Reja: Kirish Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining tashkiliy jihatdan tarkibiy tuzilishi va faoliyati Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari Bankning aktiv


Bankning aktiv, passiv va noan’anaviy operatsiyalari


Download 68.33 Kb.
bet5/9
Sana08.01.2022
Hajmi68.33 Kb.
#235381
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
hisobot lobbar

3. Bankning aktiv, passiv va noan’anaviy operatsiyalari
Banklarning bajaradigan operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. Banklarning roli ularning funksiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo‘lgan operatsiyalarni bajaradi. Shu bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi.

Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:



  • jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi;

  • qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi;

  • milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;

  • pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;

  • iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi subyektlar o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;

  • bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;

  • aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi.

Bank tomonidan kichik biznesning boshka sub’ektlarini kreditlash Markaziy bankning Adliya Vazirligida 2013 yil 27 dekabrda 2546-son bilan ruyxatga olingan “Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash” tartibiga muvofik, amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2844-sonli “Tadbirkorlik sub’ektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan Adliya vazirligida 2017 yil 12 may kuni 2883-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Tijorat banklari tomonidan yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga asosan mikrokreditlar ajratiladi.

Kredit operatsiyalari banklarning riskli aktiv operatsiyalari tarkibiga kiradi. Xo‘jalik subyektlariga kredit berilishi “Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan xo‘jalik subyektlarini milliy valyutada kreditlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ajratilgan kreditlarni qaytarilishligi, to‘lanilishligi, ta’minlanganligi, muddatliligi va maqsadli  foydalanishliligi sharti bilan amalga oshiriladi.

Turar joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy foydalaniladigan joylarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirini amalga oshirishni moliyalashga kreditlar, muddatini uzaytirish huquqisiz, 24 oygacha muddatga berilishi mumkin hamda boshqa maqsadlar uchun beriladigan kreditlar muddati, kreditlanayotgan faoliyat turining xususiyatidan kelib chiqqan holda, mustaqil belgilanadi.

Bankning kredit siyosati kredit xatarlarining eng past darajasiga erishish va muntazam monitoring o‘tkazishga qaratildi.

Kredit operatsiyalari ishonchliligini oshirish va ularning samaradorligini o‘stirish maqsadlarida qo‘yilmalar tuzilmasini takomillashtirish Bank kredit siyosatining asosi hisoblanadi.

Yangi qarz oluvchilarni jalb etish, shuningdek doimiy ravishda kreditlanadigan mijozlarga beriladigan kreditlar hajmlarini kengaytirish borasida yil davomida faol ish olib borildi.

Kredit siyosatini yurgazishda yurgazishdagi professionallik kredit portfeli sifatini oshirishga, kredit xatarligini kamaytirishga, ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zahiralarni shakllantirilib borilishiga erishildi.

Kichik biznes subyektlari va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Bank faoliyatida hamisha ustuvor o‘rinni egallab kelgan. Bank mamlakatimiz ichki bozorini iste’mol mollari bilan to‘ldirish, import o‘rnini bosadigan hamda qo‘shimcha yangi ish o‘rinlarini tashkil etadigan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2018 yil birinchi choragida bank o‘z mablag‘lari hamda jalb qilingan mablag‘lar hisobidan 204240 mln.so‘m kredit ajratdi (6-ilova).

So‘nggi yillarda Bank kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga qarashli korxonalarni ustuvor kreditlashga qaratilmoqda. 2019 yil 1 yanvar holatiga kredit qo‘yilmalari 531 232 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, Bank tomonidan 2018 yil davomida berilgan investitsiya kreditlari miqdori 59 335 mln. so‘mni, jami investitsion kreditlar qoldig‘i esa 144 493 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Birgina 2018 yilni oladigan bo‘lsak, Bank tomonidan yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatini amalga oshirish borasida ajratilgan kreditlar miqdori 10 331  mln. so‘mni tashkil etdi. Ajratilgan kreditlarning 1 124 mln. so‘mi ipoteka, 1 419 mln. so‘mi iste’mol kreditlari va 7 788 mln. so‘mi mikrokreditlardir (7-ilova).

Kreditlar foydalanish muddatlariga qarab qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi.

Qisqa muddatli kredit 12 oylik muddatgacha beriladigan kredit bo‘lib, uning davomiyligi kreditga doir tadbirlarni o‘tkazish muddatlaridan, uning qoplanishi va boshqa shartlaridan kelib chiqadi.

Uzoq muddatli kredit bir yildan ko‘proq muddatga beriladigan kreditdir. Bunday kreditlarga bo‘lgan talab ishlab chiqarish turkumining o‘ziga xosliklariga va bitimlarning shartlariga qarab paydo bo‘ladi.

Mazkur kredit xo‘jalik subyektlariga yangi mahsulot turlarini va yangi texnologiya jarayonlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni ta’mirlash va takomillashtirish, ishlab chiqarish obyektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni qurish, ta’mirlash, texnikaviy qayta jihozlash harajatlari bilan bog‘liq investitsiya maqsadlari, asosiy poda va ko‘p yillik daraxtlarni shakllantirish bilan bog‘liq tez qoplanadigan va yuqori samarali tadbirlar uchun beriladi. Kreditdan foydalanishning aniq muddati kredit berilayotgan boyliklarning aylanish tezligi va harajatlarning qoplanishi asosida belgilanadi.

Qarz oluvchi kreditni to‘lay olmaslik xataridan qochish maqsadida ishonchli kreditdan tashqari, asosiy talabi uning realizatsiya qilinishidan iborat bo‘lgan ta’minlashga ham ega bo‘lishi kerak.

Qarz oluvchi bankka quyida ko‘rsatilgan ta’minot turlaridan birini taqdim  etishga haqli:


  • mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;

  • banklar yoki sug‘urta idoralarining kafolati;

  • uchinchi shaxslarning kafilligi;

  • o‘z faoliyatini qonunlarda belgilangan tartibda yurituvchi sug‘urta idoralarining kreditni qaytarilmay qolish xatarini sug‘urtalaganligi haqidagi sug‘urta polisi.

Mulkchilikning barcha shaklidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga berilgan kreditlar bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi Savdogarbank foydasiga bergan qarz oluvchining kreditni to‘lay olmaslik xataridan sug‘urta polisini ta’minot sifatida qabul qilib olishga ruxsat beriladi.

Bunda kredit berish faqat sug‘urta to‘lovi sug‘urta kompaniyasining bank hisobvarag‘iga o‘tkazilgani va qarz oluvchi bankka sug‘urta polisini taqdim  etganidan keyin amalga oshirilishi mumkin. Sug‘urta polisida qarz oluvchi olingan kreditlarni va u bo‘yicha foizlarni to‘lay olmagan taqdirda sug‘urta tashkiloti kreditning barcha summasini va u bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foizlarni to‘lash ma’suliyatini o‘z zimmasiga olishi to‘g‘risidagi yozuv bo‘lishi zarur.

Beriladigan kredit hisobidan sug‘urta to‘lovini to‘lash man etiladi.

Savdogarbank filiallari faqatgina tijorat banklarning Bosh banki tomonidan taqdim  etilgan kafolatlarni qabul qilishlari shart.

Kreditni qaytarish muddati kelib, qarz oluvchining depozit hisob varag‘ida pul mablag‘i bo‘lmagan taqdirda kafolat beruvchi bank qarz bergan bank filialining yozma ravishda bildirgan xabarnomasiga muvofiq muddatida to‘lanmagan kredit hamda foiz to‘lovlarini o‘z hisobidan o‘zining to‘lov topshiriqnomalari bilan bevosita qarz oluvchining kredit hisob varag‘iga o‘tkazib beradi.

Ta’lim kreditlari berish, ularni qaytarish, to‘lovning ta’minlanganligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.

Ta’lim krediti:

– bakalavriyatga – 10 yil,

– magistraturaga – 5 yil

Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Ta’lim kreditlari uchun foiz stavkasi miqdorini Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadi.

Ta’lim kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

– Ta’lim kreditini olish uchun ariza;

– To‘lov kontrakt shartnomasi;

– Yashash joyi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnoma;

– Kreditni qaytarishni ta’minlash to‘g‘risida xujjat;

– Pasport nusxasi.

Ta’minot sifatida quyidagilardan biri bo‘lishi lozim:

– Mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;

– Bankning kafolati;

– Uchinchi shaxs kafilligi;

– Sug‘urta polisi;

– Imtiyozli shartlari.

Imtiyozli kreditlar quyidagi shartlarda beriladi:

Ta’lim kreditlari chin etimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan 1 va 2 guruh nogironlariga nol foiz stavkasi (foizsiz kredit) da beriladi.

Kam ta’minlangan oila farzandlariga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foiz miqdorida kredit beriladi.

Ta’lim kreditini berish, qaytarish va foiz to‘lovlarini amalga oshirish tartibi:

Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar kredit shartnomasida qayd etilgan har yarim yilda o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini ikki teng qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o‘qiganlik uchun boshlang‘ich to‘lov joriy yilning 1 oktyabrgacha, ikkinchi yarim yillik uchun navbatdagi kalendar yilning 15 martgacha to‘lanadi.

Qarzdor tomonidan kreditni qaytarish naqd pulda, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisobidan amalga oshiriladi.

Ta’lim kreditining foizi har oyda, asosiy qarzi esa talaba o‘qishni bitirgandan so‘ng 3 oydan keyin to‘lanadi. Zarur holatlarda kredit berish to‘g‘risida xulosani tayyorlash uchun bank qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish xuquqiga ega.

Kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar uchun zahira xo‘jalik sub’ektlariga berilgan kreditlarni tahlil etish va bank xatari darajasiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarni aniqlash asosida tashkil etiladi. Bank filiallari zahira hajmini har bir hisobot oyining birinchi kuniga hisoblaydilar.

Bank tomonidan bevosita jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan beriladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi ushbu mablag‘larni berish to‘g‘risida bank va ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Ipoteka krediti berish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng, fuqaro unga biriktirilgan kvartirani xarid qilishda kvartiraning belgilangan qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan dastlabki badalni kiritib qo‘yish uchun belgilangan tartibda bank filialida maqsadli jamg‘arma omonat hisobvarag‘i ochadi.

Bunda har bir qarz oluvchi bilan alohida jamg‘arma omonat shartnomasi imzolanib, unga 20406-son jamg‘arma depozit (omonat) (“uy-joy boshlang‘ich badali”) hisobvarag‘i ochiladi va qarz oluvchi tomonidan dastlabki badal mablag‘lari 2 oy muddatda, ammo ko‘p qavatli uy davlat qabul komissiyasi tomonidan ekspluatatsiyaga qabul qilingan sanadan kechiktirmagan holda kirim qilinishi shart.

Bank filiali biriktirilgan kvartira qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda maqsadli jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga badal kiritgan qarz oluvchilar ro‘yxati va ularga biriktirilgan kvartira to‘g‘risida yozma ravishda ma’lumotni, ushbu kvartira joylashgan ko‘p qavatli uy-joy qurilishi yoki rekonstruksiyasini amalga oshirayotgan pudrat qurilish tashkilotiga taqdim etadi.

Ushbu kvartira qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda maqsadli jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga badal kiritgan qarz oluvchilar va ularga biriktirilgan kvartira to‘g‘risidagi yozma ma’lumot pudrat qurilish tashkilotiga ushbu fuqarolar bilan ko‘p qavatli uydagi kvartirani sotish borasidagi shartnomani tuzishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Qarz oluvchi sotib olinayotgan kvartira qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘ni kiritib bo‘lganidan so‘ng, pudrat qurilish tashkiloti bilan 3 nusxada biriktirilgan kvartirani sotib olish uchun belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasini tuzadi hamda qarz oluvchi oldi-sotdi shartnomasining bir nusxasini bank filialiga taqdim etadi.

Qarz oluvchi unga biriktirilgan kvartira qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda maqsadli jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan muddatda badal kiritmagan taqdirda, bank filiali unga ogohlantirish xatini yuborib, 5 kun muddatda jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga sotib olinayotgan kvartira qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni kiritishi lozimligi, aks holda kvartiraning navbatdagi boshqa fuqaroga qayta biriktirilishi haqida ogohlantiradi. Qarz oluvchi ushbu muddatda ham sotib olinayotgan kvartira qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni kiritmagan taqdirda ushbu kvartirani unga biriktirish bekor qilinib, navbatdagi fuqaroga mazkur tartib asosida qayta biriktiriladi.

Ko‘p qavatli uy qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingandan so‘ng, qarz oluvchi o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini (pudrat qurilish tashkiloti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi asosida) bank filialiga taqdim etadi va o‘rnatilgan tartibda ipoteka shartnomasi rasmiylashtirilib davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Qarz oluvchi rasmiylashtirilgan ipoteka shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng, bank filiali qarz oluvchi tomonidan uning maqsadli jamg‘arma omonat hisobvarag‘ida sotib olinayotgan ko‘p qavatli uydagi kvartira qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda kiritilgan mablag‘lari va kvartira qiymatining qolgan qismiga rasmiylashtirilgan ipoteka krediti mablag‘larini qarz oluvchining yozma topshirig‘iga muvofiq pudrat qurilish tashkilotining 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Fuqaro tomonidan ko‘p qavatli uydagi kvartirani to‘liq o‘z mablag‘lari yoki ish beruvchining mablag‘lari hisobidan sotib olishda, kvartira qiymatiga teng miqdorda to‘plangan mablag‘lar, sotib olinayotgan kvartira joylashgan ko‘p qavatli uy-joy belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinganidan so‘ng, pudrat tashkiloti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi asosida, uning 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Kvartira qiymati o‘zgargan taqdirda, qarz oluvchi sotib olinayotgan kvartira uchun jamg‘arma omonatiga kirim qilingan dastlabki badal mablag‘larini, ushbu tartibda belgilangan muddatda qo‘shimcha badal kiritish yo‘li bilan kvartira yakuniy qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorga etkazishi lozim.

Bank ko‘p qavatli uy-joydagi kvartiraning muddatida qurilishi, foydalanishga topshirilishi, narxining o‘zgarishi, sifati va atrofidagi infratuzilma uchun javobgar emas. Ushbu munosabatlar sotuvchi, sotib oluvchi va boshqa mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida qonun hujjatlari asosida hal etiladi.

Kredit bo‘yicha foizlar kredit berilgan kundan boshlab u to‘liq qaytarilgunga qadar, belgilangan foiz stavkasi hisobidan, kredit bo‘yicha amaldagi qarz qoldig‘iga har kuni hisoblanadi.

Imtiyozli davr o‘rnatilgan holda berilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz to‘lovi imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi.

Imtiyozli davr kredit bo‘yicha foizlar hisoblash va undirishga tatbiq etilmaydi. Bunda foizlar kredit bo‘yicha qarzdorlikning amaldagi qoldig‘iga kunlik hisoblab boriladi va oyda bir marta undiriladi.

Kreditni qaytarish va u bo‘yicha foizlar to‘lovi tartibi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Bunda, kredit bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar bank va qarz oluvchi imzolagan kredit shartnomasiga ilova qilingan kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq undiriladi.

Qarz oluvchi tomonidan kreditni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

a) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan va boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan;

b) bank kassasiga naqd pul topshirish yo‘li bilan;

v) qarz oluvchining bankdagi omonatlaridan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan;

g) qarz oluvchining ish beruvchisi tomonidan ipoteka kreditini qaytarish uchun ajratilgan moddiy yordami hisobidan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan.

Asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda bank xodimi qarz oluvchi bilan shaxsan uchrashib majburiyatlarning bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditning qaytarilishini ta’minlash choralarini ko‘rishni talab qiladi.

Bankning qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalari bankning passiv operatsiyalari hisoblanadi. Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar (3-jadval).




Download 68.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling