ekanligi ham tabiiy. Shunday ekan, unga nisbatan munosabat bildirayotganda juda ehtiyot bo‘lmoq lozim.
Aslida, siyosatni tushunishga tayyor bo‘lmagan (tushun- magan)lar unga nisbatan munosabat bildirmaganlari ma’qul. Chunki bu jarayonda “qosh qo‘yaman” deb, “ko‘z chiqarish” hech gap emas. Hatto siyosatga nisbatan fikr bildirishim ke­ rak, degan qaror qabul qilinganda ham yetti o‘lchab, ayrim joylarda esa, yetmish o‘lchab, bir kesish lozim. Aksincha, tarz- da ish tutganlar hayotning achchiq tajribasi va haqiqatining ko‘rsatishicha, qolgan umrlarining oxirigacha muzdek qatiqni ham puflab ichishni xush ko‘radilar yoki afzal biladilar.
Siyosatning juda ko‘p yoki xilma-xil tur (ko‘rinish)lari mavjud. Ulardan biri byudjet-soliq siyosatidir. Bu siyosat ayrim hollardagidek, quruq gap bilan emas, balki pul mab- lag‘larining harakati bilan bevosita bog‘liq. Undan doimo pul mablag‘larining o‘ziga xos bo‘lgan o‘tkir “hid”i ufurib turadi. “Pul bo‘lsa, changalzorda – sho‘rva”, “Vaqt – bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayot- gani yo‘q. Ijobiy ma’noda “Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga aytilmayapti.
Byudjet-soliq siyosatini pul mablag‘larining harakatidan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bordi-yu, shunday qilinsa, u o‘z kuchini va ta’sirchanligini yo‘qotib, siyosatga emas, balki oddiy safsataga aylanadi-qoladi. Shuning uchun ham u nihoyatda murakkab, nozik, mas’uliyatli va qaltis si- yosat hisoblanadi. Shu bois bu siyosat bilan ham odatda, “o‘ynashib” bo‘lmaydi. Aks holda, u haqiqatdan ham “kuy- dirish”i va “qimmat”ga tushishi mumkin.
Eng umumiy va sodda tarzda byudjet-soliq siyosati bir tomondan, byudjet daromadlarini (oqilona) shakllantirish va ikkinchi tomondan, byudjet xarajatlarini (samarali) sar- flash bilan bog‘liq. Aslida byudjet siyosati tom ma’noda o‘z ichiga soliq siyosatini ham qamrab oladi. Biroq amaliyotda ko‘pchilik hollarda, byudjet daromadlarini shakllantirishga qaratilgan siyosatni, odatda, soliq siyosati va byudjet xara- jatlarini sarflashga qaratilgan siyosatni esa byudjet siyosati, deb yuritiladi. Shu ma’noda byudjet-soliq siyosatini shart- li ravishda bir-biridan va nisbiy jihatdan mustaqil bo‘lgan byudjet va soliq siyosatlarining majmuyi sifatida ham e’tirof etish mumkin.
Biroq bu siyosat bekordan-bekorga yagona nom bilan atalib, byudjet-soliq siyosati, deb yuritilmaydi. Buning o‘zi- ga xos sababi bor. Bu sababning negizida ularni bir-biridan mutlaqo ajratib bo‘lmasligi yotadi. Byudjet siyosatidan ab- solyut mustaqil bo‘lgan hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lma- gan holda ishlab chiqilgan soliq siyosati mavjud emas va aksincha. Navbatdagi moliya yilida soliq siyosatining aso- siy yo‘nalishlari va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi bir o‘zgarishlar, boshqa ba’zi bir sabablar bilan bir qatorda, oxir oqibatda, o‘sha yilga daxldor bo‘lgan byudjet xarajatlari ko‘lamining qanday ekanligiga borib taqaladi. O‘z navbati- da, shu yildagi byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim o‘zgarishlarni aso- san, shak-shubhasiz, byudjet daromadlari hajmi (miqdori) ning qanday ekanligi belgilab beradi. Shu ma’noda byud- jet siyosatisiz soliq siyosatini va aksincha, soliq siyosatisiz byudjet siyosatini to‘g‘ri tasavvur etib bo‘lmaydi. Ular ikkala- sining o‘zaro mushtarakligi, bir-birini taqozo etishi va vobas- taligi byudjet-soliq siyosatining yagonaligidan dalolatdir.
Ifodali qilib aytilganda, byudjet siyosati oqqush singari ko‘kka tomon parvoz qilayotganda, soliq siyosati cho‘rtanbaliq kabi dengiz tomon yoki qisqichbaqaga o‘xshab quruqlik sari yo‘l olmog‘i kerak emas. Aks holda, arava o‘rnidan qo‘zg‘al- maganidek, byudjet-soliq siyosatining samarador (natijali)ligi ham pastligicha yoki “0”ga tengligicha qolaveradi.
Byudjet-soliq siyosati to‘g‘ri va oqilona yurgizilsa, bir so‘mlik mablag‘ni sarflab, ba’zi hollarda o‘n so‘mlik sama- rani kutsa bo‘ladi. Aksincha bo‘lganda esa, milliard-milliard so‘mlik mablag‘lar samarasiz, “qumga suv singib ketgandek” g‘oyib bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri va oqilona yurgizilayotgan byudjet-soliq siyosati (albatta, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) ishlab chiqarishning rivojlanishiga, aholi turmush darajasining yaxshilanishiga, soliqqa tortish bazasining ken- gayishiga, mablag‘larning samarali sarflanishiga va h.k.lar- ga olib kelsa, aksincha bo‘lganda esa, bu siyosat iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq, xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kengayti- rish, mablag‘larni talon-taroj qilish va shu kabi salbiy holat- lar vujudga kelishining omiliga aylanishi turgan gap.
Bunday vaziyatda “Byudjet-soliq siyosatining o‘zi nima, uning asosini nima tashkil etadi, tarkibiy qismlari nimalar- dan iborat, bu siyosat ishlab chiqilayotgan paytda nimalarga e’tibor berish kerak, uning zamonaviy dolzarb muammolari nimalar va ularni qanday qilib hal qilish maqsadga muvofiq?” kabi ko‘plab savollarga aniqlik kiritib olish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu va shunga o‘xshash yana bir necha o‘nlab ha- yotiy savollarning mavjudligi, tabiiy ravishda mazkur o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilmasini belgilab (aniqlab) berdi. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilmasini belgi- lashda ta’lim tizimining nisbatan mustaqil bosqichi bo‘lgan magistraturada o‘quv jarayonining o‘ziga xos bo‘lgan xususi- yati (jumladan, ayrim dolzarb mavzuni “ipidan-ignasigacha” yoki chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish) inobatga olindi. Xususan, o‘quv qo‘llanmada ta’lim tizimining bakalavriat bosqichida muhokama qilingan “Moliyaviy siyosat” mavzusi- ni atroflicha ko‘rib chiqishga harakat qilindi. Bunda uning asosan, ikki jihatiga, ya’ni byudjet va soliq siyosatlarining majmuyidan iborat ekanligiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu yerda eng avvalo, boshqa bir narsaga aniqlik kiritildi. Gap shundaki, hozir- gi paytda u yoki bu mamlakat doirasida ishlab chiqilayot- gan va hayotga tatbiq etilayotgan har qanday siyosatni shu mamlakatda tarkib toptirilayotgan bozor iqtisodiyotining qaysi modelga asoslanganligidan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda bozor iqtisodi- yotini shakllantirish modellari sun’iy tarzda emas, balki ta- biiy ravishda mamlakatdagi har qanday siyosatga, jumladan, byudjet-soliq siyosatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qol- maydi. Chunki bozor iqtisodiyotini shakllantirishning har bir modeli faqat o‘ziga xos bo‘lgan bir necha xususiyatlarga egaki, ular albatta, siyosatda o‘z izini qoldiradi. Ularni hisob- ga olmasdan ishlab chiqilayotgan va yurgizilayotgan byud- jet-soliq siyosati mamlakatni muvaffaqiyat sari yetaklamay- di. Shu bois o‘quv qo‘llanmaning dastlabki bobidayoq ana shu masalaga alohida e’tibor qaratildi hamda masala bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyo- satining o‘zaro vobastaligi kesimida qisqacha tarzda bo‘lsa- da, ilk bora ko‘rib chiqildi (2-bob).
Biroq bu yerda yana bir masalaga oydinlik kiritib olish kerak. Gap bu o‘rinda siyosatning nisbatan mustaqil bo‘lgan bir turi sifatida byudjet-soliq siyosatining qayerdan “start” olishi, unga tegishli bo‘lgan boshlang‘ich “nuqta”ning qay- erda ekanligini aniqlab olish xususida ketayapti. Bu bejiz emas, albatta. Chunki amaliyotda ayrim hollarda, byud- jet-soliq siyosati makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida qaralsa, boshqa hollarda esa, u moliyaviy siyosat- ning ajralmas qismi sifatida talqin qilinadi. Shu munosabat bilan ushbu masalaga aniqlik kiritishda bizningcha, uning quyidagi jihatlariga e’tibor bermoq lozim:

  • makroiqtisodiy siyosat iqtisodiy siyosatning tarkibiy

(bir) qismi. Uning bunday ko‘rinishi iqtisodiy siyosat tur (ko‘rinish)larining ma’lum bir belgilarga (iqtisodiy siyosat- ning qaysi darajada ketayotganligiga) qarab turkumlarga ajratish natijasi hisoblanadi;

  • moliyaviy siyosat ham iqtisodiy siyosatning tarkibiy

(bir) qismi. Uning bunday ko‘rinishi iqtisodiy siyosat tur (ko‘rinish)larining boshqa bir belgilarga (iqtisodiy siyosat- ni amalga oshiruvchi instrumentlarga) qarab turkumlarga ajratish natijasidir;

holda bir vaqtning o‘zida moliyaviy siyosatni iqtisodiy siyo- satning va makroiqtisodiy siyosatning ham tarkibiy qismi si- fatida e’tirof etish mumkin;

  • xalqaro amaliyotda makrodarajada fiskal siyosat to‘g‘risida gap ketganda uning konkret mazmuni byud- jet-soliq siyosati orqali namoyon bo‘layotgan bo‘lishiga qara- masdan, bu narsa byudjet-soliq siyosatining faqat va faqat makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida e’tirof eti- lishiga yetarli darajada asos bo‘la olmaydi. Chunki aslida, o‘shanda ham makrodarajadagi fiskal siyosatni moliyaviy si- yosatdan ajratib bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda, haqiqatdan ham xorij amaliyotida “fiskal siyosat” deyilganda “moliyaviy siyo- sat” nazarda tutiladi va aksincha;

  • byudjet-soliq siyosati moliyaviy siyosatdan ajralgan

holda mustaqil ravishda, iqtisodiy siyosatning ham va mak- roiqtisodiy siyosatning ham tarkibiga bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) kira olmaydi;
iqtisodiy siyosat doirasida byudjet-soliq siyosati xus- usida gap ketayotganda moliyaviy siyosat to‘g‘risida gap ket- mayapti, deb bo‘lmaydi;

  • makroiqtisodiy siyosat doirasida ham byudjet-soliq siyosati to‘g‘risida gap ketganda uni moliyaviy siyosatdan ajralgan holda tasavvur etish mumkin emas.

Yuqoridagi mulohazalardan “aylanganda ham, o‘rgilgan- da ham” byudjet-soliq siyosatining “start” oladigan “joyi” yoki “tayanch nuqta”si moliyaviy siyosatdir, byudjet-soliq siyosatining makroiqtisodiy siyosatdagi o‘rni umumiy moli- yaviy siyosatning doirasi bilan belgilanadi (amalga oshirila- di), degan mantiqiy xulosaning kelib chiqishi, tabiiy5.
Byudjet-soliq siyosati moliyaviy siyosat doirasida ishlab chiqiladi va hayotga tatbiq etiladi. Qolaversa, uning tub asosi- ni yoki fundamentini ham moliyaviy siyosat tashkil qiladi. “Byudjet-soliq siyosatini moliyaviy siyosatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Usiz byudjet-soliq siyosati xususida gapirish o‘z ma’nosiga ega emas. Bu siyosat moliyaviy siyosatdan kelib chiqadi va uni yanada konkretlashtiradi” degan fikrlar o‘zi- da obyektiv reallikni aks ettiradi. Shuning uchun ham oldin moliyaviy siyosatning ma’no-mazmuniga yoki mohiyatiga tushunmasdan turib byudjet-soliq siyosatiga nisbatan shun- day urinish befoyda hisoblanadi. Moliyaviy siyosat doirasida amal qiladigan byudjet-soliq siyosatining ma’no-mazmunini o‘quvchilarga (ayniqsa, magistrantlarga) qanday tarzda tus- huntirish maqsadga muvofiq? “Hamma narsa va hech narsa” tarzidami yoki ayrim hollardagidek, “omixta” qilibmi? Balki “har sohadan – bir shingil” qilib tushuntirish kerakdir? Xur- sand bo‘lib, qayd etiladigan joyi shundaki, mustaqillik sha- rofati ila qo‘lga kiritilgan yutuqlardan bahramand bo‘lgan hozirgi kundagi ko‘plab o‘quvchilarning bilim saviyasi juda baland, didi nozik. Ular o‘z oldilariga qo‘yilgan har qanday taomni iste’mol qilavermaydilar (bu jumlalarni “qo‘llariga tushgan har qanday kitobni o‘qiyvermaydilar”, deb o‘qing). Shu bois, o‘quv qo‘llanmaning keyingi qismlarida masalan- ing ana shu jihatlari e’tiborga olindi va byudjet-soliq siyosa- ti hamda unga tegishli bo‘lgan muammolar alohida-alohida tarzda, ya’ni byudjet siyosati va soliq siyosati kesimlarida ko‘rib chiqildi. Bularning har biri to‘g‘risida aniq tasavvur ga ega bo‘lgan o‘quvchi byudjet siyosati va soliq siyosatini muvaffaqiyatli birlashtirib, yagona byudjet-soliq siyosatini mustaqil ravishda vujudga keltirish vazifasini uddalaydi, deb o‘yladik va buni o‘quvchilarimizning ixtiyoriga qoldirdik.
Download 54.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling