Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida


Download 98 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi98 Kb.
#1545823
  1   2
Bog'liq
51-мактаб имтихон буйруғи 2022 йил





















Oltinko`l tumani 51- umumiy o’rta ta’lim maktabining
BUYRUG’I
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish hamda Oltinko`l tuman xalq ta’limi bo’limining 2022-yil 9-aprel kungi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilaming yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tog‘risida”gi 34 -sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
buyuraman:

  1. Oltinko`l tuman xalq ta’limi bo’limining 2022-yil 9-aprel kungi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 34-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Maktabda o‘quv mashg‘ulotlari 2022-yil 25-mayda tugallanishi belgilab qo‘yilsin.

  3. Ta’lim muassasasi o‘quvchilarining davlat ta’lim standarti asosida egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun 9- va 11-sinflar davlat attestatsiyasi shaklida yakuniy (bitirish) nazorat imtihonlari ilovaga muvofiq belgilangan fanlardan tashkil etilsin.

  4. 2021-2022 o’quv yilida Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarining bosqichli nazorat imtihonlarini o’tkazish bekor qilinsin.

  5. Ta’lim muassasasi 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 2022-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilsin (“Jismoniy tarbiya” fani bundan mustasno).

  6. Belgilab qo’yilsinki, umumta’lim fanini belglash darajasi to’g’risida sertifikat hamda chet-tili fani bo’yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo’lgan o’quvchilar yakuniy davlat nazorat imtihonidan muayyan fandan ozod qilinadi.

  7. Ta’lim muassasasining 9-sinf o‘quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2022-yil 2-7-may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining nazorati ostida o‘tkazilsin.

  8. O’IBDO’ (K.Qazaqova)ga:

Ta’lim muassasasi o‘quvchilarining yakuniy (bitirish) nazorat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoitlar yaratish;
yakuniy nazorat imtihonlarini shaffof, adolatli, xolis o‘tkazilishini nazoratga olish;
yakuniy nazorat imtihonlarining natijalari, ularni o‘tkazish yuzasidan taklif va mulohazalarni umumlashtirib, 2022-yil 16-iyuniga qadar Oltinko`l tuman XTBning Ta’lim muassasalarini tashkil etish bo’limi(Sh.Odilov)ga taqdim etish vazifalari topshirilsin.

  1. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o’z zimamda qoldiraman.




Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling