MAVZU: O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA BOLA SHAXSINI IJTIMOIYLASHTRISH.
REJA
KIRISH
I.BOB. BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIDA JAMOANING O’RNI VA AHAMIYATI.
1.1.Bola shaxsning shakllanishida oila muhiti, jamoa va jamiyatning ta’sirini ifodalash
1.2.Bolaga jamoaviy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning shakl va metodlari.
Bob bo’yicha xulosa.
II.BOB.BOLANING SOTSIUMDA RIVOJLANISHI VA UNGA TA’SIR ETIVCHI OMILLAR.
2.1.Maktab o‘quvchilari shaxsini har tomonlama kamol toptirish.
2.2.Jamoani shakllantirishda shaxsga ta’sir etuvchi omillarning differensiallashuvi
XULOSA VA TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizning ravnaqi bugungi yosh, yangi avlodning har tomonlama to`llaqonli, barkamol shaxs sifatida shakllanishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Chunki davlat mustaqil fikrlaydigan, ruhi komil, dili pok insonlar tomonidan quriladi va mustahkamlanadi.
Bu o`z navbatida O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinganligi hamda ushbu hujjatlar mohiyatiga ko`ra uzluksiz ta'lim tizimining shakllanganligi ta'lim-tarbiya asoslarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy o’rta ta’limning namunaviy Ustavi hamda ota-onalar bilan tuziladigan namunaviy shartnoma, umumiy o’rta ta’lim maktablarining pеdagogik Kеngashi, pеdagog xodimlarning uslubiy birlashmalari to`g`risidagi Nizomlar shular jumlasidandir. Ushbu qabul qilingan hujjatlar umumiy o’rta ta’lim tizimining tashkiliy masalalarinigina hal etib qolmasdan, balki uni mazmun jixatdan takomillashtirishga zamin yaratadi.
Kurs ishining metodologik asosi. O`zbеkiston rеspublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining nutq va ma'ruzalarida maktabgacha ta'limni rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir fikrlari hamda yondashuvlari, O`zbеkiston rеspublikasi Hukumati, Xalq ta'limi vazirligining maktabgacha ta'limni sifat va samaradorligini ta'minlashga qaratilgan mе'yoriy Hujjatlari, 2012 yil 17 fеvralda o`tkazilgan “Yuksak bilimli va intеllеktual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modеrnizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi Halqaro konfеrеntsiya matеriallari, mavzuga oid ilmiypеdagogik, psixologik, mеtodik manbalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |