.
9. Банкфаолиятибўйичабелгиланган иқтисодиймеъёрларниўзгариши
Bank so'nggi yillirda kapital etarliligi bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarga erishib kelmoqda. Bu o'z navbatida bankning moliyaviy barqarorligidan dalolat beradi. 2018 yil 1 may holatiga kapitalning etarliligi ko'rsatkichi 15%ni, 1-darajali kapitalni etarliligi ko'rsatkichi esa 14,5%ni va leveraj ko'rsatkichi 8,2%ni tashkil qildi 10. Банкфаолиятибўйичабелгиланганиқтисодиймеъёрларниўзгариши
Bankning so'nggi yillardagi joriy likvidligi ko'rsatkichini tahlilidan ko'rish mumkinki, ushbu ko'rsatkich o'rtacha 92%ni tashkil qilib, 2016 yil yakuni bo'yicha keskin salbiy o'zgarish kuzatilgan. Lekin 2018 yil 1 may holatiga joriy likvidlilik ko'rsatkichi yanada yaxshilangan va 107,1%ga etgan.
11. Мижозлар сонини 2014-2018 йилларда ўзгариши
2014-2017 yillarda bank mijozlari soni muntazam ravishda o'sib, 2018 yil 1 iyun holatiga foydalanilayotgan plastik kartalar sonini kamayishi hisobiga mijozlar soni 913,3 ming donani tashkil qildi. Ammo bankda xizmat ko'rsatilayotgan xususiy tadbirkorlar, qo'shma korxonalar va boshqa mijozlar soni 2014 yilga nisbatan 4,2 ming donaga ko'paydi. 12. Хамкорбанк тизими тармоқлари
.Hamkorbank tarkibiy bo'linmalari soni 01.06.2018 holatiga ko'ra 490 tani tashkil qilib undan 45 tasi filiallar tarmog'i, 46 ta mini bank, 108 ta to'lov shahobchasi, 46 ta jamg'arma kassa, 44 ta sayyor kassa, 80 ta xalqaro pul o'tkazmalari shahobchasi, 74 ta valyuta ayirboshlash shahobchasi, 47 ta maxsus kassalardan iborat
3.”Hamkorbank” ATB da yuritiladigan operatsiya turlari, kredit, omonat va to’lov turlari.
Bank mijozlari – tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari zamonaviy hisob-kitib instrumentlari hamda texnologiyalar vositasida xorijiy hamkorlar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatiga egadirlar. O`zbekiston Respublikasining ”Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi qonuni va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi amaldagi qonunosti me`yoriy hujjatlarga muvofiq bank quyidagi xizmat turlarini taklif etadi:
Eksport-import operatsiyalari bo`yicha xizmatlar
Konversiya operatsiyalarini amalga oshirish
Hujjatli operatsiyalarni amalga oshirish
Xalqaro to`lovlar va vakillik operatsiyalari
Diling operatsiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: |