Reja: Kirish. I. Bob. Adabiyotshunoslik fan sifatida shakllantirish omillari


Adabiyot taraqqiyotining ichki va tashqi omillarida taniqli shaxslarning o'rni


Download 75 Kb.
bet3/5
Sana04.02.2023
Hajmi75 Kb.
#1160949
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja I. Kirish. Adabiyotshunoslik fan sifatida

1.2.Adabiyot taraqqiyotining ichki va tashqi omillarida taniqli shaxslarning o'rni.
Adabiyot tarixi yo‘nalishida muay-yan xalq (xalqlar, mintaqa, jahon) badiiy adabiyotining tarixiy taraqqiyoti hamda yozuvchi-shoirlarning hayot va ijod yo‘li chuqur o‘rganiladi. Jumladan, o‘zbek milliy adabiyoti bosib o‘tgan uzoq tari-xiy yo‘l, zamon, siyosat va adabiy jarayon munosabatlarining o‘ziga xosliklari, u yoxud bu ijodkorning ushbu jarayon-ga ko‘rsatgan ta’siri yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan.A. tarixida 12-asrda yashagan shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, 15-asrda adabiyotshu-nos olim Atoulloh Husayniy, Zamax-shariy, Xondamir, Vosifiy asarlari muhim ahamiyatga egadir.O‘zbek A.ning takomili Navoiy (qarang Alisher Navoiy) ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbek tilidagi tazkira janriga asos solgan "Majolis un-nafois" ("Go‘zal majlislar") ilk o‘zbek adabiy qomusi hisoblanadi. Ushbu asarda Navoiy deyarli yarim asr mobaynida o‘ziga zamondosh bo‘lgan 469 shoir, olim, bastakor, hattot, she’riyat homiylari haqida ma’lumot beradi, badiiy mahorat, san’atkorning ijtimoiy burchi, poetik janr masalalarini yoritadi. Navoiyning "Holoti Pahlavon Muhammad", "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", Jomiyga bag‘ishlangan "Hamsat ul-mutahayyirin" ("Besh hayrat") singari asarlari adabiy portretning dastlabki namunalaridir. Uning "Mezon ul-avzon" ("Vaznlar o‘lchovi") asarlarida aruzning nazariy, amaliy masalalari tadqiq etil-gan. Husayn Boyqaro esa, o‘z navbatida, Navoiyning betakror mahorati, u yaratgan adabiy muhit, davr adabiy jarayoni haqida ma’lumot beruvchi risola yarat-gan. Zahiriddin Muhammad Bobur "Mux-tasar" kitobi bilan Navoiydan so‘ng aruz ilmi tadqiqini yangi bosqichga ko‘tardi. Bu kitobda aruzning 20 dan ortiq bahri, 530 dan ortiq vazni haqida ma’lumot be-riladi.O‘zbek adabiyotshunosligining key-ingi davrlardagi yo‘nalishini, asosan, tazkiralar belgilaydi. Jumladan, 19-asr boshlarida Fazliy rahbarligida she’riy shaklda yaratilgan "Majmuai sho-iron" ("Shoirlar guruhi") tazkirasi Qo‘qon xoni saroyiga to‘plangan ijod-korlar haqida nisbatan to‘liq ma’lu-mot beradi. Ahmad Tabibiyning she’riy shakldagi "Majmuat ash-shuaroi Feruzshohiy" ("Shoh Feruz shoirlari guruhi") hamda "Muhammasoti majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy" ("Shog‘ Feruz shoirlari guruhining muhammaslari") tazkiralarida ijodkorlarning asarlari janrlarga bo‘lib o‘rganiladi (20-asr boshi). Birinchisida g‘azallar, ikkinchisida muhammas va musaddaslar tahlil etiladi.Matbuot va noshirlik ishlarining rivoji 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida o‘zbek tanqidchiligi, adabiyotshunosligi uchun yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Ayniqsa, adabiy tanqidda uyg‘onish ro‘y berdi – harakatdagi ada-biy jarayonni, yozuvchi ijodini, ada-biy muammolarni davrning ma’naviy va estetik talablari, ommaning ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘rganish, adabiyot taraqqiyotidagi, ijodkor mahoratidagi yangiliklarni kashf etish, kamchiliklarni baholi qudrat ko‘rsatish boshlandi. Hoji Muin, Mirmuhsin Shermuhamedov, Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Ashura-li Zohiriy, Vadud Mahmudlarning maqolalarida so‘z san’ati oldida turgan muhim ijtimoiy vazifalarga urg‘u be-rildi, adabiyot rivojini millat, Vatan, istiqpol, mustaqil yurt uchun kurashuvchi yangi insonni tarbiyalash masalalari bilan bog‘lashga harakat qilindi. Cho‘lponning "Adabiyot nadur?" (1914) maqolasida o‘rtaga tashlangan "Adabiyot yashasa – millat yashar" degan g‘oya milliy uyg‘onish uchun ham da’vat bo‘ldi.20-yillar o‘rtalarigacha A., asosan, ada-biy tanqid doirasida faoliyat ko‘rsatdi. Shu paytlardan e’tiboran sho‘ro hukumati uni o‘z yo‘rig‘iga sola boshladi. Ijod mahsulini baholashda mafko‘ra, o‘tkinchi siyosat bosh mezonga aylandi. Adabiyot va A.dan bir yoqpama (markscha) dunyoqarash bilan qurollanish, voqelik va uning badiiy in’ikosi bo‘lmish san’atga faqat sinfiy kurash, sho‘rolar mafkurasi nuqtai nazaridan turib yondashish talab qilindi. Bularga qo‘shimcha, mumtoz ada-biy merosdan voz kechish tamoyili hukm surdi. Yassaviy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Hofiz, Rumiy, Huvaydo singari shoirlar yaratgan ma’naviy mulk o‘quvchiga ke-raksiz, hatto, ziyonli deb e’lon qilindi. Abdurauf Fitrat, Otajon Hoshim kabi adabiyotshunoslar bunday qarashlarga qarshi chiqib, madaniy merosni himoya qilishga urindilar.Shu yillari, muayyan kamchiliklardan holi bo‘lmasada, dastlabki nazariy qo‘llanma – adabiyotshunos Abdurahmon Sa’diyning "Amaliy, ham nazariy ada-178biyot darslari" (1924) yaratildi. Fitratning "Adabiyot qoidalari" (1926) darsligida esa o‘z davri Sharq va G‘arb adabiyoti nazariyasi muammolari yoritildi. Shu muallifning "O‘zbek adabiyoti namunalari" kitobida O‘rxun-Yenisey bitiklari, "Alpomish", "Kitobi dadam Qo‘rqut", "Devonu lug‘otit turk"dan par-chalar berildi, Yassaviy, Boqirg‘oniy, Lutfiy, Atoiy, Navoiy, Bobur asarlaridan misollar keltirildi.20-yillar oxiri – 30-yillar boshlarida sho‘ro adabiy siyosatida partiyaviy tazyiq ostida sinfiy dushman axtarish ruhi kuchaydi, ijod erkinligi bo‘g‘ildi, vulgar sotsiologizm ko‘rinishlari avj oldi. Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" romanlari zararli asar deb, muallifning o‘zi esa burjua adibi deb qoralandi.30-yillar o‘rtasidan markaz Yozuvchilar uyushmasi qurultoyining qarori bilan rasmiy kuchga kirgan sotsialistik rea-lizm metodi haqidagi aqidaning keng joriy etilishi oqibatida o‘zbek A.ga partiyaviylik, sinfiylik, g‘oyaviylik, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik degan tushunchalar chuqur singib bordi. Mumtoz adabiyotga munosabatda uni sa-roy adabiyoti, diniy-klerikal adabi-yot, reaksion yoxud progressiv deya bir xalq adabiyotini ikkiga ajratib talqin etish, ijodkorlar va ularning merosini sinfiy qarshilantirish tamoyili urfga kirdi. O‘ziga xos yondashuv va tahlilni talab etadigan Yassaviy, Boqirg‘oniy, Boyqaro, Mashrab, Huvaydo, Amiriy, Feruz (Muhammad Rahimxon) kabi sho-irlar merosi batamom qoralandi, ular ijodini o‘rganish deyarli man qilindi. Sho‘ro mafkurasining zug‘umi, tanqid va A.ning jiddiy xatolari tufayli Abdul-la Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, So‘fizoda, Elbek, Botu, Usmon Nosir singari shoir va yozuvchilar, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud kabi adabiyotshunoslar jisman yoxud ma’nan mahv etildilar.O‘sha yillardagi nisbatan ijobiy faktlar sifatida So‘fizoda, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon haqida adabiy portretlar yozilganini, Izzat Sultonning "Adabiyot nazariyasi" darsligi va boshqa monografiyalar nashr etilganini qayd etish mumkin. Biroq 40-yillar oxiri – 50-yillar boshlarida A. fani kosmopolitizmga qarshi kurash, yagona oqim, konfliktsizlik nazariyasi deb nomlangan xato yo‘llarni bosib o‘tishiga ham to‘gri keddi. Ayni shu yillari Oy-bek, Maqsud Shayxzoda va boshqa mualliflarning tarixiy yo‘nalishdagi, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Said Ahmad singari adiblarning zamonaviy mavzudagi asarlari, o‘sha "nazariyalar" dan kelib chiqib, nohaq qoralandi.50-yillar o‘rtalaridan avval qatli om qilingan ayrim yozuvchi-shoirlar hayoti va ijodini qayta o‘rganishga harakatlar bo‘ldi. Matyoqub Ho‘shjonov, Ozod Shara-fiddinov, Ibrohim G‘afurov, Umarali Normatov, Salohiddin Mamajonov, So-bir Mirvaliyev singari adabiyotshunos olimlarning adabiy jarayon, alohida ijodkor va asar haqidagi kitob va maqolalari adabiyotning nisbatan erkin nafas olishiga zamin yaratdi.60–70-yillarda o‘zbek adabiyoti tarixi yuzasidan qator asarlar yaratildi. Jumladan, ilk adabiy yodgorliklardan tortib 20-asr boshlarigacha bo‘lgan dav-rlar merosini qamrab oluvchi 5 jild-li "O‘zbek adabiyoti tarixi" kitobi nashr qilindi. Unda o‘ta mafkuraviy talqin, adabiyot ilmidan chekinish, bir yoqlamalik qusurlari mavjud esada, ming yillik adabiyotimizning tari-xiy taraqqiyoti, yetakchi tamoyillari, so‘z san’atkorlarining hayoti va ijodi, asarlaridagi o‘ziga xosliklar, mahorat belgilari to‘g‘risida zamona yutuqpari darajasida muxtasar ma’lumot berildi.Dunyodagi eng qadim madaniyat o‘choklaridan biri bo‘lmish yurtimizda yaratilgan jamiki adabiy-estetik boyliklarga xolis nuqtai na-zar bilan qarash va baho berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada, adabiyotshunos olimlar so‘z san’atimiz tarixida e’tibor-179ga loyiq neki asar bo‘lsa, barchasini chuqur o‘rganishdek mas’uliyatli yumushga kirishdilar. "Avesto"dek teran va mu-rakkab diniy-ma’rifiy yodgorlik, xalq og‘zaki ijodining gultoji bo‘lmish "Al-pomish" dostoni va boshqa o‘nlab epik asarlar atroflicha tadqiq etildi.Tasavvuf ta’limotining badiiy ijodga ko‘rsatgan ta’siri xususida Na-jmiddin Komilov ("Tasavvuf", 1– 2-kitoblar), Ibrohim Haqqulov ("Tasav-vuf va she’riyat") va boshqa mutaxassislarning kitoblari chop etildi. Navoiyning 20 jildli "Mukammal asarlar to‘plami" nashr qilinishi barobarida, mutafakkir ijodini tamomila yangi mezonlar asosida o‘rganish boshlandi va o‘nlab risolalar yaratildi. 20-asr boshlarida yozilgan, ma’rifatparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan badiiyat namunalari tadqiq etildi, nohaq qurbon bo‘lgan Abdulla Qodiriy (U. Normatov, "Qodiriy bog‘i"; mual-liflar jamoasi "Abdulla Qodiriyning badiiy olami"), Cho‘lpon (O. Sharafiddinov, "Cho‘lpon", "Cho‘lponni anglash", D. Quronov, "Cho‘lpon, hayoti va ijodiy merosi"), Fitrat, M. Behbudiy, A. Avloniy, Hamza, Usmon Nosir hayoti va ijodiga doir yirik asarlar dunyoga keldi.A.ning nazariy muammolarini o‘z ichiga qamragan 3 jildli "Adabiy turlar va janrlar" kitobi, A. Hojiahmedovning "She’riy san’atlar va mumtoz qofiya", "O‘zbek aruzi lug‘ati" risolalari chop etildi. S. Mirvaliyev yaratgan "O‘zbek adiblari" to‘plami esa 20-asr o‘zbek adabi-yotining yirik vakillari hayoti va ijodi xususida eng zarur ma’lumotlarni beradi.A. nafaqat o‘zbek, balki jahon este-tik ilmi yutuqlarini ham ijodiy o‘zlashtirish, bu borada o‘z so‘zini ay-tish yo‘lida izlanmoqda. Najmiddin Komilovning "Tafakkur karvonlari", Ibrohim G‘afurovning "Dil erkinligi" singari kitoblari keyingi davr o‘zbek A.ning jiddiy yutuqlari hisoblanadi. Bugungi kunda adabiyotshunosligimiz saflarini Shuhrat Rizayev, Dilmurod Quronov, Bahodir Karimov, Ulug‘bek Abduvahob singari yosh, iste’dodli olimlar to‘ldirmoqda.Baxtiyor Nazarov, Rahmon Ko‘chqorov.


Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling