Reja: Kirish. I. Bob. Adabiyotshunoslik fan sifatida shakllantirish omillari


Download 75 Kb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi75 Kb.
#1160949
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja I. Kirish. Adabiyotshunoslik fan sifatida

Kurs ishining vazifalari:
-adabiyotshunoslik fan sifatida shakllantirish omillari o'rganish.
-adabiyotshunoslikni fan sifatida shakllanish bosqichlari
-adabiyot taraqqiyotining ichki va tashqi omillarida taniqli shaxslarning o'rni.
-adabiyot taraqqiyotining ichki va tashqi omillarini ko'rib chiqish
Kurs ishing hajmi:
Kurs ishim kirish, ikkita bob, uchta reja , xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, 25 betdan iborat.

I.BOB.Adabiyotshunoslik fan sifatida shakllantirish omillari.
1.1.Adabiyotshunoslikni fan sifatida shakllanishi.
Adabiyot (arabcha — adab soʻzining koʻpligi) — 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy adabiyot, qishloq xoʻjaligi adabiyoti, siyosiy adabiyot va boshqalar). 2. Sanʼatning bir turi (badiiy adabiyot deb ham ataladi); voqelikni soʻz yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. Adabiyot avval ogʻzaki boʻlgan, yozuv paydo boʻlgandan soʻng yozma shaklga oʻtgan. Adabiyot soʻz orqali insonning his-tuygʻularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u sanʼatning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy adabiyotning yetakchi 3 turi — epos, lirika, drama mavjud. Epos voqelikning oʻzini inʼikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qoʻshib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuygʻulari oʻlkasi boʻlgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyotda qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga boʻlinadi: kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), oʻrta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga koʻra, gʻazal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qoʻshiq va boshqalarga boʻlinadi. Dramatik adabiyotning ham mazmu-nan 3 xili bor: drama, komediya va tragediya (fojia). Adabiyot sanʼatning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga koʻra, adibning ijodiy usuli paydo boʻladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik adabiyot deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi oʻz orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik adabiyot boʻladi. Adabiyotning badiiylik mezoni uning gʻoyaviy-badiiy jihatdan mukammal boʻlishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan gʻoyasining toʻgʻriligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi. Har bir adabiyot milliydir, shunga koʻra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va oʻziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida adabiyot tomonidan uzoq davr mobaynida yigʻilgan tajriba va anʼananing ham ahamiyati kattadabiyot Xalq hayotidagi yangi davr esa adabiyotni yangi, yuqoriroq bosqichga koʻtaradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan adabiyot oʻz navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini oʻtaydi. Hozirgi zamon oʻzbek adabiyotda adabiyotning tasvir ob’ekti umuman ijtimoiy voqelik boʻlsa, bosh tasvir ob’ekti esa insondir. Adabiyotda insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham adabiyotning maqsadi maʼlum bir ijtimoiysiyosiy kuchning mohiyatini toʻla ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badiiy obraz yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali „tip“ deb ataladi. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlari; Shekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlaridagi Otabek va Kumush tip darajasiga koʻtarilgan obrazlardir. Adabiyot voqelikni aks ettirar ekan, unga goʻzallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham gʻoyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning taʼsirli chiqishi, boshqa koʻp mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fikrning emotsionalligi, koʻtarinkiligiga ham bogʻliq boʻladi. Milliy mustaqillikka erishgan oʻzbek xalqi hayotning barcha jabhalarida oʻzligini namoyon etmoqdadabiyot Jumladan, istiqlol davri adabiyoti tub sifat oʻzgarishlariga erishmoqdadabiyot Bu davrda ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli fikrlash mumkinligini chuqur anglab, faoliyat koʻrsatmoqdadabiyot Natijada olamni, odamni, ularning tuygʻularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish boshlandi. Bu davr adabiyotida tasvirlanayotgan inson oʻzining bashariyat, Vatan, el-yurt oldidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda namoyon boʻlmoqdadabiyot Istiqlol adabiyoti mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham ilgarigi qoliplarga sigʻmaydigan, tabiiy ravishda rivojlanayotgan yangi estetik hodisadir. U odamlarga yoʻl koʻrsatishni zimmasiga olmaydi, oʻquvchiga aql oʻrgatmaydi, hayotiy muallimlikni daʼvo qilmaydi, balki tasvirning nozikligi, ifodalarning favquloddaligi, obrazlarning kutilmaganligi bilan oʻquvchida munosabat uygʻotadi.Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funksiyasi, ijodiy jarayon qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Z bo‘limni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni o‘z ichiga oladi. A.ning ildizi maqol, qo‘shiq, doston singari xalq og‘zaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib boglanadi. Mas, Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asaridan joy olgan matallarga, badiiy so‘z unsurlariga ilmiy-tekstologik munosabat, o‘sha davr adabiy janrlari haqidagi fikrlar A.ning olis tarixidagi ko‘rinishidir.A. ilmiga oid teran qarashlar Foro-biining "She’r san’ati..." kitobida mu-fassal bayon qilingan (10-asr). Unda she’riy asarning yaralish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so‘z qadri xususida fikr yuritiladi. 11-asrda yashagan adabiyotshunos olim Abdulqodir Jur-joniyning "Asror ul-balog‘a fi-ilmi bayon" ("Bayon ilmida balog‘at sirlari") asarida so‘z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urg‘u berilsa, 13-asrda yashagan qomusiy olim Kays Roziyning "Kitob ul-mo‘’jam fi-maoyiri ash’or il-ajam" ("Ajam she’riyati me’yorlari qomusi") kitobida nazariy masalalar – aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning "Qobusnoma"sidan (11-asr) esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta’sirchan bo‘lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o‘rin olgan.

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling