Reja: Kirish I. Bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi
II.BOB. "Kecha" romanining poetikasi
Download 1.63 Mb.
|
Maftuna
II.BOB. "Kecha" romanining poetikasi
Bizningcha, adib yurtdagi ma`naviy qash-shoqlanishni yuzaga keltirgan va uning hosilasi sifatida yanada biqiqlashgan muhitni "Kecha" deb baholaydi. Cho`lpon talqinidagi "Kecha"ning butun dahshati shundaki, u odamlarni ma`nan majruh etadi, ma`naviy tanazzulga yetaklaydi. О`sha muhit "besh-tо`rt tanob yerli" о`ziga tо`q, Xadichaxon bilan durustgina turmush kechirishi mumkin bо`lgan Akbaralini fahsh botqog`iga botirdi; yetti avlodi dehqonchilikdan non topib yegan Razzoq sо`fini tekinxо`r kimsayu munofiq dindorga aylantirdi; Poshshaxonu Sultonxondek bemalol bir uyni obod, bir yigitni baxtiyor qilishi mumkin bо`lgan guldek ayollarni zino kо`chasiga boshladi... Bularning ma`naviy qashshoqlanishi shu darajadaki, ular muhitni sog`lomlashtirish haqida umuman о`ylamaydilar, shu muhit doirasida о`z manfaatlarini kо`zlaydilar, xolos. Yurt boshida "benamoz raislar", imoni zaif imomlarning turishi raiyatga ta`sirsiz qolmagan: "odamlar namozga yurmay qо`yganlar". Millatning fojiasini Cho`lpon ayni shu e`tiqodsizlik (faqat diniy ma`noda emas)da kо`radi: odamlar na oxiratini obod qilishni va na foniy dunyodagi turmushlarini yaxshilashni о`ylashadi — bugunning tashvishi bilan yashashadi, xolos. Johiliyat davrlarini azaldan "zulumot" deb ta`riflangani kabi, Cho`lpon ham tariximizning shu bо`lagini "Kecha" deb ataydi. Bu zulumot qо`ynidan yorug`lik tomon intila boshlagan yagona odam —Miryoqub, shu ma`noda "Kunduz"ning tub ma`nosi ham shu qahramonga bog`liq holda konkretlashsa, ehtimol. Afsuski, bu fikrimiz taxmin maqomidan yuqori kо`tarilolmaydi. Sarlavhaning zohiriy ma`nosi esa "oq qora" sxemasining ifodasiga xizmat qilgani holda tub ma`nolarni niqoblaydi. Chinakam san`atkor sifatida esa Cho`lpon qahramonlarining insoniy fojiasini faqat ularning sinfiy mansubligidan kelib chiqibgina tushunish va tushuntirish bilan qanoatlana olmas, xarakterlar mohiyatiga chuqurroq kirib borishni istardi. Buning natijasi о`laroq, romandagi ayrim xarakterlar talqinida ichki ziddiyat kuzatiladi: adib Akbarali, Miryoqub, Razzoq sо`fi kabi "yot unsur"larga namoyishkorona salbiy munosabatda bо`ladi (zamona talabi), ayni paytda ularning har birida avvalo insonni kо`rishga, xatti-harakatlarining tub ijtimoiy-ruhiy asoslarini ochishga(realistik san`at talabi) intiladi. Shunisi ham borki, "sinfiylik" og`usi bilan zaharlangan kitobxon uchun mо`ljallangan chizgilar bо`rtib, yuzada qalqib turadi va tub sabablarini pardalaydi gо`yo. E`tibor berilsa, romanda Akbarali, Razzoq sо`fi, Miryoqub obrazlari talqinida deyarli bir xil tartibga tayanilganini sezish qiyin emas. Zero, har uchala xarakter talqinida ham tubandagicha strukturaviy sxemaga tayanilgani kо`riladi: muallif xarakteristikasi – personajni xatti-harakatda kо`rsatish – ruhiyatidagi jarayonlarning bevosita tasviri. Kо`zga yaqqol tashlanadiki, Cho`lpon qahramonlarini "sirtdan" kuzatishdan "ichdan" kuzatishga tomon borish yо`lini tanlagan. Albatta, buning hech bir g`ayrioddiy tomoni yо`q, kо`pgina asarlarda ayni shu yо`ldan boriladi. Biroq, bizningcha, "Kecha"da bu usulning alohida g`oyaviy-badiiy funksiyasi mavjud. Gap shundaki, muallif xarakteristikasidayoq qahramonlar fe`lidagi salbiy xususiyatlar ularning ijtimoiy ahvoli bilan bog`lab talqin qilinadi-da, ularga zamona talabicha g`oyaviy-hissiy baho beriladi. Boz ustiga, adibning salbiy munosabati о`quvchiga-da "yuqtiriladi", о`quvchida personaj haqida tugal bir tasavvur bilan birga antipatiya ham hosil qilinadi. Buning natijasida esa о`quvchining qahramon xatti-harakatlarining ruhiy asoslarini, uning inson sifatidagi iztiroblarini his etish imkoniyatlari kamayadi, u personajni faqat "sirtdan"gina kuzatgani holda, uning ruhiga kirolmay qolishi ehtimoli ortadi. Buning ziddi о`laroq, muallif boshdanoq о`quvchida Zebiga nisbatan badiiy simpatiya hosil qilishga intiladi. Romanning boshlanishida syujet voqealarining tо`laligicha Zebi taqdiri bilan bog`liqligi, voqealarning shiddat bilan rivojlantirilishiyu sarguzashtnamo xarakterga egaligi о`quvchi diqqat-e`tiborini Zebiga bog`lab qо`yadi. Natijada Zebi taqdirigagina qiziqib qolgan о`quvchi boshqa qahramonlarning xatti-harakatlarini ham shu asosda kuzatadi va baholaydi — asarning epik kо`lamini tо`laligicha qabul qilish, unda qо`yilgan muammolarni ilg`ab olishu "hazm" qilishga tayyor bо`lmay qoladi. Kо`ramizki, ayni shu xil syujet-kompozitsion xususiyatlar romanda xotin-qizlar taqdiri masalasi birlamchi, degan fikrni keltirib chiqaradi-da, unda badiiy tahlilu talqin etilgan muhim muammolarni pardalaydi. Ayni paytda, Cho`lpon о`zi bilan ilgaritdan muloqotda bо`lib kelayotgan о`quvchi, muloqotda bо`lmagan holda ham о`qishu uqish malakasiga ega yoki atrofida yuz berayotgan voqea-hodisalar haqida mustaqil mushohada yuritishga qobil о`quvchining tubdagi ma`nolarni anglab olishiga ishonadi, shunga umid qiladi. Bungacha yuritgan mulohazalarimizdan ayon bо`ladiki, “niqoblanish” — muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit zaruratidan kelib chiqqan poetik vosita, u “Kecha” romani poetik tizimiga jiddiy ta`sir kо`rsatgan, asardagi qator badiiy о`ziga xosliklarni yuzaga keltirgan. Cho`lponning yangilikka о`ch, izlanuvchan ijodkorligini kо`pchilik e`tirof etgan, biz ham buni kо`p bor ta`kidladik. Xо`sh, adibning kо`pchilik e`tirof etgan bu xislati milliy romanchiligimizga nima berdi? Bizningcha, о`zbek romanchiligi taraqqiyotida “Kecha va kunduz” hayotni badiiy tadqiq etish (voqelikni inson ruhiyati orqali idrok etishga intilish) va badiiy voqelikni tashkillantirish (dramatik unsurlar salmoqdorligi) prinsiplari nuqtai nazaridan dadil odim ediki, shu jihatlari bilan u milliy nasrchiligimiz an`analaridan sezilarli uzoqlashib, jahon romanchiligi taraqqiy darajasiga yaqinlashdi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling