Reja: Kirish I. Bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi
Download 1.63 Mb.
|
Maftuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
X U L O S A
Cho`lponning shaxs va ijodkor sifatida, xususan, nosir sifatidagi shakllanishi jadidchilik g`oyalari ta`sirida kechganki, adibning ilk ijodini ulardan ayro holda tushunish va baholash maholdir. Yozuvchining "Qurboni jaholat" va "Doktor Muhammadiyor" hikoyalarida kuzatilgan g`oyaviy-ma`rifiy didak-tikaning ustivorligi, xarakterlarning nuqtai nazari-dangina talqin qilinishiyu baholanishi, mavjud voqelikning sentimental yoxud ratsionalistik inkori kabi qator xususiyatlar ham shundan dalolatdir. Shu bilan birga, "Doktor Muhammadiyor" hikoyasi tahlili Cho`lponning ilk mashqlaridayoq realistik va didaktik adabiyotga xos xususiyatlar ziddiyatga kirishganini kо`rsatadi. Yosh adib ibratli qahramon yaratish maqsadini kо`zlagani holda qahramonini о`zining tajribasidan kelib chiqib talqin qiladi, unga о`zining о`y-hislarini singdirib yuboradi. Bu esa Cho`lponning ijodda mavhum g`oyadan emas, real hayotdan kelib chiqish ehtiyojini sezayotganidan, vujudida san`atkor va tashviqotchi kurasha boshlaganidan dalolatdir. Normal ijodiy о`sishda bu kurash san`atkor foydasiga hal bо`lishi tabiiy edi, biroq Cho`lpon ijtimoiy faoliyat qozonida qaynagani uchun-da uning ijodiy tamoyillaridagi о`zgarishlar kо`proq tashqi ta`sir natijasida yuz berdi. Xususan, о`zi kurashgan maqsadlariga yetish umidi kesilgan pallada u reallikdan xayolot olamiga qochishga intiladiki, she`riyatida bо`lganidek, nasriy ijodiga ham romantik talqin ("Kleopatra", "Yо`l esdaligi") kirib keladi. Birinchidan, Cho`lpon nasrida hayotni badiiy aks ettirish tamoyillari g`oyaviy-ma`rifiy didaktikadan romantik talqinga, undan realistik tahlilu tasvirga tomon о`zgarib boradi. Ikkinchidan, Cho`lponning kichik nasriy asarlarini kuzatganda uning chin ma`nodagi ijodkor shaxs, izlanuvchan, yangilikka о`ch inson bо`lganiga amin bо`lamiz. Uning hatto bir janr doirasidagi asarlari ham turfa janr xususiyatlarini namoyon etishi, tasvir vositalariyu ifoda yо`sinining rang-barangligi shunga dalolat qiladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling