Tadqiqot ishi mavzusining dolzarbligi va ahamiyati shundan iboratki, bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining auditoriyaga ta’siri kuchayib bormoqda va yaratilayotgan kontent sifati hamda efir davomida adabiy til me’yorlariga amal qilinishi masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ommaviy axborot vositalarining keng afkor omma uchun eng ko‘p ko‘riladigan turiga aylanib ulgurgan turlaridan biri sifatida televizion jurnalistikadagi o‘rni beqiyosdir. Telejurnalist mahorati, auditoriya bilan muloqoti, auditoriya e’tiborini jalb qila olish va jurnalistik materialning yetkazib berilishida adabiy til katta ahamiyatga ega, chunki o‘zbek tili dialect va shevalarga boy til hisoblanib jurnalistik material va kontentning yetkazib berilishida adabiy til me’yorlaridan chekinish materialning noto‘g‘ri qabul qilinishiga yoxud tushunishda muayyan qiyinchiliklarga olib kelishi holatlari kuzatilmoqda. Shu kabi jihatlar ushbu mavzuning naqadar bugungi kun uchun dolzarb ekanligini anglatadi.
Tadqiqot ishining maqsadi ommaviy axborot vositalarida xususan televideniyeda efirda eshitiladigan nutqni tahlil qilish va uning zamonaviy ortoepik va aksentologik me'yorlarga muvofiqligini aniqlash, suxandonlar va radio va televideniye boshlovchilari va telejurnalistlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan nutq xatolari bilan bog‘liq tendensiyalar va muammolarni aniqlashdir.
Tadqiqot ishining vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Olimlarning ortoepiya va ortoepik normalar haqidagi qarashlarini tadqiq etish.
2. Radio va televideniye orqali eshitiladigan nutqni kuzatish.
3. Radio va televideniye jurnalistlarining nutqini til me’yorlari yuzasidan qisman tahlil qilish.
4. Ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan nutqda yo‘l qo‘yilgan xatolar turlarini aniqlash va tahlil qilish.
5. Ushbu tahlil natijalarini umumlashtirish va efirda eshitiladigan nutqqa xos tendensiyalarni aniqlash, adabiy til me’yorlarini buzishni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |