Reja: Kirish “Fizika” fanining predmeti kirish. Kinеmatika asoslari


Download 0.59 Mb.
bet3/8
Sana25.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1119895
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. “Fizika” faniga kirish. Fizika fanining prеdmеti va uslublari

Klassik mexanika – tezliklari yorug’likning bo’shliqdagi tezligidan juda kichik bo’lgan makrojismlarning harakat qonunlarini o’rganadi (Galiley, N’yuton).
Relyarivistik mexanika - yorug’likning bo’shliqdagi tezligiga yaqin bo’lgan tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlarning harakat qonunlarini o’rganadi (Eynshteyin).
Kvant mexanikasi – mikrojismlarning (atomlar va elementar zarralarning) harakat qonunlari o‘rganiladi.
Mexanika uchta: kinematika, dinamika, va statika bo’limlaridan iborat.

  1. Kinematika – jismlarning harakat qonunlarini, bu harakatni vujudga keltiruvchi sabablarni e’tiborga olmay o’rganadi.

  2. Dinamika - jismlarning harakat qonunlarini, bu harakatni vujudga keltiruvchi va o’zgartiruvchi sabablar bilan birgalikda o’rganadi.

  3. Statika – jismlar sistemasining muvozanat qonunlarini o’rganadi va fizikada dinamika qonunlari bilan birgalikda ko’riladi.

KINEMATIKA


Harakatning nisbiyligi: Barcha jismlarning harakati nisbiy bo‘lib, ularning tinch turishi ham nisbiydir.
Sanoq jism: Jismning harakati yoki tinch holati qaysi jismga nisbatan kuzatilayotgan bo‘lsa, o‘sha jism sanoq jism deb ataladi.
Sanoq sistemasi: Sanoq jism, unga bog‘liq koordinatalar sistemasi va shu harakatning vaqt sanog‘i birgalikda sanoq sistemasini tashkil etadi.

FAZO VA VAQT


F azoni uch o„lchamli koordinatalarda tasvirlash:
Fazoning asosiy xossalari: haqiqatan ham, mavjudligi, matеriya bilan ajralmasligi (olamda fazo bilan bog‘lanmagan bitta ham obyekt yo‘q), chеksizligi, uch o‘lchamliligi (barcha fizik obyеktlarning bo‘yi, eni va balandligi mavjud).
V aqtni bir o„lchamli koordinatalarda tasvirlash: Vaqt hodisalarning kеtma-kеt o‘zgarish tartibini va jarayonlarning davomiyligini ifodalaydigan fizik kattalikdir. Vaqt xalqaro birliklar sistemasi (XBS)da sekundlarda o‘lchanadi.
Organilayotgan jism harakati, undan soddaroq bo’lgan fizik model sifatida tanlab olingan jism harakati bilan solishtirish yordamida o’rganiladi.
M uayyan sharoitda o‘lchami va shakli hisobga olinmasa ham bo‘ladigan jism moddiy nuqta deb ataladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling