Reja: Kirish ”Hamkorbank” atb ning tashkil etilish tarixi va unina tashkiliy tuzilmasi


“Hamkorbank” ATB da mavjud omonat turlari va ta’riflari


Download 0.83 Mb.
bet14/16
Sana04.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1327841
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Sayfiddin hisobot

7. “Hamkorbank” ATB da mavjud omonat turlari va ta’riflari
1-jadval. Ta`rif. Valyuta ayirboshlash.3



Amaliyot turlari

Vositachilik haqi

Izoh

1

Chet el valyutasini sotish va sotib olish uchun undiriladigan vositachilik haqi

Vositachilik haqi undirilmaydi




2

Shikastlangan chet el valyutasini shikastlanmagan shu turdagi chet el valyutasiga almashtirib berish yuzasidan undiriladigan vositachilik haqi

Almashtiriladigan so’mmadan 10%

  • Eskirgan (eskirgan ammo to’lovlilik qobiliyati belgilari saqlanib qolgan);

  • Asosiy to’lov qobiliyatini saqlab qolgan holda siyqalangan va ifloslangan;

  • Sezilarli darajada bo’yoq, siyoh, yog’ to’kilgan yoki yozuvlar va muhrlar o’rni bo’lganda ultrabinafsha nurlarda ko’rinuvchi dog’lar 15% dan ortiq bo’lgan

Almashtiriladiigan so’mmadan 15%

  • Asosiy to’lov qobiliyatini saqlab qolgan, diametri 0.5 sm dan oshmagan 1tadan ortiq bo’lmagan teshigi bo’lgan;

  • Burchaklar va bo’laklari (2kvadrat sm. Maydonidan ko’p bo’lmagan)yelimlangan, agar yertilgan qismlar aynan shu banknotga tegishli bo’lgan.

Almashtiriladiigan so’mmadan 20%

  • 2-4 qismlarga bo’lingan va yelimlangan , agar bu qismlar aynan shu banknotga tegishli bo’lgan;

  • Banknotada 2 sm dan katta bo’lmagan yertiqlar soni 5tadan oshmagan;

  • Asosiy to’lov qobiliyatini saqlab qolgan, diametric 0.5 sm dan oshmagan 2tadan ortiq bo’lmagan teshigi bor bo’lgan;

  • Muayyan darajada qasddan shikastlangan(katta hajmda bo’lmagan chiziqlar va yozuvlar yozilgan).

3

Chetelvalyutasinio’shachetelvalyutasigamaydalabyokiyiriklabberishuchunundiriladiganvositachilikhaqi

Almashtirilayotgan nominaldan 1% miqdorida

Vositachilik haqi markaziy bankning o’sha kundagi kursi bo’yicha milliy valyutada, bankning jamg’arma kassasi orqali qabul qilinadi.



4

Birxorijiydavlatningnaqdvalyutasiniboshqaxorijiydavlatningnaqdvalyutasigaalmashtirish(konversiya) operatsiyalariuchunvositachilikhaqi

Vositachilik haqi undirilmaydi




Xo`jalik yurituvchi subyektlari tomonidan o`zining bo`sh turgan mablag`laridan samarali foydalanish, qo`shimcha daromadlar olish uchun “Hamkorbank” ATB tomonidan 200 000 000 000,0 so`mni tashkil etadigan har oy uchun oraliq foiz to`lovlari keying oyning birinchi o`n kunligida to`lab boriladigan deposit sertifikatlari muomalaga chiqarildi.





Tartib raqami

Omonatlarning nomi

Omonat turi

Muddati

Boshlang`ich badalning minimal miqdori

1

Talab qilib olunguncha

Talab qilib olinguncha

Mudatsiz

Chegaralanmagan

2

Bolalar maqsadli omonati

Jamg`arma depoziti

10 yil

Chegaralanmagan

3

Komunal to`lovlar uchun

Jamg`arma depoziti

1yil

Omonatchining oylik kommunal to`lovi

4

Kafolat-plyus

Jamg`arma depoziti

3 yil

Iste`mol kreditining 25% dan kam bo`lmagan miqdorda

5

Ipoteka

Jamg`arma depoziti

15 yil

“Ipoteka” kreditining 25% qiymatida

6

Avto plyus

Jamg`arma depoziti

3 yil

Avtomobil qiymatining 50% dan kam bo`lmagan miqdorida

7

Binafsha

Jamg`arma depoziti

3 oy

Minimal 100,0 ming so`m

8

Elektron hamyon

Jamg`arma depoziti

6 oy

Minimal 100,0 ming so`m

9

Ko`klam

Muddatli depozit

2 oy

Minimal 100,0 ming so`m

10

Foyda

Muddatli depozit

14 oy

Chegaralanmagan

11

Yuksalish

Muddatli depozit

30 oygacha

Chegaralanmagan

12

Rag`bat

Muddatli depozit

3oy

Minimal 1,0 mln. so`m

13

Kafolatli daromad

Muddatli depozit

6 oy

Minimal 1,0 mln so`m

14

Ona va bola

Muddatli depozit

4 oy

Chegaralanmagan

So`nggi yillardagi iqtisodiy ko`rsatkichlari tahlil


5-rasm. Bank kapitali tarkibi4
2019-yil 1-iyun holatiga ko`ra O`zsanoatqurilishbank kapitalining asosiy salmog`i ustav kapitali va zaxira kapitali hissasiga to`g`ri keldi.
Bank aktivlari tarkibi5

Ko`rsatkichlar



Mlrd.so`m

%

Jami aktivlar, shundan:

25587.3

100%

Kassadagi naqd pullar

529.5

2%

Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi mablag`lar

3230.1

12.6%

Kredit qo`yilmalari va lizing xizmatlari

21457.2

83.8%

Investitsiyalar

29.7

0.1%

Hisoblangan foizli va foizsiz daromadlar

763.8

2.9%

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar

138.2

0.5%

Sotish maqsadida olingan mol-mulklar

24.4

0.1%

Boshqa aktivlar

120.3

0.5%

2019-yil 1-iyun holatiga bank aktivlarining 96,4% kredit qo`yilmalari, Markaziy bank va boshqa banklardagi mablag`lardan iborat bo`ldi. Bankning 25,6 trln.so`mlik aktivlarini 84 % kredit qo`yilmalarini shakllantirishga yo`naltirilgan.





6-rasm. Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog`ozlar6
Bank resurs bazasini muddatli mablag`lar hisobiga shakllantirish maqsadida bank tomonidan muntazam ravishda obligatsiya va depozit sertifikat shaklidagi qimmatli qog`ozlar muomalaga chiqarilib, joylashtirilmoqda.
2018-yil 1-iyun holatiga shu yo`l bilan jalb qilingan mablag`lar 63 mlrd.so`mni tashkil qildi.
Bank aktivlari7



Aktivlar

2015

2017

2019

010

Naqd pullar

9997044

368778932

3059367064

030

Boshqa banklardan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar

924647417

580555274

669374890

060

Sotish uchun amalda mavjud bo’lgan investitsiyalar

14264205

14483955

19863986

080

Mijozlarga beriladigan kreditlar va avanslar

7308349475







082

Sof kreditlar va avanslar

7117272708

8568524783

20360591498

100

Qaram xo`jalik jamiyatlariga qilinadigan investitsiyalar

3445024

3471066

839765

150

Soliq talablari

22080055

28943479




160

Boshqa aktivlar

52303928

26407722

31694038

161

Uzoq muddatli aktivlar

57400777

45997136

17895458

7 -rasm. Bank kapitalini o`zgarishi8


Bank kapitali 2015-2018-yillarda 3,1 barobarga ortib, 2015-yildagi 728 mlrd.so`mdan 2019-yil 1-iyun holatiga 2288,3 mlrd.so`mga yetdi.

5-jadval. Mijozlar soni 2015-2019-yillarda o`zgarishi9






2015

2016

2018

1.06.2019

Jami

1024770

1107510

1107510

913292

Jismoniy shaxslar

983605

1067642

1107378

869353

Xususiy tadbirkorlar

20659

20781

22620

23288

Dehqon va fermer xo`jaliklari

2114

1972

1656

1878

Qo`shma korxonalar

211

212

226

264

Boshqa mijozlar

18181

16903

17147

18509

Bankda xizmat ko`rsatilyotgan xususiy tadbirkorlar, qo`shma korxonalar va boshqa mijozlar soni 2014-yilga nisbatan 4,2 ming donaga ko`paydi.




8-rasm. Aholiga beriladigan kreditlar10
Bank tomonidan aholiga ajratilgan kreditlar hajmi 2015-yildan buyon qariyb 5 barobarga ortdi va 943 mlrd so`mni tashkil etdi. Mazkur kreditlarning kredit portfelidagi ulushi 2018-yil 1-iyun holatiga 4,4%dan iborat bo`ldi.


4.Bankning ma’yoriy huquqiy hujjatlari va xodimlarga belgilangan talablar.
Har qanday bank korxona va tashkilotning o’zini huquqiy hujjatlari va xodimlariga qo’ygan talablari bo’ladi.Shu kabi hamkorbankning bunday hujjatlari va normalari va qoidalari mavjud.Bunda xodim o’zining lavozim bajburiyatlarini bajarishdan tashqari ahloqiy normalar ham belgilangan va banklarorasidagi munsabatlarni ham tartibga solish yozilgan.
O’zbekiston Respublikasi banklari o’zining professional faoliyatini quyidagi tamoyillar asosida olib boradi:
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, kasb odob-ahloqi me’yorlari va ananalarga so’zsiz rioya qilish;
jamiyat va davlat oldidagi o’zining fuqarolik va professional burchlarini anglash, amaldagi qonunchilik me’yorlariga asoslangan davlat organlarining talablarini o’z vaqtida va to’liq bajarish;
bank biznesi sohasiga jalb qilingan bank mijozlari, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish;
tijorat banklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda banklararo hamkorlikni va o’zaro munosabatlarni mustahkamlash;
o’ziga olingan majburiyatlarga rioya qilish va yuqori saviyali va sifatli xizmat ko’rsatilishini ta’minlash;
bank operatsiyalarini amalga oshirishda risk darajasini hisobga olish va cheklash;
haqqoniy raqobatchilikni rivojlantirish, bank faoliyatining noinsof qatnashchilariga nisbatan faol qarshi kurashish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va boshqa noqonuniy harakatlarga qarshi kurashishda faol ishtirok etish;
o’zaro hurmat, hamfikrlik va o’zaro yordam berish asosida xalqaro professional aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish;
korporativ boshqaruv, shuningdek bank xizmatlarini ko’rsatishda halollik yuzasidan ichki va o’zaro nazoratni o’rnatish;
o’z ish faoliyatining sifati va natijalari bo’yicha javobgarlikning to’laqonliligi.
II. BANKNING O’Z AKTSIYADORLARI OLDIDAGI MAJBURIYATI
Banklar o’z aktsiyadorlari oldida quyidagilarga rioya etishga majburdir:
aktsiyadorlarni bank faoliyatini boshqarishda, dastavval hal qiluvchi qarorlar qabul qilishda korporativ tamoyillarga asoslangan holda ularning real ishtirokini ta’minlash;
aktsiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini cheklab qo’yishga yo’l qo’ymaslik;
bank boshqaruvi organlari faoliyatida maksimal shaffoflikka erishish, aktsiyadorlarni bank faoliyati haqida doimiy va o’z vaqtida axborotlar bilan ta’minlanishi uchun sharoit yaratish.
III. BANKLARARO HAMKORLIK BO’YIChA ASOSIY MAJBURIYATLAR
Banklar o’zaro munosabatlarda quyidagilarga rioya etishga majburdir:
munosabatlarni ishonch va hurmat asosida o’rnatish;
ishga aloqador bo’lgan hamkorlik munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki ushbu munosabatlar bilan belgilangan shartnomaviy va boshqa o’ziga olingan majburiyatlarga rioya qilish tamoyiliga qat’iy amal qilish;
raqobatchilar bilan munosabatlarda odob-ahloqning yuqori etik standartlariga rioya qilish va bunda bank siyosati, raqobatchini tanqid qilishga emas, balki o’z xizmatlari va xodimlarining sifati va raqobatbardoshligiga e’tiborini qaratishi lozimligini nazarda tutish lozim;
kelishmovchilik va munozaralar yuzaga kelganda muzokara va murosaga kelish yo’llarini izlashga ustuvorlikni berish;
haqqoniy raqobatchilik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, yangi mijozlarni jalb qilish uchun qonunchilikka xilof bo’lgan choralarni ko’rmaslik.
IV. MIJOZLAR BILAN MUNOSABATLARDAGI ASOSOIY MAJBURIYATLAR
Banklar mijozlar bilan munosabatlarni o’rnatishda quyidagilarga majburdir:
banklarning mijozlar bilan munosabatlari o’zaro ishonchga asoslangan shartnomalar asosida tuziladi. Shu bilan birga, bank xodimlari mijozlarga nisbatan iltifotli, xayrixoh va e’tiborli bo’lishlari kerak;
umumqabul qilingan yagona mazmundagi ibora va so’zlarni ishlatishlari va o’zaro munosabatlarni vijdonan hamjihatlik asosida qurishlari lozim;
bank tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar va mahsulotlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va talab etiladigan texnik talablarga mos kelishi lozim;
ko’rsatiladigan xizmatlar va bank mahsulotlari to’g’risida to’liq ma’lumotlar taqdim etishda, mijozlarda qiyinchlik tug’dirgan masalalarning echimini topishda ko’mak ko’rsatish zarur;
mijozlarning murojaatlarini o’z vaqtida va har tomonlama ko’rib chiqishlari zarur; bank xodimlari mazkur Kodeks talablariga qat’iy rioya qilishlari zarur;
bank xodimlari tomonidan mazkur Kodeksga zid harakatlarni amalga oshirilishiga yo’l qo’ymaslik borasida tegishli choralarni qabul qilish.
V. BANKLARNING O’Z XODIMLARI OLDIDAGI MAJBURIYATLARI
Banklar o’z xodimlari oldida quyidagilarga majburdir:
xodimlarni ishga qabul qilishda, mehnatga haq to’lashda va xizmat pag’onasidan ko’tarilishida har qanday kamsitishga yo’l qo’ymaslik;
xodimlarning professional o’sishiga, ularning salomatligini va ijtimoiy farovonligini mustahkamlashda tegishli mehnat sharoitlarini yaratib berish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilish;
xodimlarni yuridik va ma’muriy tomondan qo’llab-quvvatlash;
bank farovonligini ta’minlash uchun xodimlarning shaxsiy manfaatdorligini oshirish, ularning ijodiy salohiyatini va tashabbuskorligini rag’batlantirish;
xodimlarni tasdiqlangan standartlar asosida tegishli kiyim-kechak formasi bilan ta’minlash (ilovada keltirilgan);
xodimlarning jamotchilik faoliyatida ishtirok etish huquqini hurmat qilish.
VI. KORPORATIV XULQ ODOBI QOIDALARI
Bank tizimi xodimlari: korporativ madaniyat va xulq odobini namoyon etuvchilari hisoblanadi;
o’z jamoasini va mehnatni qadrlaydi, bankning umumiy ishi uchun o’zida javobgarlik hissini tarbiyalab borishi zarur;
korporativ xulq odobi qoidalarini va qabul qilingan qo’shma qarorlarni hurmat qilishi, jamoa ishlarida ishtirok etishi, ishbilarmonlik va samarali hamkorlikka intilishlari zarur;
hamkasblari va mijozlar bilan muloqot davrida xayrixoh bo’lishlari lozim;
bank tizimi obro’sini tushirishga va bank xodimini mehnat imijini pastga urilishiga yo’l qo’ymasligi zarur;
bank tizimining yaxshi an’analarini saqlashi, bank tizimida yangi ish boshlagan xodimlarga ushbu an’analarni, kasbiy tajraba va ko’nikmalarni etkazishi zarur.
VII. XIZMATDAGI ODOB-AHLOQ QOIDALARI
Bank tizimi xodimlari:
mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida bank tizimining roli va o’rnini chuqur anglashi lozim;
Davlat va korporativ manfaatlarni himoya qilishda qat’iyatli bo’lishi zarur; qonunchilik va bank faoliyati tamoyillariga qat’iy rioya qilishi zarur;
bank xodimlari turli xolatlarda o’z harakatlarida, qabul qilgan qarorlarida odob-ahloq talablariga rioya etgan holda yuqori darajada o’zini boshqarishi va tutishi lozim;
bank yoki uning mijozlariga zarar keltirishi mumkin bo’lgan axborotning tarqatilishiga yo’l qo’ymasligi, bank va tijorat sirini saqlashi zarur;
shaxsiy manfaat yoki boshqa shaxslarning g’ayriqonuniy manfaatlarini qondirish uchun xizmat mavqeidan foydalanmasligi kerak;
xizmat mavqei va o’zining shaxsiy hatti-harakati bilan qonunga va odob-ahloq qoidalariga xilof harakatlarni amalaga oshirishga yo’l qo’ymasligi, bank xodimi o’zining rostgo’ylik, insoflilik va pok vijdonlilik fazilatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lishi zarur.
VIII. ISHGA DOIR ODOB-AHLOQ QOIDALARI
Bank tizimi xodimlari:
o’zlarining ishga doir madaniyatlarini namoyon qiluvchi tashqi kiyim va ko’rinishlarini doimiy ravishda kuzatib boradilar va odmi ko’rinishdagi uslubga, tajribaga, xushmuomalalik va odoblilik qoidalariga rioya qiladilar;
hamkasblar bilan o’zaro munosabatlarda xushfe’llik va xayrixohlikni namoyon qiladilar, ish yuzasidagi munosabatlarda subordinatsiyaga rioya qiladilar;
boshqa tashkilotlar xodimlari va fuqarolar bilan munosabatlarda ishchanlik uslubiga va xayrixohlikka rioya qilgan holda, professionallik va bosiqlikni namoyon qiladilar; rasmiy uchrashuvlarda ish tartibiga qat’iy rioya qiladilar;
o’zlarining va boshqalarning vaqtini qadrlaydilar. Og’zaki va yozma ravishda tushunarli, aniq va lo’nda fikr bildiradilar; mazkur Kodeks ilovasiga muvofiq, tijorat banklari xodimlari uchun kiyim va tashqi ko’rinishga oid talablar bo’yicha o’zlarining tashqi ko’rinishlariga mos holda ishbilarmon va ozoda ko’rinishda bo’ladilar.
IX. ISH FAOLIYATIDAN TASHQARI ODOB-AHLOQ QOIDALARI
Bank tizimi xodimlari:
ish faoliyatidan tashqarida ham o’zlarining xulq-atvorlari bilan fuqarolarni o’z kasbiga bo’lgan hurmatini, bank tizimiga bo’lgan ishonchini shakllantirishga va bankning yuqori nufuzini saqlab qolishga sababchi bo’ladilar;
bank xodimi obro’sini to’kadigan munosabatlardan yiroq bo’lgan holda, o’zlarining muomala doirasini shakllantirishda ehtiyotkorlikka rioya qiladilar;
sog’lom hayot tarzini yuritadilar hamda alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishni, narkotik, psixotrop va toksik moddalarni qabul qilishni nomaqbul deb hisoblaydilar.
X. BANKLARNING MAS’ULIYATI
Mazkur Kodeks qoidalariga rioya qilinmagan taqdirda, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Umumiy yig’ilishiga aybdor bankni Assotsiatsiya ishtirokchilari qatoridan chetlashtirish masalasini ko’rib chiqish tavsiya etiladi.
Mazkur Kodeks qoidalarini buzgan banklarni javobgarlikka tortish uchun asoslarni aniqlash va ularga mas’uliyatni yuklash O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Kengashi zimmasiga yuklatiladi.
XI. BANK XODIMLARINING MAS’ULIYATI
Mazkur Kodeksning qoidalariga rioya qilmagan taqdirda, bank tizimi xodimlari uchun bank rahbariyati va jamoatchiligi tomonidan ma’muriy choralar qo’llanilishi mumkin.
Mazkur Kodeks qoidalariga rioya qilish bo’yicha nazorat tizimi hamda xodimlarning mas’uliyati darajasi har bir bank tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi.
Bank mijozlariga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatishda bank xodimlarining ishbilarmonlik va kasb odobiga rioya etishlari lozim bo’lgan
T A L A B L A R
Xizmat ko’rsatish madaniyatining xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan me’yorlari va qoidalariga rioya etgan holda, bank faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka muvofiq xizmat ko’rsatishni tashkil etish.
Bank xodimining xulqi, kasbiy odob-ahloq Kodeksi talablariga rioya etish.
Xizmat ko’rsatish madaniyati, muomala va muloqot odobi, bank xodimlarining kiyimi va tashqi ko’rinishiga qo’yilgan talablarga rioya etish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yuqori saviyali va sifatli xizmat ko’rsatilishini ta’minlash.
Xizmatlar ko’rsatishda byurokratizm va sansalorlik xolatlariga yo’l qo’ymaslik.
Halollik, beg’arazlik va adolatlilik tamoyillari asosida ish yuritish.
Mijozlar bilan iltifotli va xayrixohlik ruhida muomala qilish.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling