Reja: Kirish Byudjet tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik majburiyatlar hisobini tashkil etishning nazariy-uslubiy asoslari. Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobini yuritish tartibi


Download 0.95 Mb.
bet1/9
Sana22.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1109870
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
debitor kreditor mustaqil ta`lim


REJA:
Kirish

  1. Byudjet tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik majburiyatlar hisobini tashkil etishning nazariy-uslubiy asoslari.

  2. Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobini yuritish tartibi.

  3. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar bilan hisoblashuvlar hisobi.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
Byudjet tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar natijasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish talablariga mos hisob tizimini yaratish muhim o’rin tutadi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz bergan va berayotgan tub o’zgarishlar, ularni miqdor jihatdan ifodalash va sifat jihatdan tavsiflash, nazorat va tahlil qilish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish va zarur bo’lgan axborotlar olishda asosan hisob tizimiga murojat qilinadi. Shu o’rinda alohida ta’kidlash lozimki, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining hisob yuritish tizimi va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash tartibini xalqaro standartlar talablari asosida qayta ko’rib chiqish , rivojlantirish va takomillashtirib borish davlat byudjeti tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadidir.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 9.12.2019 yildagi “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-589-son Qonunni imzoladi. “Bu kabi hujjat Oʻzbekistonda birincha marta qabul qilinmoqda. U barcha darajadagi davlat boshqaruvi sektorlarining byudjet javobgarligini oshirish, byudjet ijro intizomini mustahkamlash, byurokratiyani qisqartirish imkonini beradi, shuningdek mahalliy hokimiyatlarga koʻproq erkinlik beradi”1
Mamlakatimiz byudjet tizimida mablag’lardan oqilona va samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va davlat sektori buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari talablaridan kelib chiqib byudjet tashkilotlarida debitor va kreditor majburiyatlar hisobini bosqichma-bosqich isloh qilib borish zamon talabi hisoblanadi. Respublikamiz byudjet tizimida olib borilayotgan islohotlarda belgilangan ustuvor vazifalarni ro’yobga chiqarishda byudjet mablag’laridan yanada maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash uchun byudjet tashkilotlarida debitor va kreditor majburiyatlar hisobini takomillashtirish masalasini yaxlit o’rganish lozimligini bildiradi.
Hozirgi paytda davlat byudjeti jahondagi har bir davlatning eng muhim
institutlaridan biri hisoblanadi. Uning samarali faoliyat ko’rsatishi iqtisodiy o’sishning sifatiga va ijtimoiy farovonlikning darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Xuddi shuning uchun ham keyingi yillarda davlat byudjeti masalalariga (muammolariga) katta e’tibor bilan qaratilyapti. Byudjet tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik majburiyatlar hisobi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan ular yetkazib bergan tovar moddiy qimmatliklari, bajargan ishlari va ko’rsatilgan xizmatlari uchun olib boriladigan hisob-kitoblar, byudjet hamda ijtimoiy sug’urta to’lovlariga ajratmalar bo’yicha, kasaba uyushmasi tashkilotlari, hisobdor shaxslar, xodimlar, stipendiya oluvchilar, deponent qilingan summalar, ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ularning ota-onalari, shuningdek boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob- kitoblardan iborat. Ushbu mavzu bu sohada o’z yechimini kutib turgan bir qancha masalalar o’rganilmaganligi uchun mavzuning dolzarbligini bildiradi.
Davlat moliyasi statistikasi bo’yicha mamlakatimizda barcha sohalarni qamrab olgan holda amalga oshirib kelinayotgan strategik islohotlar o’z samarasini bermoqda, jumladan byudjet tizimida ham. Har istiqbolli islohotlarning amalga oshirilayotganligi mazkur sohada normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, xorij tajribasini chuqurroq o’rgangan holda ilmiy iqtisodiyotimizda xalqaro standartlar talablarini joriy etishini taqozo etmoqda.
Zero, mamlakatimiz rahbari ta’kidlab o’tganlaridek: “Davlat moliyasini boshqarishda iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o’zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo iqtisodiyot moliyaviy organlarini faoliyati samaradorligiga bog’liqligini shundan kelib aytish mumkinki, davlat moliyasini boshqarish, byudjet intizomini ta’minlashi, davlat byudjet mablag’larining shakllantirilishi hamda samarali va maqsadlin sarflanishida buxgalteriya hisobi va moliya hisoboti tizimi alohida ahamiyat kasb etadi”2
Byudjet tizimi ko’p tarmoqli bo’lib, unda byudjet tizmi byudjetlar alohida ahamiyatga ega. Byudjet tizimi byudjetlarni ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek, mazkur aktivlar va majburiyatlari o’zgartiruvchi operatsiyalarning holati to’g’risidagi axborotlarni to’g’irlash, ro’yxatdan o’tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.3
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling