Reja: Kirish ”Hamkorbank” atb ning tashkil etilish tarixi va unina tashkiliy tuzilmasi


Download 0.83 Mb.
bet4/16
Sana04.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1327841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Sayfiddin hisobot

Bank Ustav kapitali

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi 2016 yil 10 fevraldagi 33-sonli Qarori ijrosi ta’minlash maqsadida hamda Bank Ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushi kamida 15 foizni tashkil etishi maqsadida 219,8 mlrd.so‘mlik aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror va emissiya risolasi 2016 yil 5 martda POOO-21-son bilan Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bank Depozit sertifikatlari
01.01.2017 yil holatiga joylashtirilmagan 40 mlrd.so’mlik depozit sertifikatlar mavjud bo’lib, ularning asosiy shartlari quyidagicha:
Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadigan qismidir. Dividendlar Bank tasarrufida qoladigan sof foydadan va (yoki) o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to’lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar Bankning buning uchun maxsus mo’ljallangan fondlari hisobidan ham to’lanishi mumkin. Dividend aksiyadorlar o’rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Aksiyalarning har bir turi bo’yicha dividendlar to’lash, dividendning miqdori, uni to’lash shakli va tartibi to’g’risidagi qaror Bank Kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo’lgan taqdirda, moliyaviy hisobot ma'lumotlari asosida Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori Bank Kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko’p bo’lishi mumkin emas. Bankning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to’qqiz oyi natijalariga ko’ra dividendlar to’lash to’g’risidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin. Dividendlarni to’lash muddati va tartibi aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni to’lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e'tiboran 60 (oltmish) kundan kech bo’lmasligi lozim. Dividendlar to’lash to’g’risidagi qarorda dividendlar to’lash boshlanadigan va tugaydigan sanalar ko’rsatiladi. Bank aksiyadorlariga dividendlarni to’lash to’g’risida qaror qabul qilingan Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun shakllantirilgan Bank aksiya dorlarining reestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar bo’yicha dividend olish huquqiga ega bo’ladi. Dividendlar birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo’yicha, so’ngra oddiy aksiyalar bo’yicha to’lanadi. Imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalar bo’yicha belgilanadigan dividend miqdoridan kamida 10 (o’n) foizli punkt miqdoridan yuqori, lekin Bank foyda ko’rishi-ko’rmasligidan qat'i nazar, aksiya nominal qiymatining 20 (yigirma) foizidan kam bo’lmagan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash uchun umumiy ahamiyatga molik zahira fondi tarkibida alohida modda ajratiladi. Imtiyozli aksiyani tugatish qiymati (Bank tugatilayotganda to’lanadi) uning nominalining 100 (yuz) foizini tashkil etadi. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi aksiyalarning muayyan turlari bo’yicha dividendlar to’lamaslik to’g’risida, shuningdek Bank ustavida dividend miqdori belgilab qo’yilgan imtiyozli aksiyalar bo’yicha to’liq bo’lmagan miqdorda dividendlar to’lash haqida qaror qabul qilishga haqli. Agar dividendlar to’lash natijasida Bankning moliya-xo’jalik ahvoli jiddiy tarzda yomonlashadigan bo’lsa, dividendlar to’lash ta'qiqlanadi. Bank dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e'lon qiladi. Bank to’lanadigan dividendlar miqdori to’g’risidagi ma'lumotlarni qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organining va Bankning rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda e'lon qiladi. Bank aksiyadorlari dividendlar bo'yicha ma'lumotlar olishi uchun Bosh Bankning Qimmatli qogozlar bilan ishlash boshqarmasiga yoki bankning joylardagi filiallariga murojaat qilishlari mumkin.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling