Reja: Kirish ”Hamkorbank” atb ning tashkil etilish tarixi va unina tashkiliy tuzilmasi


Mijozlarga beriladigan kreditlar haqida


Download 0.83 Mb.
bet10/16
Sana04.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1327841
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Sayfiddin hisobot

Mijozlarga beriladigan kreditlar haqida
Iste`mol Krediti maqsadi
Kredit mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, jumladan mebel, elektr-maishiy texnika, kompyuter, maishiy jihozlar va boshqa tovarlar xarid qilish uchun beriladi.
Kreditlashning asosiy shartlari
Kredit mehnatga layoqatli, o’z faoliyatidan doimiy daromadga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi rezidentlariga beriladi.
Kredit miqdori va muddati
Kredit eng kam ish haqining 100 baravarigacha bo’lgan miqdorda 36 oygacha bo’lgan muddatga beriladi.
Kredit foizi:

  • Umumiy tartibda-o’zaro kelishuv asosida;

  • Yosh oilalarga-O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida (6 oy imtiyozli davr beriladi).

Kredit ta’minoti
Kredit hajmining 125% miqdorida (bank kafolati, sug’urta polisi to’lovga qobiliyatli uchinchi shaxs kafilligi, mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlar)
Boshlang’ich badal
Kredit miqdorining 25% miqdorida.
Bankka taqdim etiladigan hujjatlar:

  • Kredit buyurtmanomasi(ariza);

  • Yashash joyidan oila tarkibi to’g’risidagi ma’lumotnoma;

  • Qarz oluvchi(birgalikda qarz oluvchilar) ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • Fuqoroning soliq organlaridan qarzdorligi (yoki soliq majburiyatlari) yo’qligi to’g’risida ma’lumotnoma (tegishli hududiy davlat soliq xizmati organlaridan);

  • Qarz oluvchi va iste’mol Tovar ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi tashkilot o’rtasidagi oldi-sotdi hisob shartnomasi;

  • Jismoniy shaxsning kafilligi taqdim etilganda, kafilning pasportidan nusxa, yashash joyidan ma’lumotnoma va moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • Yuridik shaxsning kafilligi taqdim etilganda, kafilning oxirgi hisobot davriga tegishli hududiy davlat soliq xizmatlari organi tomonidan tasdiqlangan moliyaviy hisobotlari, auditor xulosasi, korxona ta’sischilari yoki yuqori tashkilotning kafil bo’lib ishtirok etishda qarshi emasligi to’g’risidagi rozilik xati;

  • Yosh oilalarga iste’mol krediti ajratilayotganda, ularga tegishli hududdagi FXDYO bo’limidan berilgan nikoh tuzilganligi to’g’risidagi guvohoma nusxasi va har ikkalasi birinchi marta nikohdan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;

  • Bank tomonidan zarur hollarda kredit oluvchidan qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling