Reja: Kirish “Hamkorbank”ning O`zbekiston iqtisodiyotidagi o`rni. “Hamkorbank” Aviasozlik filialining tashkiliy strukturasi “Hamkorbank” faoliyatini tartibga soluvchi me`yoriy – huquqiy hujjatlar tahlili “Hamkorbank” Aviasozlik filialining samaradorligini
Download 0.81 Mb.
|
hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Hamkorbank” Aviasozlik filialining qo`lga kiritgan yutuqlari
1-jadval
2019 yil sentabr holatiga muomaladagi bank plastik kartalari, terminallar, bankomat va infokiosklar hamda 2019 yil yanvar-aprel oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar to‘g‘risida ma`lumot.11
“Hamkorbank” Aviasozlik filialining qo`lga kiritgan yutuqlari: 2020-yilda iste'molchilar tomonidan berilgan ovozlar natijalariga ko'ra, “Hamkorbank” filiallari o`rtasida eng yaxshilaridan biri deb saralandi. 2020-yilda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan «Bank faolligi indeksi» ishlab chiqilgan bo'lib, u xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushini, bank sektoridagi islohotlar va transformatsiya jarayonlarining samaradorligini muntazam ravishda baholashga imkon beradi. “Hamkorbank” umumiy reytingda va moliyaviy vositachilik va daromadlilik bo'yicha reytinglarida birinchi o'rinni egalladi. Omonat va muddatli depozitlarning bankdagi kreditlar umumiy hajmiga nisbati 85% gacha o'sdi. Ushbu ko'rsatkich respublika bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichdan ancha yuqori bo'lib, bu nafaqat bankning yuqori samaradorligini, balki bankka murojaat qiladigan odamlarning katta ishonchidan dalolat beradi. Bank tizimi mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotining barcha muhim ahamiyatga ega, chunki har qanday mamlakatning bank tizimi iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, aholi, davlat hokimiyati organlari bilan o'zaro hamkorlik qilib, ularga muayyan ta'sir ko'rsatadi. Milliy bank tizimi rivojlanishini ta`minlashning zamonaviy usullaridan foydalanish hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkibiy o`zgarishlar jarayonida zaruriyat hisoblanmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ushbu zaruriyat haqida quyidagicha ta`kidlaganlar: “Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to`liq xalos bo`la olmaymiz. 2018-yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo`yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik subyektlari o`rtasida samarali va o`zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta`minlash masalalariga asosiy e`tiborni qaratish zarur”12. Bankning iqtisodiy xavfsizligiga ta`sir qiluvchi omillar: Yuqori sifatli aktivlarni tashkil etish va daromadlilikning doimiy maqsadli darajasini taxminlash imkonini beradigan tavakkalchilikning faqat shunday xarakteriga yo‘l qo‘yish; Yuqori sifatli kredit portfelini ta`minlovchi kredit xodimlarining yuqori malakali jamoasini tashkil etish; Bankning strategik maqsadlariga muvofiq keladigan iqtisodiy jihatdan istiqbolga ega, rentabelli loyihalarni moliyalashtirish uchun ssudalar berish; Kredit resurslarini jalb etish muddatlaridan kelib chiqqan holda kreditlashni amalga oshirish; Bank mijozlari bilan uzoq muddatli, daromad keltiruvchi munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish; Yuqori darajada raqobatbardosh, biroq kreditlashning asossiz, shuningdek, bank amaliyotida vaqtinchalik istiqboli bo‘lmagan usullardan foydalanishdan chekinish. Shuningdek, har bir mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri, deb e`tirof etilgan bank tizimi aynan bank aktivlarini to`g`ri boshqarish, bank mijozlariga xolisona xizmat ko`rsatish, to`lovga qobiliyatlilik darajasini haqqoniy baholash, bank siyosatini odil yuritilishi, valyuta operatsiyalarining oqilona tashkil qilinganligi, bank zaxira kapitalini samarali boshqarish kabi masalalarga bog`liq. Ma`lum bir darajada global inqirozning asoratlarini kamaytirish sharoitida mamlakat bank tizimini barqaror faoliyat yuritishini ta`minlash maqsadida jahon mamlakatlari miqyosida orttirilgan tajribalarni o`rganish va yo`l qo`yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik hamda ular erishgan yutuqlarni tijorat banklari amaliyotiga joriy yetish maqsadga muvofiqdir. Xulosa. Ushbu hisobot orqali shuni xulosa qilish mumkinki, mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog`i bo’lmish bank tizimimiz bugungi kun zamon talabiga javob berishi uchun o‘z faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashi birinchi darajali dolzarb masala hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub`ektlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan elektron tijorat va elektron to‘lovlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanilganligi tufayli tijorat ishida hamkorlarni topish, shartnomalarni tuzish, tashqi bozorga tezkor chiqishda keng imkoniyatlar yaratilib, ushbu imkoniyatlar ularning raqobatbardoshligini oshirishda asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘z navbatida, bunday holat milliy iqtisodiyotimizning barqarorligini ta`minlamoqda. Shunday ekan, ushbu sohani yanada kengaytirish, bank mijozlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishda tinmay izlanishlar olib borish lozim, deb o‘ylayman. Bizga ma`lumki, har bir sohada raqobat muhiti mavjud bo`lganidek, bank tizimida ham raqobat mavjud, ya`ni baklarimiz mijozlar jalb qilish borasida raqobatlashishadi. Shunday ekan, banklarimiz doimo mijozlarga qulaylik yaratib, ularning e`tiborini qozonish maqsadida yangi zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilib borishlari zarur. “Hamkorbank”ni yanada rivojlantirish va yakuniy natijalarga erishish maqsadida quyidagi yo`nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro andoza va me`yorlar, jumladan, bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasining yangi tavsiyalari (Bazel III) asosida takomillashtirish; bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash bo`yicha ishlarni yanada faollashtirish; ko`rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini ko`paytirish va sifatini yanada yaxshilash, xususan, bank infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, qishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo`llagan holda masofadan turib bank xizmatlarini ko`rsatish ko`lamlarini yanada kengaytirish. Ushbu hisobot orqali quyidagi takliflarni bermoqchiman: kredit siyosatini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdagi muammolarni bartaraf etish zarur; bank mijozlari haqida cheklangan va tizimlashtirilgan ma`lumotlar bazasini yaratish; Ma`lumotlar hajmi o`zgarganda IT – tizimlarining uni yetarli darajada qayta ishlashi uchun sifatli va zamon talabiga mos texnologiyalardan foydalanish; Boshqaruv jarayonlarining, hisobotlarning va xarajatlarni boshqarish tizimining yetarli darajada avtomatlashtirish. Kredit siyosatini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdagi quyidagi muammolarni bartaraf etish zarur: kreditlarni maqsadga muvofiq ishlatilmaslik hollariga yo’l qo‘yilmoqda; mijozning kreditga layoqatlilik darajasi yetarli o’rganilmasdan unga ishonchli kreditlar berish hollari mavjud; banklarda kreditlarning asosiy summasi kredit to’lash muddatining so’ngida amalga oshirilyapti va kredit grafigi kupol ravishda uzib kelinmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf qilish uchun takliflar: tijorat banklarining uzoq muddatli investitsion kreditlari hajmini oshirish yo’li bilan ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash zarur; kreditlar bo‘yicha ta`minotga olingan ta`minot manbalari bank tomonidan kreditni qoplashning asosiy manbai deb hisoblanmasligi kerak, ta`minot manbasi kreditni to‘lashni ikkilamchi manbai sifatida qaralishi kerak; uchinchi shaxsning kafolati ostida kredit berish amaliyotini qisman kamaytirish va uchinchi shaxsning kafolati ostida kredit berish tizimini takomillashtirish. Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, “Hamkorbank” Aviasozlik filiali jismoniy shaxslarga ko`rsatayotgan xizmat sifatini yanada oshirishi, zamon talabiga mos texnologiya va dasturiy ta`minotlardan foydalanib ma`lumotlar bazasini elektronlashtirish ishlarini yo`lga qo`yish kerak deb o`ylayman. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling