Reja: Kirish. Globallashuvning mohiyati va jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni
Globallashuvning mohiyati va jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni
Download 134.65 Kb.
|
Kurs ishi (6)
Globallashuvning mohiyati va jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni.
Globallashuv — bu butun yer yuzi boʻylab iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy integratsiyalashuv va birlashish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Globallashuv — bu xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi orqali bir-biri bilan bogʻlangan milliy iqtisodiyotlar majmui sifatida tushuniladigan, jahon iqtisodiyot tarkibini oʻzgartirish jarayonlarining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir2. Transmilliylashtirish va mintaqaviylashtirish asosida iqtisodiyotning chambarchas bogʻliqligini tushunishimiz mumkin. Shu asosida yagona jahon tarmogʻi, bozor iqtisodiyoti, geoiqtisodiyot va uning infratuzilmalari shakllanmoqda, koʻp asrlar davomida xalqaro munosabatlarning asosiy xarakteri boʻlib kelgan davlat suvereniteti taʼsirining pasayishi sodir boʻlmoqda. Globallashuv jarayoni bu davlat tomonidan shakllantirilgan bozor tizimlari evolyutsiyasining natijasi bo’lib hisoblanadi. XX—XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodiyotida yangi atama globallashuv tushuncha paydo bo’lgan edi. Globallashuv muammolari hozirgi kunda tarixchi va faylasuflar, iqtisodchi va texnologlar, shuningdek, mamlakatlarning hukmron doiralari hamda jamiyat vakillari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Jahon iqtisodiyotida globallashuv tarafdorlari va unga qarshi bo’lganlarning mavjudligi ushbu tushuncha turlicha talqin qilinishini anglatadi. Globallashuv tarafdorlarining fikricha, globallashuv iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, aholi farovonligini oshiradi, yangi ish o’rinlarini yaratilishiga imkon beradi. Globallashuvga qarshi bo’lgan iqtisodchilar esa, u savdo ekspansiyasining kuchayishiga, iqtisodiy jinoyatlarning ortishiga (qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarish, noqonuniy reeksport, narkotik moddalar savdosining oshishi va h.k.lar) ishlab chiqarishda atrof-muhitni ifloslanishiga, texnik-texnologik xavfsizlikka amal qilmaslikka, bolalar mehnatidan keng foydalanish va boshqa bir qator hodisalar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni kuchayishiga olib keladi, deb hisoblashadi. Xullas, jahon iqtisodiyotida hozirgi kunda globallashuv jarayonini to’xtatib bo’lmaydi. Download 134.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling