Reja: Kirish. Globallashuvning mohiyati va jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni
Download 134.65 Kb.
|
Kurs ishi (6)
1-rasm. Globallashuv turlari.7
2. Jahon xoʻjaligida globallashuvning asosiy yoʻnalishlari. Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib, ular jahon xo’jaligi subyektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. Shuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda bo’lmagan xo’jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Baynalminallashuv – bu jahon xo’jaligining bir necha subyektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo’nalishlari va ziddiyatlari kabi masalalarning ham ko’rib chiqilishini taqozo etmoqda. Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon xo’jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli bo’lgan ma’lum bir unsurlarini o’z ichiga olishi mumkin. Shunga ko’ra, hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining globallashuv yo’lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo’nalishlari amalga oshmoqda. Globallashuvning yo’nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi bo’lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib keladi. Globallashuv jararyonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchi yo’nalish – mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy o’zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko’plab davlatlarning ishtiroki asosida ro’y beruvchi ko’rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy korporatsiyalar (TMK), shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin. Yevropa ittifoqi tajribasi shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy integratsiyalashuv milliy tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar YIga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga soladi. Ikkinchi yo’nalish – kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o’tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos bo’lgan xo’jalik yurituvchi korxonalar o’zaro aloqalarining juda katta tarmog’iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan yetkazib beriluvchi ko’plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSH “Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi. Uchinchi yo’nalish – xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Jahonda xo’jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o’zgarishi ko’p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bog’liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo’ladi: a) butun jahonni to’liq kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo’ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo’ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o’tish imkonini beradi; d) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; e) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi. To’rtinchi yo’nalish – xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. Jahon xo’jaligi subyektlarining o’zaro aloqasi hamda o’zaro bog’liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko’proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning murakkablashuvi ularning o’z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi. Shuningdek, jahon xo’jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat: Download 134.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling