Reja: Kirish “Fizika” fanining predmeti kirish. Kinеmatika asoslari


Download 0.59 Mb.
bet4/8
Sana25.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1119895
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. “Fizika” faniga kirish. Fizika fanining prеdmеti va uslublari

Trayektoriya: Moddiy nuqtaning o‘z harakati davomida bosib o‘tgan nuqtalarini birlashtiruvchi chiziq harakat trayektoriyasi deb ataladi.
Yo„l va ko„chish: Jismning harakat trayektoriyasi bo‘ylab bosib o‘tgan masofasi, trayektoriya uzunligi yo‘l deb ataladi va s harfi bilan belgilanadi.
Jism harakatidagi boshlang‘ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi yo‘nalishli kesma ko‘chish deb ataladi.
Absalyut qattiq jism – har qanday kuch ta’sirida ham istalgan ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgarmay qoladigan jismga aytiladi.
Soddalashtirish maqsadida jismlar harakati uch turga bo‘lib o‘rganiladi:
i lgarilanma, aylanma va tebranma.
Ilgarilanma harakat: Harakat davomida jismning hamma nuqtalari bir xil ko‘chsa, bunday harakatga ilgarilanma harakat deyiladi.
Jismlar harakatini uch turga: ilgarilanma, aylanma va tebranma harakatlarga
bo‘lish shartli bo‘lib, bu murakkab harakatlarni tahlil qilishni osonlashtiradi
va matematik ko‘rinishda ifodalash imkonini beradi.

SKALYAR VA VEKTOR KATTALIKLAR


Fizik kattaliklarni ikkita guruh – skalyar va vektor kattaliklarga bo‘lish mumkin.
Yo‘nalishining ahamiyati bo‘lmagan, faqat son qiymati bilan aniqlanadigan kattaliklar skalyar kattaliklar deb ataladi.
M: Hajm, vaqt, yo‘l, massa, energiya kabi fizik kattaliklar skalyar kattaliklardir.
S on qiymatlari va yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar vektor kattaliklar deb ataladi.
M: Odatda, vektor kattaliklar ustiga yo‘nalish – strelka qo‘yiladi. M: kuch – , tezlik – , ko‘chish – ko‘rinishda ifodalanadi.

Vektor kattaliklarni qo„shish va ayirish


Ikkita vektorni qo‘shish uchun birinchi vektorning oxiriga ikkinchi vektorning boshi
q o‘yiladi va birinchi vektorning boshidan ikkinchi vektorning oxiriga yo‘nalgan vektor o‘tkaziladi. Shu vektor ikki vektorning yig‘indisi bo‘ladi.
Bir vektordan ikkinchi vektorni ayirish uchun ikkala vektorning boshlari bir nuqtaga qo‘yiladi va ikkinchi vektor uchidan
birinchi vektor uchiga yo‘nalgan vektor o‘tkaziladi.
Shu vektor ikki vektorning ayirmasi bo‘ladi.
Yo‘nalishi va son qiymati bir-xil bo‘lgan vektorlar teng vektorlar deyiladi

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling