Reja: Kirish ”Hamkorbank” atb ning tashkil etilish tarixi va unina tashkiliy tuzilmasi


Download 0.83 Mb.
bet15/16
Sana04.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1327841
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Sayfiddin hisobot

Xulosa va takliflar
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz bank nazorati tizimini rivojlantirish, uni eng zamonaviy talablar darajasida tashkil etish orqali kelajakda moliya-bank tizimini barqarorligini mustahkamlashda hamda iqtisodiyotni rivojlantirishda ulkan cho’qqilarga erishiladi, albatta.
Respublikamizda oqilona va ta’sirchan bank nazoratini amalga oshirilishi, bir tarafdan, banklarning o’z faoliyatini to’g’ri tashkil etishlariga, xususan ularning moliyaviy barqarorligining mustahkamlanishiga ijobiy tasir ko’rsatadigan bo’lsa, ikkinchi tarafdan moliya bozorida erkin raqobat muhitining vujudga kelishiga xizmat qiladi va shu bilan birga, mamlakatimiz banklarining xalqaro miqyosda munosib o’rin egallashlariga munosib zamin yaratadi.
Kelgusi yillarda pul kredit siyosatining birinchi navbatda inflyatsiya darajasiga monetary omillarning ta`sirini bartaraf etishga yo`naltirilgan qat`iy kurs davom ettiriladi. Iqtisodiyotning kreditga bo`lgan ehtiyojini e`tiborga olgan holda 2020 yilda pul massasining o`sish su`ratini 12-14 % atrofida ushlab turish ko`zda tutilmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy valyutani sotish va sotib olish tartibini yanada takomillashtirish va soddalashtirish bo`yicha choralar qabul qilinadi, bank operatsiyalaridan foydalanish darajasi oshiriladi.
Xorijiy valyutalar oldi-sotdi operatsiyalarini masofadan turib amalga oshirish mexanizmlari (banklarning mobil ilovalari orqali milliy va xorijiy valyutadagi to`lov kartalarini konversiyalash) joriy etiladi.
Bankda tgishli bankomatlar tarmog`ini kengaytirish orqali konversion to`lov kartalaridan naqd xorijiy valyuta yechishga ruxsat beriladi.
Zamonaviy bank xizmatlarini ko`rsatish, jumladan “raqamli” banklar va chakana xizmatlar ko`rsatishga ixtisoslashgan bank bo`linmalarini tashkil etish uchun innovatsion bank texnologiyalarini joriy qilish, masofadan turib bank xizmatlarini ko`rsatish, to`lov tizimini yanada rivojlantirish faollashtiriladi.
Moliyaviy xizmatlarning majburiy talablarga mosligini tekshirishlar o`tkazish yo`li bilan bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta`minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy qulayliklar va ularning moliyaviy savodxonligi darajasini oshirishga alohida e`tibor qaratiladi.
Darhaqiqat, tijorat banklari tomonidan axborot texnologiyalarini qo`llagan holda ko`rsatilyotgn barcha xizmatlarning tezkorligi, sifati, shaffofligi bugungi kun talabidir. Zamonaviy bank xizmatlarini yanada takomillastirish mijozlarga yanada kengroq qulaylik yaratgan holda ularning imkoniyatlari ochilishiga xizmat qiladi.
Keyingi yillarda O`zbekiston bank tizimida izchil va aniq maqsadli islohotlar olib borilmoqda, bank-moliya xizmatlarini ko`rsatish sifatini tubdn yaxshilashga doir bir qator qarorlar qabul qilindi
Masofaviy bank xizmatlarini hayotga tatbiq etish orqali kredit tashkilotlari o`zlarining an`anaviy bak operatsiyalariga qo`shimcha ravishda, mijozlar ehtiyojini to`laroq va sifatliroq qondiradigan yangi bak mahsulotlarini ham taklif etmoqdalar.
Bank tizimida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida avtomatlashtirish orqali bank xizmatlari turlarini amaliyotga keng tatbiq etish, aholi va tadbirkorlarga qo`shimcha qulayliklar yaratish, interaktiv xizmat turlarini kengaytirish, internet tarmog`idagi ma`lumotlarni muntazam yangilab borish, respublikada elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi va davlat dasturlarini amalga oshirishda faol qatnashish uning rivojlanishida muhim o`rin tutadi.
Xulosa qilib aytganda mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri hisoblangan bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting ko`rsatkichlariga erishishning ustuvor yo`nalishlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda zamonaviy naqd pulsiz hisob kitoblar mexanizmlarini joriy etish bo`yicha olib borilayotgan ishlar banklarimiz tomonidan mijozlarga ko`rsatilyotgan xizmatlar sifati, to`lov intizomi va madaniyatini yangi bosqichga ko`tarilishini ta`minlash bilan birga, barcha iqtisodiy tarmoqlar taraqqiyotini mustahkamlashga ham o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatadi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling