Reja kirish I. Bob. Bola shaxsining rivojlanishida jamoaning o’rni va ahamiyati
Download 1.33 Mb.
|
O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA BOLA SHAXSINI IJTIMOIYLASHTRISH.
2-bob bo’yicha xulosa.
Umuman, pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Rahbarlik qilinmagan faoliyat esa bir yoqlama yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, inson faqat faoliyatda rivojlanadi, undan tashqarida rivojlanish yo‘q. Bola juda yoshligidan boshlaboq kattalar yordamida tashqi muhit bilan turli xil aloqada bo‘ladi. Maktab yoshida bu aloqalar o‘qish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat bilan bog‘lanadi va bular rivojlanish uchun manba sanaladi. Shunday qilib, inson taraqqiyotining ilmiy konsepsiyasi inson kamolotiga ta’sir etadigan omillarni tahlil etib, inson kamoloti va uning shaxsini shakllantirishni yagona va bir butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda insonning faolligiga katta o‘rin beriladi. U faolligi bilan o‘z shaxsini shakllantira oladi. Tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan maqsad aniq bo‘lsa va bu maqsadga erishish uchun odam astoydil harakat qilsa, kutilgan natijaga erishiladi. XULOSA Oila muhitining ahamiyati shundaki, boladagi tabiiy iste’dodning qirralari dastlab shu yerda ko‘zga tashlanadi. «Insonlarda bo‘lgan tabiiy iste’dod yog‘ochdagi yonish xususiyatiga o‘xshaydi: yog‘ochga o‘t qo‘yilmasa, yonmaydi» («Kalila va Dimna»dan). Binobarin, bola iste’dodining yonishi oiladan boshlansa, shuncha yaxshi. Ota-ona o‘z bolasini kuzatib borib (go‘dakligidanoq) boshqa bolalardan farqini, nimaga qobilu, nimaga qobilmasligini aniqlasa, uni qobiliyati kuchli bo‘lgan tomonga turtki bersa, rivojlantirsa, shaxsning iste’dodi shuncha yorqin va tez ko‘zga tashlanadi. Murg‘ak ongli go‘dakning himoyaga, yordamga, rivojlantirishga muhtoj qiziqishi, intilishini birinchi bo‘lib ota-ona sezmasa, kim sezadi?! Ko‘zlarini mo‘ltiratib turgan go‘dak, faqat sizga non uchun jovdirab qarayotgani yo‘q-ku! Uni tushuning, his qiling, unga yo‘l oching! Qobiliyati, iste’dodi bolaligidanoq ota-onasi yohud boshqa bir murabbiy yordamida rivoj topgan kishilardan buyuk daholar yetishib chiqqan. Bolaning yuragini tushunmay, hadeb arzir-arzimas ro‘zg‘or, tirikchilik ishlariga qayrab solaverish ham to‘g‘ri emas. Bola musiqa, rasm, adabiyot, fanga yoki boshqa hunarga qiziqayaptimi? Ota-ona bu haqda o‘ylab ko‘rishi, go‘dakka madad berishi kerak. To‘g‘ri, bu oson emas, juda tadbirkor, zahmatkash bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchi faoliyatida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi. Jamoa nazariyasi qonunlariga muvofiq uni yaratish metodikasi asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo‘yish, faollarni tarbiyalash, o‘quv, mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniyat faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va ko‘paytirish. Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma hisoblanadi. Tarbiya metodlarini tanlashda ularning rivojlanish darajasiga mosligi muvaffakiyatining muhim sharti hisoblanadi. Shuning uchun har bir o‘qituvchi tarbiyaviy ishni sinfdan jamoa munosabatlarining rivojlanishi darajasini aniqlashdan boshlaydi. O‘qituvchining esa yangi sinf bilan ko‘p marta ish boshlashiga to‘g‘ri keladi: o‘z mehnat faoliyatining dastlabki yilida, sinfni navbatdagi bitirib chiqish mavsumidan keyin, ba’zan esa maktabda vujudga kelgan vaziyat taqozo bilan sinf rahbari o‘zining metodlari jamoaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmasligi uchun shundan keyingi ishlari davomida vaqti-vaqti bilan jamoaning rivojlanishi darajasini aniqlab turadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling