Reja: Kirish ”Hamkorbank” atb ning tashkil etilish tarixi va unina tashkiliy tuzilmasi


Bankning strategik rivojlanishi haqida ma'lumotBankning strategik maqsadlari


Download 0.83 Mb.
bet3/16
Sana04.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1327841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Sayfiddin hisobot

Bankning strategik rivojlanishi haqida ma'lumotBankning strategik maqsadlari:

  • Bankning bozordagi mavqeini mustahkamlash;

  • Chakana xizmatlar hajmi bo‘yicha moliya bozorida yetakchiga aylanish;

  • Bank faoliyati samaradorligini oshirish.

Strategik vazifalar:

  • Barqaror resurs bazasini shakllantirish va diversifikatsiya qilish;

  • Bank likvidligini samarali boshqarish;

  • Masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish va raqamli bankni joriy qilish;

  • Kredit hamda valyuta amaliyotlari samaradorligini oshirish;

  • Barcha sotish kanallarining samaradorligini ta’minlash;

  • Ichki nazorat tizimini takomillashtirish;

  • Samarali sotish tizimini yaratish;

  • Harajatlarni tizimli boshqarish va optimallashtirish;

  • Biznes jarayonlarni avtomatlashganlik darajasini oshirish;

  • Mehnat unumdorligi va xodimlar samaradorligini oshirish;

  • Xayrixohlik darajasi yuqori bo‘lgan professional jamoani shaklllantirish.

Bank missiyasi
Ishonchli hamkor sifatida yuqori sifatli va texnologik bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish yo'li bilan mijozlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish.
Bank istiqbollari
«Hamkorbank» ATB mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda eng yaxshi banklardan biriga aylanishga intiladi, bank biznesini barqaror ravishda rivojlantiradi, mijozlar, sheriklar va barcha manfaatdor shaxslar bilan birgalikda o'z oilasi va butun mamlakat foydasiga takomillashib borishga intiladi.
2.”Hamkorbank” ATB ning statistik ko’rsatkichlari va iqtisodiy ko’rsatkichlari.
Bankning aksiyalari
Bank aksiyalari egasining nomi yozilgan hujjatsiz emissiyaviy qimmatli qog’ozlar bo’lib, ular turiga ko’ra oddiy va imtiyozli bo’ladi. Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar bo’lib, ular o’z egasiga dividendlar olish, Bankni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi, o’z egalariga dividendlarni, shuningdek Bank tugatilayotganda aksiyalarga qo’yilgan mablag’larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar Bank ustav kapitalining 20 (yigirma) foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda, qoida tariqasida jismoniy shaxslar o’rtasida joylashtiriladi. Bank aksiyasining nominal qiymati 3.382 (uch ming uch yuz sakson ikki) so’mni tashkil qiladi. Bankning ustav kapitali (joylashtirilgan aksiyalar soni) 697.926.886.570 (olti yuz to’qson yetti milliard to’qqiz yuz yigirma olti million sakkiz yuz sakson olti ming besh yuz yetmish) so’mni tashkil qiladi va u quyidagi aksiyalarga bo’lingan:
- umumiy qiymati 691.162.886.570 (olti yuz to’qson bir milliard bir yuz oltmish ikki million sakkiz yuz sakson olti ming besh yuz yetmish) so’m bo’lgan 204.365.135 (ikki yuz to’rt million uch yuz oltmish besh ming bir yuz o’ttiz besh) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar;
- umumiy qiymati 6.764.000.000 (olti milliard yetti yuz oltmish to’rt million) so’m bo’lgan 2.000.000 (ikki million) dona egasining nomi yozilgan imtiyozli aksiyalar. Bank aksiyalari Toshkent shahri, Buxoro ko’chasi 10 uyda joylashgan "Toshkent" Respublika fond birjasining "A" kategoriyasiga kiritilgan.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling