Reja: Kirish Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining tashkiliy jihatdan tarkibiy tuzilishi va faoliyati Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari Bankning aktiv


Bankning daromad va xarajatlarining shakllanishi


Download 68.33 Kb.
bet8/9
Sana08.01.2022
Hajmi68.33 Kb.
#235381
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
hisobot lobbar

4. Bankning daromad va xarajatlarining shakllanishi
Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining daromad va xarajatlari, mos ravishda passiv va aktiv hisobvaraqlarda yuritiladi, ushbu hisobvaraqlar hisobot davrining oxirida bankning foyda yoki zararlar hisobvarag‘i bilan korrespondensiyasi asosida yopiladi.

ChEKI “Savdogar” ATBning bank faoliyati natijasida olinishi mumkin bo‘lgan foizli va foizsiz daromadlar 4000-daromadlar hisobvarag‘ida yuritiladi.

2019 yil 2-chorak yakunlariga ko‘ra ChEKI “Savdogar” ATBning foizli daromadi 70878124 ming so‘mni, foizsiz daromadi esa, 21297257 ming so‘mni tashkil qilgan (8-ilova).

Bankning foydasi foiz, kredit, qimmatli qog‘ozlar hamda boshqa turdagi foizli daromadlardan shakllangan. Bankning xarajatlari esa depozitlarni o‘z ichiga oladi.

Bank asosiy va qo‘shimcha faoliyat daromadlaridan tashqari, boshqa daromadlar kategoriyasiga kiruvchi boshqa daromadlar ham oshishi mumkin.

Ular:


– jarima, penyalar, mijozlardan olinadigan jarimalar,

– ortiqcha tushumlarning kassaga tushushi;

– zaxira summasini qayta tiklash;

– hisobot yilida tushgan yoki aniqlangan o‘tgan yilgi daromadlar;

– daromadga soliq ortiqcha to‘laganligi uchun budjetdan mablag‘ qaytarish

va boshqalar.

Bu daromadlar mohiyatan tasodifi y yoki bankning hisobot davrida “Ishlab topilmagan” daromadlari hisoblanadi. Ular odatda kelasi davrga daromad rejasi tuzilganda hisobga olinmaydi.

Bank daromadining mohiyati va boshqa moliyaviy institutlaridan farqlanib turuvchi xususiyati – bank pul resurslarini tashkil etib va ularni yuqori daromadli bank portfellarini yaratish layoqati bilan xususiyatlanadi.

Bankning faoliyati natijasidagi foizli va foizsiz xarajatlar 5000-xarajatlar hisobvarag‘ida yuritiladi. ChEKI “Savdogar” ATBning foizli xarajatlari 48317488 ming so‘mni, foizsiz xarajatlari esa, 5358205 ming so‘mni tashkil etgan.

ChEKI “Savdogarbank” ATBning Amaliyot boshqarmasi tijorat faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi foyda bo‘lib, u amaliyot boshqarmasi ishi samaradorligining umumiy ko‘rsatkichi, uning mustaxkamlanishi va rivojlanishining asosiy manbaidir.

Amaliyot boshqarmaning foydasi uning barcha turdagi faoliyatidan tushgan daromadlardan amaldagi me’yoriy hujjatlarga binoan foiz va amaliyot xarajatlari, moddiy va unga tenglashtirilgan xarajatlar hamda boshqa ajratmalar chiqarib tashlangandan keyin qolgan mablag‘lardan tashkil topadi.

Amaliyot boshqarmasi oladigan asosiy daromad turlari quyidagilardir:

- berilgan kreditlar, vositachilik amaliyotlari va boshqa xizmatlar uchun olinadigan foizlar;

- boshqa banklarga berilgan kredit resurslari uchun foizlar;

- korxonalar faoliyatida ishtirok etganligi, qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkazilgan amaliyotlari va shu kabilardan tushgan mablag‘lar.

Asosiy xarajatlar quyidagilar:

- ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari;

- qo‘riqlash xizmati xarajatlari;

- jalb qilingan resurslar, naqd pullar va boshqa boyliklar inkassatsiyasi uchun to‘lovlar;

- omonatlar va xo‘jalik sub’yektlarning depozitlari, hisobvaraqlaridagi pul qoldiqlari uchun to‘lanadigan foizlar;

- boshqa tashkilotlar, hisoblash markazlarining xizmatlariga haq to‘lash va boshqa xarajatlar;

- bankning xarajatlarini qoplash uchun ajratmalar.

Ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari xarajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladi. Amaliyot boshqarmasi amaldagi qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlarda o‘z foydasi hisobidan tegishli byudjetlarga soliq to‘laydi. Soliq to‘lagandan keyin qolgan foyda quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

- amaldagi qonunchilikka asosan Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan tartibda dividend to‘lash uchun;

- Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan fondlarni shakllantirish uchun.

Xodimlarni joriy mukofotlash xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan Bank xodimlarining mehnatga haq to‘lash shartlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bank foizli xarajatlarini uning umumiy hajmiga nisbatan o‘sishi, bankning kredit resurslarini oladigan bozor kon’yukturasining yaxshimasligidan yoki bankning bu bozorlardagi raqobat mavqeini yomonlashganligidan dalolat beradi. Foizli xarajatlarning o‘sishi, foizli daromadlarning adekvat o‘sishi bilan yonma-yon borsa, bu hol o‘rtacha hisoblanadi. Foizli daromadlarning o‘sish sur’ati foizli xarajatlarning o‘sishidan o‘zib ketsa, bu hol bank uchun yetuk hisoblanadi.

Bank xodimlari va bank xodimlari bo‘lmagan, ya’ni huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun ish haqi to‘lash xarajatlari, amaldagi qonunlarga muvofiq, navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillar pulini, shuningdek, tibbiy ko‘riklardan o‘tish davlat majburiyatlarini bajarishlar uchun sarfl angan vaqt evaziga haq to‘lash kabi xarajatlar qiladi.

Bundan tashqari bankning foizga dahli yo‘q xarajatlariga bank sohasida malakali kadrlar tayyorlashda qiladigan xarajatlari kiradi. Bank oliy o‘quv yurtlari bilan kelishilgan shartnomadagi mablag‘larni to‘lab bank sohasiga malakali kadrlar tayyorlash, bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash xizmatlari uchun haq to‘laydi. Bunda bank nomoddiy aktiv shakllantiradi va bu kelajakda o‘z samarasini beradi.

Xulosa
Bank mijozlariga yangidan-yangi bank xizmatlarini tashkil qilish, bank amaliyotlarini bajarilishini tezlashtirish, filiallarni boshqarish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish va ulardan unumli foydalanish bankning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Bank faoliyatini samarali boshqarish, nazorat va tahlilini olib borish, qisqa muddatlarda qarorlar qabul qilishda axborot tahliliy tizimi ishga tushirilgan va uni mukammalashtirsh ustida ishlar olib borilmoqda.

So‘nggi yillarda Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogarbank” aksiyadorlik tijorat banki keng doiradagi mijozlar bilan hamkorlik qilmoqda. Ularning tarkibida yirik sanoat korxonalari, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari, kichik biznes korxonalari, xususiy tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari mavjud.

Savdogarbank plastik kartochka egalariga naqd va naqdsiz shaklida ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirib va takomillashtirib borib plastik kartochkalar bozorida o‘z mavqeyini mustahkamlab bormoqda.

Mijozlar bilan ishlash uslublarini muntazam takomillashtirish va bank xizmatlarining eng zamonaviy ilg‘or shakllarini amaliyotga joriy etish yo‘lida Bank xodimlarining qilgan barcha harakatlari natijasida mijozlarning bank bilan hamkorligi katta samaralar berdi.

Omonatlar qoldig‘ini muntazam oshirib borishda jismoniy shaxslarga taklif etilayotgan depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari va muddatlari muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun Savdogarbank jismoniy shaxslar depozitlarga foiz stavkalarini belgilashda bir me’yorda yondashgan, xususan foizlar Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori darajada belgilangan.

Mijozlarda bo‘sh turgan pul mablag‘larini saqlashning o‘zlariga eng maq’ul shartlari hamda ular bo‘yicha daromad hajmi taklif qilinadigan omonatni tanlash imkoniyati bor. Omonatlarga hisoblangan foizlar shartnomalarda belgilangan muddatlarda to‘lab borilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, bank faoliyati samaradorligini yanada oshirish, xodimlarning ijro intizomini yanada yaxshilash, hujjatlar almashinuviga sarflanadigan vaqtni tejash uchun elektron hujjat almashinuvi dasturiy majmualari ishlab turibdi.



Bank-moliya sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, birinchi navbatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, kapitallashuv darajasini oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda keng ishtirok etishni ta’minlash keyingi yillarda tijorat banklari uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlar bo‘lib qolishi zarur.


Download 68.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling