Reja: Kirish ”Hamkorbank” atb ning tashkil etilish tarixi va unina tashkiliy tuzilmasi


Download 0.83 Mb.
bet2/16
Sana04.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1327841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Sayfiddin hisobot

Malakaviy amaliyotning maqsadi – universitetda egallagan nazariy bilim, malaka va ko’nikmalarini amaliy jihatdan mustahkamlash.
Malakaviy amaliyotning vazifalari: kasbiy faoliyatga tayyorlash, kundalik ish faoliyatimizni rejalashtirishni o’rganish, bankning tashkiliy tuzilmasi va funksional vazifalarini o`rganish, bankning iqtisodiy axborotlarini tahlilini o’rganish, rivojlanish strategiyalari haqida ma’lumotlarni tahlil qilish.

1.”Hamkorbank” ATB ning tashkil etilish tarixi va uning tashkiliy tuzilmasi.
“Hamkorbank”ATB tarixi 1991 yildan boshlab Toshkentda bankning O’rta Osiyo idorasi ochilishidan boshlangan bo’lib, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq. Kapital qo’yilmalari hajmining o’sishi va xizmat ko’rsatish uchun pudratchi tashkilotlar hisob raqamlarining bankga topshirilishi moliyalash tizimida o’zgartirishlarni talab etdi. 1992 yil may oyida kapital qurilish, og’ir, engil, mahalliy sanoat, ta’minot tashkilotlar uzoq muddatli qo’yilmalarga ixtisoslashtirilgan bankka aylantirilib, uning mexanizimi, tashqi savdoni moliyalash yuklatildi. 1995 yilda kapital qurilishni moliyalashning yangi qoidalari va qurilish bo’yicha pudrat shartnomalari to’g’risidagi qoidalar tasdiqlandi. Bank ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarning ishga tushirilishi bo’yicha davlat rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Tayyor ob’ektlar bo’yicha hisob-kitoblar kengaytirildi, pudratchi tashkilotlarni qisqa muddatli kreditlash tizimi o’zgartirildi. Davlat tomonidan kapital qo’yilmalarga yo’naltirila yotgan mablag’larning to’g’ri sarflanayotgani ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish maqsadida 1999 yilda Hamkorbank kapital qo’yilmalarni moliyalash deb o’zgartirildi.
1998 yilda O’zsanoatqurilishbank faoliyati Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi va oila manfaatlarini amalga oshirishni ta’minlash Davlat dasturi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishga yo’naltirildi. Bankning butun faoliyati O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini kelgusida erkinlashtirish va isloh Etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida belgilangan bozor islohotlari jarayonini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirishga qaratildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi 349-sonli «Iqtisodiyotni kreditlash mexanizmini kelgusida takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan bankning pul-kredit siyosati respublikada iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishiga ko’maklashdi va eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini qo’llab-quvvatladi. 2002 yil aprel oyida qabul qilingan «Banklarda aholi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsadida tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi banklarida aholi omonatlarini kafolatlash fondi Hamkorbank omonatlarini ishonchli himoya qiladi. Bank muntazam muddatli yangi omonatlar chiqarib, amalga joriy etdi, ular o’zining jozibadorligi va yuqori daromadliligi bilan aholida o’z jamg’armalarini bankda saqlash ishtiyoqini uyg’otdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini kelgusida rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 445-sonli qarorini bajarish maqsadida bank o’zining to’lov tizimini takomillashtirib bormoqda, respublika tashkilotlarida oylik maosh loyihalarini joriy etmoqda. Bank 2004 yilda respublikada birinchi bo’lib o’z dizayniga ega bo’lgan Visa Electron va Visa Classic xalqaro to’lov chipli kartochkalari chiqarish va ularga xizmat ko’rsatishga kirishdi. 2008 yil yakunlari bo'yicha "FITCH RATINGS" halqaro reyting agentligi tomonidan Hamkorbank ga barqaror bahosi berildi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling