Reja: kirish davlat moliyaviy nazorati haqida tushuncha berish


Download 125.77 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi125.77 Kb.
#1578842
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya fanidan Kurs ishi Asilov Bekzod 2




Reja:
KIRISH
1.Davlat moliyaviy nazorati haqida tushuncha berish.
2.Davlat moliyasini boshqarishning umumiy qarashlari va shakllari.
3.Davlat Moliyaviy boshqaruvi, uning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari.
4.Moliya vazirligi markaziy apparatining tarkibi va tuzilishi, uning moliya tizimida nazoratni tashkil qilishdagi roli va ahamiyati.
Xulosa
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


KIRISH
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr talabiga moslashtirish, eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni yanada rag`batlantirish, barqaror moliya tizimi faoliyatini tashkil etish moliya munosabatlarini yanada rivojlantirishni taqozo etadi.
Davlat moliyasini boshqarishda moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari haqida bilimlar berish, ularda moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar tomonidan nazorat faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlarini, moliyaviy nazoratni tashkil qilish turlari, shakl va usullarini, davlat va nodavlat moliyaviy nazorat turlarini, rivojlangan davlatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etish amaliyotini o’rgatishdan iborat.
Bugungi globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani mamlakatimizni yanada barqaror va jadal sur`atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqdaki, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkiblashtirish sharoitida mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazoratxizmat qiladi. Moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko’rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo’naltirilgandir. Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyektda mavjud bo’lgan haqiqiy holatni obyektiv o’rganish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat. Moliyaviy nazorat jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni rag’batlantirish, moddiy ,mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini

imkoniyat darajasida iqtisod qilinishi bilan dolzarb ahamiyatga ega. Moliyaviy nazorat predmeti -jamiyatda xo’jalik yuritishning turli soha va tarmoqlarida, davlat boshqaruvining barcha pog’onalarida pul oqimlari, moliyaviy resurslar harakatini nazorat qilish va bu boradagi moliyaviy nazorat organlarining maqsadli faoliyatini o’rganishdan iboratdir. Nazorat-iqtisodiy ishlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, xo’jalik yuritishning yuqori natijalariga erishishga, davlat daromadlarining oshishiga hamda davlat mablag’laridan samarali, maqsadga muvofiq foydalanishga ta’sir etadi. Mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi. Nazorat boshqarish tsiklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu qarorlarning amalga oshirilish darajasini hqiqiy natijalarning o’rnatilgan parametrlari va me’yoriy ko’rsatmalardan og’ish (farq qilish) darajasini aniqlash va salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida boshqariluvchi obyekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil qilish tizimidir.


Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning obyekti bo’lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi Davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim.



Download 125.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling