Reja: kirish davlat moliyaviy nazorati haqida tushuncha berish
Davlat moliyasini boshqarishning umumiy qarashlari va shakllari
Download 125.77 Kb.
|
Moliya fanidan Kurs ishi Asilov Bekzod 2
2. Davlat moliyasini boshqarishning umumiy qarashlari va shakllari.
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining tasdiqlangan parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarini ko’rib chiqadi; -soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ularning manbalari kesimida to’liq va o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; -byudjet tizimi byudjetlarining mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; -Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar, shuningdek byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag’lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi; -O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida hisobot taqdim etadi; -byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi; -Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniqlaydi; -byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi; -byudjet ssudalarini beradi; -davlat tomonidan mablag’lar jalb qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro’yxatdan o’tkazadi; -davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi; -byudjet tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi; -byudjet tizimi byudjetlarining Yagona g’azna hisobvarag’idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi; -byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazadi; -byudjet tizimi byudjetlarida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig’iga ko’ra to’lovlarni amalga oshiradi; -byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobini yuritadi; -davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatadi, O’zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini bajaradi; -O’zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda texnik ko’maklashish mablag’lari hisobini yuritadi; -byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlarining balansliligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi; -o’z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. -O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Moliya vazirligi o’z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri yoki o’zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo’yicha quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklangan: -O’zbekiston Respublikasi hududida yagona moliya, soliq va narx qo’yish siyosatini shakllantirish va o’tkazish, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning va aholini ijtimoiy himioya qilishning barqaror moliyaviy negizini barpo etish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish; -moliya organlari, ularning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ularga o’z vazifalarini amalga oshirishda metodik va amaliy yordam ko’rsatish; respublika byudjetini tuzish va bajarish, daromadlarni safarbar qilish, xalq xo’jaligi tarmoqlari va ijtimoiy-madaniy sohaning respublika va mintaqaviy maqsadli kompleks dasturlarini moliyaviy ta’minlash, respublikaning yig’ma moliyaviy balansini tuzish ishlarini tashkil etish; -davlatning moliyani boshqarishini, moliya-kredit mexanizmini, moliya va byudjetni rejalashtirish usullarini, soliq olish va narx belgilash tizimlarini takomillashtirish, uzoq muddatli moliyaviy normalar va normativlardan keng foydalanish, byudjet resurslari va boshqa moliyaviy resurslardan foydalanishning xarajatlarning o’sishiga qarshi qaratilganligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; - moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol ta’sir ko’rsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning o’sishini ta’minlash; - moliya-kredit vositalarining xo’jalik mexanizmining boshqa ele-mentlari bilan aloqalarini mustahkamlash; - respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustivor yo’nalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan yaxlit xalq xo’jaligi dasturlarini mablag’ bilan ta’minlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini tashkil etish; - rahbarlikning iqtisodiy usullari, uzoq muddatli me’yorlar va normativlardan keng foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarini hal etishda markazlashtirilgan asoslarni mintaqalarning o’zini o’zi boshqaruvi, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning mustaqilligi bilan qo’shib olib borish asosida moliya, sug’urta, narx belgilashning davlat tomonidan boshqarilishini takomillashtirish; -moliya va narx mexanizmining aksilxarajat yo’nalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni rag’batlantirish tomon yo’naltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni ko’paytirish; -moliya, byudjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablag’ bilan ta’minlash usullarini takomillashtirish; -auditorlik tashkilotlari tomonidan lisenziya bitimlarida nazarda tutilgan lisenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish; -korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sug’urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, xo’jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; -soliq solish, narx belgilash, sug’urta, valyuta-moliya auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida shuningdek soliq maslahati bo’yicha faoliyatni qonunchilik va me’yoriy aktlarni ishlab chiqishda qatnashish; -moliya, soliq narx belgilash, sug’urta, valyuta auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida shuningdek soliq maslahati bo’yicha faoliyatni ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi: respublika yig’ma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli byudjetdan tashqari pul jamg’armalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, O’zbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamg’armalariga mablag’ ajratish kvotalari to’g’risidagi takliflarni tayyorlaydi; respublika va mahalliy byudjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya-byudjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi; moliya-byudjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xo’jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag’ bilan ta’minlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy byudjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi; amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjetni tuzish va ijro etish ishlarini tashkil etadi; respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishini, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablag’ bilan ta’minlashni va byudjet mablag’lari hisobidan ro’yobga chiqariladigan boshqa tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda respublika byudjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal qiladi; moliya-valyuta siyosatining asosiy qoidalarini shakllantirish, respublikaning valyuta rejasini (to’lov balansini) tuzish va ijro qilish, valyuta resurslarini ko’paytirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, ularni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat o’rnatish; joriy yilda respublika byudjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi; mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning Moliya vazirligiga biriktirilgan nomenklaturasi bo’yicha chegaraviy narxlari va tariflarini tasdiqlaydi; xalq xo’jaligi tarmoqlarida narxlar va tariflarning to’g’ri belgilanishi va qo’llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda narxlar ustidan davlat, idoraviy va jamoatchilik nazorati darajasini oshirish choralarini ko’radi; qimmatbaho qog’ozlar bozorini shakllantirish hamda qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi va harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi, moliyaviy bozorni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi; auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni, shuningdek, auditorlik faoliyatining milliy standartlarini o’z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; auditorlik tashkilotlari tomonidan lisenziya bitimlarida nazarda tutilgan lisenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi; da’vogarlarga auditor malaka sertifikatini olishlari uchun malaka talablarini belgilaydi; soliq maslahatchisi va aktuariy malaka sertifikatlarini olish uchun malaka imtihonini tashkil etish va o’tkazish tartibini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi bilan kelishgan holda - auditor malaka sertifikatini olish uchun o’qitish dasturini va malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi; soliq maslahatchisi va aktuariy malaka sertifikatlarini olish huquqi uchun malaka imtihonlarini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqi uchun malaka imtihonini o’tkazadi; auditorlik faoliyatini lisenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi; auditor, aktuariy va soliq maslahatchisi malaka sertifikatlarini beradi, ularning amal qilishini to’xtatib qo’yadi va ularni bekor qiladi; tegishli malaka sertifikatlariga ega bo’lgan auditorlar, aktuariylar va soliq maslahatchilari reestrlari va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan lisenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi; aksionerlik jamiyatlari va cheklangan mas’uliyatli jamiyatlarning yagona reestrini yuritadi, korxonalarning qimmatbaho qog’ozlarini ro’yxatga oladi; respublika moliya-valyuta siyosatining asosiy prinsiplarini, shakllantirishda qatnashadi, respublikaning valyuta rejasini (to’lov balansini) tuzadi va ijro etadi, valyuta resurslarini ko’paytirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni oqilona taqsimlashni hamda ajratilgan valyuta mablag’laridan samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni nazorat qilishni ta’minlaydi; O’zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investorlarning investisiya faoliyatini moliyaviy va soliqlar bilan tartibga solishini amalga oshiradi, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya kelishi uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi; respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini mablag’ bilan ta’minlash uchun respublika Hukumati tomonidan xorijiy kreditlar jalb qilish zarurati bo’yicha ekspertiza o’tkazadi, hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, respublika Hukumati tomonidan olingan xorijiy kreditlarning kelib tushishini hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiradi; O’zbekiston Respublikasining tashqi qarzi o’z vaqtida to’lanishi va tashqi qarz bilan bog’liq ishlar amalga oshirilishini nazorat qiladi; turli darajadagi byudjetlarning ijrosi, byudjetdagi muassasalar xarajatlar smetasining ijrosi bo’yicha buxgalterlik hisobini yuritish tartibini belgilaydi; O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda byudjetlarning kassa ijrosi bo’yicha hisob-kitob va hisobotlar shakllarini belgilaydi; balansning hisob-kitob moddalari, qimmatbaho narsalarni qayta ro’yxatdan o’tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, schyotlarning namunaviy rejalarini, buxgalteriya hisobi va xisobotining namunaviy shakllarini, ularni qo’llash va to’ldirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomalarni tasdiqlaydi; respublika va mahalliy byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlanadigan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarning moliya-xo’jalik faoliyatini nazorat qiladi va tekshiradi, respublika byudjetini tuzish va ijro etish bo’yicha moliya idoralari ishini yaxlit nazorat qiladi, zarurat bo’lganda vazirliklar idoralar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi; tugallangan taftish va tekshirish natijalari bo’yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur ko’rsatmalar beradi; fuqarolarning Vazirlik vakolatiga tegishli xat, taklif, mulohaza va shikoyatlarining o’z vaqtida va diqqat bilan ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, shuningdek, fuqarolar tomonidan ma’lum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko’radi; O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda qimmatbaho metallar bozorining ahvolini tahlil qiladi; qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ichki iste’mol qilish va eksport qilish prognozlari hamda balanslarini ishlab chiqishda qatnashadi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinadigan mahsulotlar narxlarini belgilash hamda davlat tomonidan xarid qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun hisob-kitob qilish tartibi bo’yicha takliflar ishlab chiqadi. Hay’at qarori, odatda, Vazirning buyrug’i bilan hayotga tatbiq etiladi. Vazirbilan hay’at o’rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan holda Vazir o’z qarorinihayotga tatbiq etadi, paydo bo’lgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi, o’z navbatida hay’at a’zolari ham o’z fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin. Download 125.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling