Reja: kirish I bob. Ko'Nikma, malaka, odatlarning shakllanishi


-§ Ko’nikma va Malakani rivojlanish jarayoni


Download 180.45 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi180.45 Kb.
#1591319
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
umumiy SO\'NGI (2)

2.2 Ko’nikma va Malakani rivojlanish jarayoni



Malakalar samaradorligiga ta`sir etuvchi omillar

Ob’ektiv

Sub’ektiv

Jihozlarning tuzilishi Jihozlarning holati
ish sharoiti

Fiziologik
CHarchoq
(toliqish)
Salomatlik

psixik munosabat o`z kuchiga ishonish kayfiyat

Harakatlarning istagan bir tomonlarini ularning motor (harakat), sensor (sezgi) va markaziy komponentlari, ya`ni qismlari deb atash mumkin. Ishni amalga oshirishda bajaradigan vazifalariga muvofiq, ular ishni ijro qiluvchi, nazorat qiluvchi, boshqaruvchi deb belgilanishi mumkin. Bu vazifalarning har birini kishi ongli va ongsiz ravishda bajarishi mumkin. Odam talaffo`z qilmokchi bo`lgan gapning grammatik shakli va mazmuni hamisha ong yordamida oldindan payqab olinadi. Odatda, ishdan ko`zlangan maqsad va shuning bilan birga ishning umumiy xarakteri hamma vaqt anglab olinadi. Masalan, velosipedda ketayotgan odam mutlaqo ongsizlik holatida buning uddasidan chiqa olmaydi. YUrish, dorda yurish kabilar ham. Bajariladigan harakatning ma`lum tomonlari dastavval to`la anglab boshqarishni talab qilinadi, undan keyin ishning bajarilishi ongning ishtiroqini borgan sari kamroq talab qilinadi. Bunday hollarda ishning bajarilishi avtomatlashadi. Odamdagi maqsadga muvofiq harakatlarning amalga oshirilishi va avtomatlashuvi malaka deb aytiladi. Ish tuzilishining shunday qisman avtomatlashuvi tufayli o`zgarish imkoniyati quyidagidan iborat:
1. Harakatlarni ijro qilish usullarining o`zgarishi. Bundan avval har biri alohida-alohida bajarilgan bir qator ayrim harakatlar bir butun harakat tarkibidagi oddiy harakatlar o`rtasida hech qanday “to`xtab qolish” va tanaffuslar bo`lmaydigan bitta yaxlit aktga aylanadi. Masalan, mashina haydashni o`rganayotgan haydovchi, yozishni o`rganayotgan bola harakatini ko`rish mumkin.
2. Ishni bajarishda sensor, ya`ni hissiy nazorat usullarining o`zgarishi. Ishni bajarish ustidan qilinadigan ko`rish nazorati ko`p jihatdan muskul (kinestezik) nazorat bilan almashinadi. Masalan, mashinistkaning hat yozishdagi, haydovchi motor ovozidagi , pulat kuyuvchi metal rangining o`zgarishini farq qiladi.
3. Ish-harakatini markaziy boshqaruvchi usullarning o`zgarishi. Diqqat ish-harakatining usullarini idrok qilishdan ozod bo`ladi va asosan ish-amalning hamda natijalarni idrok qilishga qaratiladi. Ayrim hisoblash, qarorga kelish va boshqa intellektual operatsiyalarning tez va birlashgan holda “intuitiv” bajarila boshlaydi. Malaka faoliyat tarkibida o`ziga xos o`rin tutadi. Malaka ish unumdorligini orttirishga vaqtni tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. Malaka quyidagicha hosil qilinadi:
1. Mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash.
2. Harakat namunasini esda olib qolish.
3. Malaka namunalarini ko`p marta bajarish, mashq qilish.
4.Izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi.
5. Malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari tushib qoladi.
Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish ko`nikma deyiladi.
Malaka turli yo`llari bilan ko`rsatish, tushuntirish, ko`rsatish va tushuntirishni kushib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin.
Har bir ko`nikma va malaka odamning o`z tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malakalarning, ko`nikmalarning ayrimlari kishining ko`nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari esa halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko`nikmalarni o`zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning o`zaro ta`siri deyiladi. Bir malakaning ikkinchi bir malakaning tarkib topishini qiyinlashtirishi - malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, SHvetsiyada ko`cha harakatlarining chap tomondan o`ng tomonga o`tkazilishi ko`plab yo`l transport hodisalarning vujudga kelishiga olib kelgan. CHizmachilik darslarida to`g`ri chiziqni yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab chizishda ham interferentsiyani ko`rish mumkin.
Avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalarga ijobiy ta`siri malakalarning ko`chishi yoki malakalar induktsiyasi deb ataladi. Masalan, matematika darsida hosil bo`lgan ko`nikmani, fizikada qo`llash mumkin.
 Faoliyatning yana bir qismi odat bo`lib, ko`nikma va malakalardan hech qanday samara yoki natijaga ega emasligi bilan ajralib turadi. Odat odam tomonidan beixtiyor, ongsiz tarzda muayyan maqsadga yo`naltirilmagan holda amalga oshiriladi. Ba`zi hollarda odatlar shaxs tomonidan nazorat qilinishi mumkin, lekin har doim ham aqlli va keraqli harakatlar bo`lmasligi mumkin.
Odamning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bog`liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida ayni choqda ong tarkib topishi va taraqqiyotining asosi hamda ong mazmunining manbai bo`lib xizmat qiladi. Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi va shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. Odamda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo`lishi va taraqqiyoti juda murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faolligi uning kamoloti davomida faqat asta - sekin ta`lim va tarbiyaning ta`siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini ola boradi.
Inson faoliyati asosan uch turga bo`linadi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati, ikkinchisi ta`lim faoliyati va uchinchisi mehnat faoliyatidir. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol’ uynaydi. O`yin. Bola bir yoshga to`lgandan boshlaboq unda faoliyatning eng sodda shakllarini egallash uchun shart - sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Unday shart - sharoitlardan birinchisi o`yindir. O`yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan o`yin faoliyatiga har xil narsalar bilan shug`ullanish, yolg`ondakam urushishlar, yugurishni va shu kabilarni kiritish mumkin. Bolalarda ham o`yin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o`yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo`lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan, rolli, qoidali, harakatli, didaktik, mazmunli o`yinlarni o`ynaydilar. O`yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o`z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi.



Download 180.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling