Reja: Kirish “Hamkorbank”ning O`zbekiston iqtisodiyotidagi o`rni. “Hamkorbank” Aviasozlik filialining tashkiliy strukturasi “Hamkorbank” faoliyatini tartibga soluvchi me`yoriy – huquqiy hujjatlar tahlili “Hamkorbank” Aviasozlik filialining samaradorligini


Download 0.81 Mb.
bet2/15
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#252814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
hisobot

Ushbu amaliyotning maqsadi: nazariy bilimlarni amaliy ko`nikmalar bilan mustahkamlash.

Ushbu amaliyotning vazifalari: bank faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallash va tashkiliy tuzilishini o’rganishdir.

Bank – bu kredit-moliya muassasasi bo`lib , boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq bo`lgan operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.

O’zbеkistоn Rеspublikasi iqtisоdiyotida bоzоr munоsabatlarini qarоr tоptirish dоlzarb tadbirlardan bo’lgan pul, krеdit va bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga оshirishni taqоzо qildi. Bоzоr munоsabatlariga o’tish iqtisоdiy katеgоriya sifatida pulning, krеditning, fоiz, sоliq va bоshqa katеgоriyalarning mоhiyati va ahamiyatiga yangicha yondashish zarurligini taqоzо qiladi. Bоzоr munоsabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivоjlantirish, kеngaytirish va shu asоsda iqtisоdiy taraqqiyotga erishish krеditdan fоydalanishni, banklar faоliyatining samaradоrligini оshirishni, krеditdan fоydalanishda salbiy hоlatlarni оldini оlishni taqоzо qiladi.

Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.

Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonuni (2019-yil 5-noyabrdagi O`RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan) orqali tartibga solinadi1.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi."2 Shu borada ko`rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investiitsiya loyihalarini kreditlash ko`lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6400 ta loyiha uchun 27 trillion so`m kredit ajratildi3.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling