Reja: Kirish I. Bob 1Qo’qon xonligida hunarmandchilik. 2Qo’qon xonligida ichki va tashqi savdo aloqalari. II. Bob


Download 14.99 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi14.99 Kb.
#1372034
Bog'liq
Afzal




Mavzu: Qo’qon xonligida hunarmandchilik va savdo, yer egaligi, soliq tizimi.
Reja:

Kirish
I.Bob
1.1Qo’qon xonligida hunarmandchilik.
1.2Qo’qon xonligida ichki va tashqi savdo aloqalari.
II.Bob
2.1. Qo’qon xonligida yer egaligi.
2.2 Qo’qon xonligida soliq va majburiyatlar
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
Ilovalar


Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Biz bilamizki, O’zbek davlatchilik tarixida Qo’qon xonligi muhim o’rin tutadi. Qo’qon xonligi XVIII asrning boshlaridan to XIX asr oxirigacha faoliyat yuritgan. Qo’qon xonligi aholisi, asosan, hunarmandchilik, dehqonchilik, chorchachilik, savdo- sotiq va boshqa mashg’ulotlar bilan shug’ullangan. Bu mashg’ullotlar orasida hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari alohida o’rin tutgan. Ayniqsa Qo’qon hunarmandchligi bugungi kunda ham o’zining zarracha qadrini yo’qotgani yo’q. Aksincha yanada Qo’qon hunarmandchilik qadri yanada ortib 2019-yili Qo’qon xalqaro hunarmandlar shahri maqomini oldi. Shu yil Qo’qonda “II xalqaro hunarmandchilik festevali” bo’lib o’tdi. Bu voqea esa Qo’qon hunarmandchilik tarixini o’rganishda muhim sabablardan biri bo’ldi.
Qo'qon xonligida mamlakat poytaxti va boshqa ko'plab shaharlar aholisining asosiy xizmati hunarmandchilik va kosibchilik va shug’ullanganlar. Hunarmandchilik shaharlarda ixtisoslashgan sohalar mavud bhlgan. Hunarmandlar o’z kasblarining sir-asrorlarini mukammal o'zlashtirgan mohir ustalari bo’lib, ishlab chiqargan yuqori sifatli san’at darajasiga ko’targanlar.
Xonlikning barcha hunarmandchilik barcha shahar va qishloqlarida bir xil bo’lgan bo’lsa-da, ishlab chiqarish o'zing ayrim xususiyiyatlari, yani, mahsulotning turi, sifati bilan ajralib turgan. Hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, degrezlik, kulolchilik, misgarlik va boshqa tarmoqlari keng rivojlangan bo’lib, xonlikning har bir shahri belgilangan sohada ishlab chiqargan mahsuloti bilan dong taratgan. Misol uchun Qo’qon shahrida zargarlik qog’oz ishlab chiqarish, Shahrixon va Chustda tikuvchilik hamda temirga ishlov, xussusan, pichoqchilik, Namangan va Andijon esa gazlamalari, Toshkent o’zining tikuvchilik, to’quvchilik cho’yan,temir-mis mahsulotlari bilan mashhur bo’lgan.
Qo’qon xonligida hunarmandchilik bilan bir qatorda savdo-sotiq ham birday rivojlangan. Bunga asosiy sabablardan Qo’qon xonligi aholisi qolgan ikkita Buxoro xonligi keyinchalik Buxoro amirligi va Xiva xonligidan ko’pligi ichki savdoni bu ikki o’zbek davlatiga nisbatan yaxshi rivojlanganligini ko’rsatadi. Tashqi savdo rivojlanganligiga asosiy sabablardan yana bir Qo’qon xonligi Qoshg’ar bilan bevosita Xitoy bilan chegaradoshligi va Toshkent shahri xalqaro savdo yo’lida joylashgani sabab bo’ladi. Shuning uchun ham Qo’qon xonligida savdo aloqalari ham muhim o’rin tutgan.
Qo’qon xonlari ham savdo-sotiq ishlariga alohida e’tibor qaratganlar. Ayniqsa Norbo’tabiy humkronligi davrida savdo ancha rivojlanib o’zing yuksak cho’qqisiga chiqdi. Shundan ham ko’rinib turibdiki Qo’qon xonligi uchun savdo muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Nafaqat Norbo’tabiy davrida balki boshqa xonlar davrida ham Qo’qon xonligida savdo-sotiq ishlariga jiddiy e’tibor berilgan.
Qo’qon xonligi uchun yana bir dolzarb masalalardan biri bu yer va soliq munosabatlaridir. Bu masala nafaqat Qo’qon xonligi uchun balki shu davrdagi barcha o’zbek davlatlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan. Lekin Qo’qon xonligi uchun huhim kasb etgan tarafi shundaki Qo’qon xonligi aholi sonining ko’pligi boshqa o’zbek xonliklariga nisabat va soliq turlari ko’pligi ham Qo’qon xonligi uchun bu yer va soliq tizimi naqadar muhimligini ko’rish mumkin.
Ko’rinib turibdiki bu mavzudagi masalalar juda dolzarb bo’lib bu masalalar haqida mavzuning asosiy qismida alohida to’xtalib o’tamiz.
Download 14.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling