Reja: Kirish I. Bob. Media olamida adabiy til qonun-qoidalaridan foydalanish masalasi


Tadqiqot mavzusining o‘rganilganlik darajasi


Download 86.42 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi86.42 Kb.
#1618759
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2Adabiy til me\'yorlari

Tadqiqot mavzusining o‘rganilganlik darajasi rus tadqiqotchilaridan Ю.Н. Караулов, Васильев К, Рогозина М. kabi yetakchi olimlar va mutaxasislar tajribali telejurnalistika mutaxassislarini alohida sanab o‘tish joiz.
Tadqiqot obyekti ommaviy axborot vositalarida televizion tok shoular va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarda adabiy til me’yorlarining buzilishi holatlaridir. Tadqiqot ishi predmetiga ommaviy axborot vositalarida TV misolida adabiy til me’yorlarining buzilishi bilan bog‘liq kamchiliklar xatoliklar va telejurnalistning nutq qoidalariga amal qilishi bilan bog‘liq masalalar kiradi.
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi- ushbu tadqiqot ishi doirasida ommaviy axborot vositalarida adabiy til qoidalarini buzish bilan bog‘liq holatlar yoritib berildi. Bundan tashqari muayyan tok shoular va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar atroflicha telejurnalistika nutq madaniyati va adabiy til qoidalari nuqtayi nazaridan tahlil qilindi va bunday ko‘rsatuvlar va telejurnalistik kontentlar nutqiy xatoliklar va kamchiliklardan xoli emasligi va bunday xatoliklar hamda kamchiliklar tizimli ravishda kuzatilishi ochib berildi. Tok shoular va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarda auditoriyaga kontentni aniq to‘la va mohirona yetkazib berilishida muayyan nutq va adabiy til, shuningdek telejurnalistika metodlaridan foydalanish asoslab berildi.
Tadqiqot ishi tuzilishi-tadqiqot ishi kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tarkib topgan.

I.BOB. Ommaviy axborot vositalarida adabiy til me’yorlariga amal qilinishining nazariy va amaliy jihatlari
1.1. Mediada til tushunchasi va unga amal qilishning nazariy jihatlari


Adabiy me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo`lgan til birliklari-ning nutq jarayonida qo`llanish holati va imkoniyatidir. Me’yor - tilning yashash shaklidir. Til va nutq tizimida me’yor o`ziga xos o`rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo`yilgan. Nutq madaniyati to`g‘risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so`zlarning o`rinli va o`rinsiz ishlatilishi to`g‘risida ham bahs boradi. Qo`llangan til birligini to`g‘ri yoki noto`g‘ri deyilganda, albatta, ma’lum bir o`lchovga asoslanamiz.
Mana shu o`lchov tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi. Har bir lahjaning, so`zlashuv tilining, adabiy tilning o`z me’yorlari bo`lganidek, nutqning alohida ko`rinishlari bo`lgan argolar, jargonlar ham o`z me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko`rsatiladi: 1. Dialektal me’yor. 2. So`zlashuv nutqi me’yori. 3. Argolar, jargonlar me’yori. 4. Adabiy til me’yori.Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o`rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisa-larini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bo`lmagan. Demak, me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo`ladi. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o`tishi bilan o`zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.
Til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalari-ning nutq madaniyati doirasida o`rganilishi bejiz emas. Tildagi me’yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatda hal qilishning imkoni yo`q. 1989 yilda O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilinishini katta voqea bo`ldi. Ammo uning hamma moddalarini birdaniga va tezlikda bajarishning imkoni bo`lmadi.
O`sha paytda qonuniy bo`lmasa-da, amaldagi ish yuritish tili rus tili ekanligi, bir qism o`zbek millatiga mansub kishilarning sharoit taqozosi bilan rus tilida savod chiqarganligi, farzandlarini ham bog‘chalar va maktablarda ana shu tilda ta’lim-tarbiya olishga jalb qilganligi ana shunday tabiiy to`siqlardan bo`lib turdi. Oqibatda ma’lum muddat muomala jarayonida, rasmiy ish qog‘ozlarini yuritishda, turli darajadagi anjumanlarni o`tkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud an’analar o`z kuchini saqlab turdi.
Til elementlarining ma’lum bir me’yorga keltirili-shi, bir tomondan, til mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma’lum - tilning amalda bo`lish holatlariga tazyiq o`tkazib bo`lmaydi. Lekin tegishli yo`l-yo`riqlar, ko`rsatmalar, tavsiyalar berib borilishi zarur. Imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so`zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash, har bir sohada ham tildan foydalanish me’yorlarini belgilash bugunning dolzarb vazifalaridan bo`lib qolmoqda.
Xalqimizning nutq madaniyatini yanada yuksaltirish masalasi ham muhimligicha turibdi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi talablarini to`la bajarish, yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirok-chisiga aylantirish, yoshlarimizni erkin, yangicha fikr-lashga o`rgatishga til madaniyatisiz erishib bo`lmaydi. Til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli bo`lgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanaladi.
Nutq madaniyati tilda ma’lum me’yorda keltirilgan til birliklarining nutqda qo`llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatlarini ham asoslaydi hamda bu me’yorga amal qilishni muayyan ma’noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar shu orqali tahlil qilinib, bu kamchiliklarni tugatishning eng ma’qul yo`llari ko`rsatib turiladi. Til elementlarining me’yorlashishidek uzluksiz jarayonda eskilik bilan yangilik o`rtasida kurash hamisha davom etadi.
Tilda yashab turgan so`z va iboralar ularning o`rniga kelayotgan yangilariga osonlikcha o`rnini bo`shatib bermaydi. Ma’lum muddat ular teng darajada, parallel yashab turishi va vaqtlar o`tishi bilangina o`rnini bo`shatib berishi mumkin.O`zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o`sib chiqqan bo`lsa ham, unda mavjud bo`lgan dialektlar va shevalardan, jargonlardan, oddiy so`zlashuv tilidan, umuman, xalq tilidan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o`zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni o`z ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo`ladi. Adabiy til esa undan o`zbek millati uchun tushunarli bo`lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab oladi hamda ularni millat vakillari uchun me’yor sifatida tavsiya etadi.
Har qanday til me’yorlarini ikki guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi.Me’yorga nisbatan qo`llaniladigan umumiylik va xusu-siylik til me’yorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashi-ladigan tushunchalardir. Shu ma’noda o`zbek umumxalq tilidagi barcha me’yorlar yig‘indisini umumiy me’yor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me’yorlarni xususiy me’yorlar sifatida qabul qilish mumkin.
Shunday qilib, bir tomondan, o`zbek tiliga tegishli bo`lgan barcha me’yorlar yig‘indisini umumiy me’yor deb tushunamiz. Ikkinchi tomondan esa, qo`llanish doirasi chegaralanmagan hamda tilning hamma iste’molchilari va tildagi barcha vazifaviy uslublar uchun baravar bo`lgan birliklar majmuini anglaymiz. «Umumiy norma tushuncha-si o`zbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy ko`rinishlari, nutq tiplari va uslublari uchun mushtarak bo`lgan vositalari tizimi ma’nosini ham anglatadi»52.
«O`zbek tili leksikologiyasi» kitobida bu kabi keng iste’moldagi so`zlarning barcha so`z turkumlarida uchrashi qayd qilib o`tilgan. Masalan otlarda – daryo, suv, osmon, yer, tosh, tog‘, bog‘, daraxt, uy, devor, ko`cha, vodiy, sahro, qum kabi; sifatlarda – oq, qizil, sariq, qora, katta, kichik, keng, tor, uzun, qisqa, chiroyli, aqlli, dono, barno kabi; sonlarda – bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to`qqiz, o`n, yigirma, o`ttiz, qirq, oltmish, yetmish, sakson, to`qson, yuz, ming, million kabi; olmoshlarda – u, bu, shu, ana, mana, siz, biz kabi; fe’llarda – bor, kel, ket, yur, tur, o`tir, uxla, yot, ayt, qo`y, o`t kabi; ravishlarda – tez, sekin, oz, kam, ko`p kabi; bog‘lovchilarda – va, ham, ammo, lekin, biroq, goh, yoki, yoinki kabi; yuklamalarda – -u, -ku, -da, -yu kabi; undovlarda – oh, voh, voy, dod, uh, ura kabi53.
Keltirilgan so`zlar adabiy tilda ham, tilning noadabiy shakli – umumxalq tili doirasida qaraladigan lahja va so`zlashuv nutqida ham qo`llanilaveradi. Bu esa ana shu til vositalarini bir tilning umumiy me’yorlari qurshovida qarashga asos bo`ladi.
Xususiy me’yor ma’lum til umumiy me’yorlarining yashash shaklidir. Shunday ekan, yuqorida sanab o`tilgan o`zbek adabiy tili, lahja va shevalari hamda ijtimoiy tarmoqlarining me’yori xususiy me’yor sanaladi. Xususiy me’yorlarni yanada aniqroq tasavvur qiladigan bo`lsak, har bir shaxsning tildan foydalanish me’yorini ham, o`zbek tilida mavjud bo`lgan beshta – rasmiy, ilmiy, publisistik, badiiy, so`zlashuv uslublari doirasida amal qiladigan me’yorlarni ham xususiy me’yorlar deb tushunishimizga to`g‘ri keladi.
Adabiy til esa umumxalq tilining yashash shakllaridan biri bo`lib, uning boshqa ko`rinishlaridan mukammalligi bilan bir qadar farq qiladi. Uning qamrov doirasi umumxalq tilining boshqa shakllariga nisbatan keng. U butun bir millatga oliy darajada xizmat qilishga mo`ljallangan. Shuning uchun chegara bilmasdan, xalq orasiga chuqur kirib boradi va keng tarqaladi.
Millat manfaati va madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladigan adabiy tilning o`ziga xos xususiyati, uning umumxalq tilidan farq qiluvchi jihati ko`p bo`lib, ular orasida me’yoriylik markaziy o`rinda turadi. O`zbek adabiy tilining o`zbek xalqi uchun umummajburiyligi, ko`pvazifaliligi va uslubiy tarmoqlanganligi kabi xusu-siyatlarning birontasi me’yoriyliksiz amalga oshmaydi.
Adabiy tilning me’yoriyligi umumxalq tilining boshqa xususiy me’yorlaridan tubdan farq qiladi. Uni tavsiflaydigan va farqlaydigan muhim belgilar sifati-da quyidagilarni ko`rsatish mumkin: kodifikasiyalangan-lik – ongli aralashuv yo`li bilan tanlanganlik va ongli boshqarish, ongli o`zlashganlik va anglanganlik, egal-langanlik va tushunilganlik, qat’iy qoidaga va tartibga solinganlik, yozuvda mustahkamlanganlik, xalqchillik va umumqo`llanuvchanlik, umummajburiylik va namunaviy-lik, turg‘unlik va barqarorlik, ayni paytda, ularning nisbiylik, an’anaviylik va izchillik, zamonaviylik va tipiklik, dinamiklik va tarixan o`suvchanlik, variantli-lik va uslubiy tarmoqlanganlik, reallik va obe’ktivlik kabilar.
O`zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Leksik-semantik me’yor.
2. Talaffuz (orfoepik) me’yori.
3. Yozuv (grafika) me’yori.
4. Fonetik me’yor.
5. Aksentologik (urg‘uni to`g‘ri qo`llash) me’yor.
6. Grammatik (morfologik va sintaktik) me’yor.
7. So`z yasalish me’yori.
8. Imloviy me’yor.
9. Uslubiy me’yor.
10. Punktuasion me’yor.
Adabiy me’yorning og‘zaki va yozma ko`rinishlari mavjud bo`lib, og‘zaki adabiy me’yorning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifago`y xalq shoir-baxshi-lari katta hissa qo`shsalar, yozma adabiy me’yorning shakllanishida belgilangan yozuv shakli asosida yozib qoldiradigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. Umuman olganda, adabiy til me’yorini o`rganish yangi hodisa emas. Til me’yori va adabiy me’yor muammo sifatida nutq madaniyati ilmiy soha deb tan olinganga qadar ham o`rganib kelingan. Adabiy til me’yori, uning shakllanish, rivojlanish, stabillashuv qonuniyatlari - nutq madaniyati sohasining tekshirish obyekti hisoblanadi.
Nutq madaniyati sohasining adabiy til me’yoriga yondashuvi quyidagi xususiyatlari bilan grammatik munosabatda farq qiladi:
a) nutq madaniyati adabiy til me’yoridagi o`zgarib, buzilib turuvchi nutqiy nuqsonlarni yuzaga keltiruvchi hususiyatlarni topishi va ularni tuzatishga intilishi lozim;
b) nutq madaniyati adabiy til me’yorini doimiy rivojlanib, o`zgarib turuvchi hodisa sifatida tekshirishi va adabiy til me’yori sistemasidagi yangi holatlarni, o`zgarayotgan, o`zgargan holatlarni, shuningdek, iste’moldan chiqqan holatlarni hisobga olishi kerak;
v) nutq madaniyati adabiy til me’yori sistemasidagi qarama-qarshi holatlarni belgilashi hamda tilning barcha qoidalari bo`yicha tekshirish lozim.
Nutq madaniyati adabiy me’yorni ma’lum maqsad bilan, aniqrog'i, madaniy nutqning chegarasi va vositalarini aniqlash maqsadida o`rganadi. Shu sababli, nutq madaniyati sohasi adabiy til va uning me’yoriy sistemasini baholaydi va nazorat qiladi. Nutq madaniyati sohasi adabiy tilga yondashadi, ya’ni adabiy til rivojiga ongli aralashadi.
Ma’lumki, tilning paydo bo`lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. U jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladigan, faqt jamiyatda odamlar orasida mavjud bo`ladigan ijtimoiy hodisadir. Jamiyat rivojlangan sari til ham shakllanib boradi. Demakki shu tilda so`lashuvchi millatning ma’naviyati yuksalib, nutqiy malakasi ortib boradi. Aks holda til tanazzulga yuz tutadi. Bu esa nutqiy malakaning so`nishiga, ma’naviyatning qashshoqlashishiga olib keladi.
Jamiyatda yashayotgan har bir shaxs alohida nutq egasi hisoblanadi. Lekin ularning hammasi uchun umumiy bo`l-gan nutqiy qurol shu jamiyatning yagona tili hisoblanadi.
Inson nutq faoliyatida adabiy til madaniyati qoidalarini mukammal bilgani holda, ayniqsa, badiiy adabiyot, ommaviy axborot vositalari va jurnallarni o`qishi, radio va televi-deniyeni kuzatib borishi orqali hamda tinimsiz mustaqil shug‘ullanishi natijasida nutqiy malakaga ega bo`ladi.
Adabiy til madaniyatini chuqur egallagan insongina nutq madaniyatiga ega bo`ladi. Adabiy til madaniyatini egallashda tilga bo`lgan e’tibor, unga chinakam muhabbat va hurmat muhim rol o`ynaydi. Adabiy til va uning me’yorlarini shunchaki qiziqish yoki u bilan nomigagina shug‘ullanishi orqali egallab bo`lmaydi.
Insonning nutq faoliyati uch ko`rinishda namoyon bo`ladi. Bular - so`zlash, mutolaa qilish va eshitish. So`zlash, deyilganda, so`zlovchining ma’lumot, maslahat berishi, buyurishi, o`ziga noma’lum bo`lgan narsalar haqida so`rashi tushuniladi. So`zlaganda so`zlovchining bilimi, madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi. So`zlashning monologik va dialogik ko`rinishlari mavjud.
Mutolaa qilish o`quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa tufay-li yozma nutqda aks etgan voqyea – hodisadan xabardor bo`ladi.
O`rta maktabda ta’lim olayotgan yoshlarni, ya’ni jamiyatning yangi ijtimoiy kuchlarini yetishtirishda telejurnalist mas’ul hisoblanadi. Jamiyat telejurnalistning qo`liga yosh avlodni, ya’ni o`z kelajagini ishonib topshiradi. Uning kamol topishida telejurnalistning nutqi o`ta muhimdir. Demak, telejurnalistlik kasbi insonparvarlik, vatanparvarlik, yuksak madaniyat bilan birga yuqori darajadagi nutqiy malakaga ham ega bo`lishini talab qiladi. Bu o`z-o`zidan adabiy til me’yorlari to`g‘risida o`qituvchi yetarli bilimga ega bo`lishi lozimligini bildiradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, istiqlol tufayli o`zbek tiliga, tarixiy, milliy, diniy qadriyatlarga munosabat tubdan o`zgardi. Mustaqillik tufayli OAV orqali yangi-yangi chet so`zlar iste’molga kirib kelmoqda. Bugungi hayotimizni, matbuot tilini va kundalik so`zlashuvni quyidagi terminlarsiz tasavvur qilish qiyin: birja, menejment, marketing, bakalavr, magistr, lisey, kollej, terror, ekstremizm, fundamen-talizm, firma, fermer, investr, konsern, xolding kabilar.
Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o`rni ham alohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o`z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan, favqulodda origi-nal ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo`lda ular yangi so`z va iboralar yaratadilar. Yaratilgan birliklar o`sha matnning o`zida qolib ketaverishi, ommalashmasligi, adabiy tildan o`rin olmasligi, bir so`z bilan aytganda, tilda me’yorlashmasligi mumkin. Ularning me’yorlashishi-ni sharoit, vaqt va ommaning qabul qilishi kabi omillar belgilaydi.
Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda me’yorlashuvida yozuvning xizmati katta ekanligi, shubhasiz. O`zbek davlatchiligining shakllanishi hamda xalqimizning dunyo fani va madaniyati-da, binobarin, til va nutq madaniyatida tutgan o`rni, egallagan mavqyei haqida so`z yuritganda, bu xalqning necha ming yillar davomida foydalanib kelgan oromiy, yunon, karoshta, sug‘d, xorazm, kushon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, urxun (runik), uyg‘ur, arab, lotin, rus (kirillisa) yozuvlarini va yana lotin yozuvi asosidagi o`zbek alifbosiga o`tayotganligimizni eslash kifoya. Shunday ekan, o`zbek adabiy tilining shakllanishi, o`zbek xalqi asrlar davomida foydalanib kelgan yozuv madaniyatining takomili hamdir.
Bunday keng yondashuv bilan ham ommaviy axborot vositalarida taqdim etilgan barcha turdagi matnlar jurnalistik uslub toifasiga kirmaydi. Yuqoridagi ta'riflar axborot xarakteridagi matnlarning muhim guruhini qamrab olmaydi, unda publitsistik matn sifati sifatida taqdim etilmaydi. Turli xil aloqa kanallarida mavjud bo‘lgan va tabloid nashrlari, ijtimoiy - maishiy muammolar to‘g‘risidagi radio va televizion dasturlar bilan bog‘liq bo‘lgan matnlar ham e'tibordan chetda qolmoqda.
Yashirin, axborot yashirin ta'sirining ustunligi) funktsiyalari (axborot matni paydo bo‘lishining saqlanishiga olib keladi. Ta'sir etuvchi funktsiyaning ustunligi (ma'lumotni uzatish vazifasini saqlab turganda) ta'sir qiluvchi analitik matnning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ba'zi tadqiqotchilar, dominant axborot mazmuniga ega bo‘lgan matnlarda mualliflik huquqi ifodalanmagan deb hisoblashadi. Analitik matnlarda ta'sir etuvchi funktsiyaning ustunligi muallifning o‘zi tomonidan belgilanadigan darajada muallif printsipining jiddiyligini belgilaydi. Shunday qilib, jurnalistik uslub ommaviy kommunikatsiyalarda mavjud bo‘lgan matnlarni o‘z ichiga oladi, ular ikki guruhga bo‘linadi – axborot va tahliliy. Jurnalistik kategoriya faqat ifoda va baholash xususiyatlariga ega bo‘lgan analitik matnlar guruhi bilan bog‘liq.
Ammo haqiqiy nutq amaliyotida mualliflik elementlari bo‘lgan axborot matnlari bu hodisani statistik xato deb hisoblash uchun juda keng tarqalgan; standart komponentlar va shtamplar yoki iqtisodiy/siyosiy terminologiya ustun bo‘lgan analitik matnlar davriy nashrlar sahifalarida ham katta hajmda taqdim etilgan. Shuning uchun matnda ma'lum bir funktsiyaning ustunligi u yoki bu substilning shakllanishiga olib keladi, deb ta'kidlash jurnalistikada deyarli qabul qilinishi mumkin emas.
Jurnalistikada muallifning boshlanishi haqiqatan ham matndan matnga sezilarli darajada farq qiladi, ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnda axborot yoki ta'sir etuvchi funktsiyani ko‘proq amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Faqat ommaviy axborot vositalarida mualliflik huquqi bilan yoki bo‘lmasdan matnlarning teng mavjudligi haqida gapirish joizdir.
Bitta nashr ichida va bitta janr ichida bir xil janr voqelikning turli sohalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq aniq uslubiy farqlarni ko‘rish mumkin. Hatto axborot eslatmasi ham mazmunli sohaga qarab o‘ziga xos uslub xususiyatlariga ega bo‘ladi. Shunday qilib, jurnalistik uslub boshqa uslublarga qaraganda ayniqsa murakkab va tarvaqaylab ketgan. U boshqa funksional uslublarga qaraganda ko‘proq ommaviy axborot vositalarida bir xil bo‘lmasdan ishlatiladi, chunki bularga kino va Internet ham kiradi.
Bir tomondan, ommaviy axborot vositalari nutqi qurilishning umumiy tamoyillari, umumiy funktsiyalari, tuzilishi va uslubi, umumiy uslub xususiyatlariga ega: ta'sirga bo‘lgan munosabatni amalga oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash va shu bilan birga ushbu xususiyatlarning axborot mazmuni bilan o‘zaro bog‘liqligi, bu turli xil o‘zgarishlarda ifodaning standart bilan kombinatsiyasini yaratadi. Boshqa tomondan, uslubning o‘ziga xos xususiyatlari nashr etuvchi organning xarakteridan, ommaviy axborot vositalarining ixtisoslashuvidan, mazmun mavzusidan, muallifning qo‘lyozmasidan, shuningdek, ilmiy kashfiyotlar, texnologiya yangiliklari, siyosiy hayot va boshqalar haqida xabar beradigan ommaviy axborot vositalari ommalashtirish funktsiyasidan foydalanish darajasidan kelib chiqadi.turli xil ilmiy va jurnalistik substillarni yaratishga hissa qo‘shadi.1
Ko‘pincha ular ommaviy axborot vositalari nutqida asosiy bo‘lgan informatsion va ta'sirchan funktsiyalar bilan bir qatorda tashkiliy, tarbiyaviy, ko‘ngilochar (hedonistik) funktsiyalarni ajratib ko‘rsatishadi. analitik va tanqidiy, ammo ommaviy axborot vositalarining eng muhim vazifalaridan biri informatsiondir, chunki ommaviy axborot vositalari eng qisqa vaqt ichida yangi yangiliklar haqida xabar berishga va ularni ommaviy teletomoshabinga qiziqarli va qulay shaklda etkazishga intiladi.
Bu ommaviy axborot vositalarining asosiy va asosiy vazifasi bo‘lib, u sovet hokimiyati yillarida boshqasi tomonidan siqib chiqarila boshlandi-ommaviy axborot vositalari partiya yoki davlat organi bo‘lganida ta'sir ko‘rsatdi. Bu ma'lum bir jamoatchilik fikrini yaratish, teletomoshabinni mualliflik huquqining to‘g‘riligiga ishontirish zarurati bilan bog‘liq edi.
Jurnalistik matn nutqning stilistik turi sifatida uning axborot va ta'sir etuvchi funktsiyalar – jurnalistikaning asosiy funktsiyalari bilan bog‘liq fazilatlari mavjudligini nazarda tutadi. Shu bilan birga, teletomoshabinlar (tinglovchilar, tomoshabinlar) xabar qilinganlarga nisbatan ma'lum bir munosabatni yaratadilar, chunki bunday matnlar ma'lum bir mafkuraviy tizimga muvofiq ma'lum mafkuraviy qadriyatlarga asoslanadi.
Shuning uchun, jurnalistik asosda mafkura aniq namoyon bo‘ladi, asos ona tilining kognitiv bazasining qiymat komponenti sifatida tushunchadir.
Media tili o’zining keng imkoniyatlaridan foydalanishi bilan tomoshabin e’tiborini qozonishga harakat qilishi tabiiy jarayon hisoblanadi, ammo bunda journalist tomonidan til normalaridan og’ishmasligi va adabiy til me’yorlariga qat;iy rioya etilmoqligi talab etiladi. Jurnalistik uslubning roli butun dunyoda sezilarli darajada oshdi, chunki u ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga: siyosat, mafkura, iqtisodiyot, madaniyatga xizmat qiladi. Ushbu uslub o‘ziga xos xususiyatlarga ega: davrni ifodalovchi eng tez-tez uchraydigan so‘zlardan foydalangan holda lug‘at; keyinchalik ommaviy ongga "joylashadigan" ba'zi mafkuralar; baholash (yashirin yoki ochiq), muallifning o‘ziga xos qiyofasi stereotipga emas, balki ijodkorlikka yo‘naltirilgan til o‘yinlari vositalarini yaratadi va ulardan foydalanadi: so‘zlar, vaqti-vaqti bilan, paronomaziya, ifloslanish, paradoks, kinoya va boshqa intertekstuallik vositalari.
Qabul qiluvchiga kuchli ta'sir ko‘rsatish istagi jurnalistlar va sharhlovchilarga xabar qilinganlarga bo‘lgan munosabatini ifodalashning turli usullariga murojaat qilishlariga imkon beradi. Shu maqsadda lug‘at va frazeologiyaning turli qatlamlari qo‘llaniladi: so‘zlashuv, so‘zlashuv, jargon so‘zlar va iboralar va dialektizmlar, kitob so‘zlari va iboralarini, shu jumladan eskirgan va baland bo‘yli so‘zlarni ishlatish bilan 16 ta qulaylik qayd etilgan. Bir paytlar deyarli unutilgan V. I. Dahlning mashhur lug‘atidan lug‘atga bo‘lgan ishtiyoq sezilarli (u asosan filologlar tomonidan ilmiy maqsadlarda ishlatilgan). O‘tgan asrning oxirida qarzga olingan so‘zlarning ko‘pligi, ayniqsa anglikizm va amerikanizmlar tilshunoslar orasida jiddiy qo‘rquvni keltirib chiqardi, chunki rus tili chet el so‘zlari va iboralari bilan jiddiy tiqilib qolishi va asl va odatiy so‘z ishlatilishining o‘rnini bosishi bilan tahdid qildi.
O‘zbek adabiy tili grammatikasining bir bo‘limi bo‘lgan fonetika(grekcha - tovush) tilimizdagi nutq tovushlarini o‘rganishga xizmat qiladi. Biz so‘zlashish jarayonida tovushlar orqali ish ko‘ramiz, ularni talaffuz qilamiz, eshitamiz. Ana shu talaffuz qilinadigan, eshitiladigan tovushlar nutq tovushlari deb yuritiladi. Masalan: a, b, o, g, f, l, m kabi. Ular o‘zlaricha yakka olingan holda biror ma’no tashish xususiyatiga ega bo‘lmaydi, o‘zaro birikib so‘zlarni tashkil qilganda, ma’noli xususiyatlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib nutq tovushlari so‘zning kichik bir bo‘lagi. Uning ajralmas bir qismidir. Barcha unlilar va undoshlar nutq tovushlaridir. Ammo tovushni fonemadan farqlash lozim bo‘ladi.
Fonema so‘z ma’nolarini ifodalash va farqlash uchun xizmat qiladigan nutq tovushlaridir. Nutq tovushlari nutq organlari ishtrokida hosil qilinadi. Ularning har biri hosil bo‘lish o‘rni va xususiyati bilan bir-biri bilan ajralib turadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda har bir nutq a’zosi o‘ziga belgilangan vazifani bajaradi. Aytaylik “P” nutq tovushini hosil qilishda lablarning harakati kuchli bo‘lsa, “X” nutq tovushini yuzaga keltirishda bo‘g‘zning harakati aniq sezilib turadi. Xullas, nutq tovushlarini hosil qilishda, ularning harakati, ishtroki bir xil emas. Ularning biri faol bo‘lsa boshqa biri bir muncha sustroq. Nutq tovushlarini hosil qilishda o‘pkadan chiqayotgan havo nafas yo‘li - kekirdak orqali bo‘g‘zga, undan og‘iz yoki burun bo‘shlig‘iga o‘tib tashqariga chiqadi. Shu yo‘l bilan turli nutq tovushlari paydo bo‘ladi.
Ba’zida so‘z ijrochilari, adabiy talaffuz deganda nutqdagi orfografik qoidalarga to‘la rioya qilishni, ya’ni kitobda qanday yozilgan bo‘lsa shundayligicha talaffuz etishni tushinadilar. Bu muloqot xatodir, chunki yozma nutqni jonli nutq zaminiga ko‘chirish jarayonida barcha nutq tovushlarni to‘liq shakllantirish emas, balki ayrimlarini zaiflashtirish, assimilyatsiya, dissimlyatsiya, metoteza, proteza kabi bir qator fonetik hodisalarni amalda ijodiy qo‘llashga ham qobil bo‘lishi kerak. Ammo bu degani so‘z talaffuzida lahja ishlatish emas.
Lahjaviy nutq bu orfoepik qoida normalarini buzibgina qolmay, nutq intonatsiyasiga, uning sahnaviy xatti-harakatiga putur yetkazadi. Shu bois so‘z san’ati nutq madaniyati bilan shug‘illangan ijodkor orfoepiya qoidalarini mukammal bilishi kerak. Sahnaviy nutqning eng qimmatbaho xislatlaridan biri uning ob’ektiv voqelikning obrazli ko‘rinishlarida estetik barkamol aks ettirishdir. Sahna hayotiyligi va sahna haqiqatining in’ikosidir. Shuning uchun sahna nutqi nutqdagi hayotiylik asoslarini chuqur o‘rganishi, amalda ularga qat’iy rioya qilishi shart. Bu orfoepiya o‘z ichiga oluvchi adabiy talaffuz normalarini belgilovchi qoidalardir. Biroq bu nutq bilan shug‘illanuvchilarning adabiy talaffuz normalarini egallashini o‘zi kifoya degan gap emas. Chunki sahnaviy ijodkorlikda, personaj tili, bor. Bu masala yechimini ijodkor o‘z kasbining bilmdoni bo‘lish bilan yecha oladi. Ana shunday bilmdonlik dialektikalogiyasi asoslarini bilishdir. Insonni kamolatga yetkazishda uning ma’naviy olamini shakllantirish va o‘stirishda san’atning barcha turlari va badiiy adabiyot bilan bir qatorda televideniye san’ati ham alohida mavqega ega. Dunyoda sahna atalmish tilsim paydo bo‘libdiki, u bilan bog‘liq muhim omillar silsilasi insonlarni o‘yga etuvchi har bir omil doimo o‘sish, rivojlanish, shakllanish hamda yangi joziba, yangi qiyofa namoyon etish jarayonida kashfiyot yaratish darajasida bo‘lishi lozim. Televideniye har bir milliy madaniyatning yuksalganligi va millatning balog‘atga yetib ulg‘ayganligini yaqqol ko‘rsatib beruvchi oynadir.
Televideniye san’ati voqelikni san’atning ko‘pgina turlari yordamida aks ettirib, uni har tomonlama harakat va rivojlanishida ta’sirchan qilib ko‘rsatar ekan bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli tomoshabinlarning ruhiy olamiga chuqur ko‘rib boradi. Darhaqiqat, televideniye san’ati minglab kishilarning his tuyg‘ulariga ta’sir qilish orqali, ularning ongiga, dunyoqarashi, estetik didini shakllantirishda ishtrok etadi. Televideniye san’atining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u dramaturg, aktyor, rejissyor, rassom, bastakor, raqqos va boshqa ko‘plab san’atkorlar hamkorligi tufayli yuzaga chiqadi.2
Ommaviy axborot vositalari xodimlari (jurnalistlar, muharrirlar) gazeta matnlarida kommunikativ vazifa bajaradi. Shu bilan birga, u to‘liq (yashirin, to‘liq, nazarda tutilgan) sarmoya hodisasining tilda mavjudligi, ya’ni til birliklarida haqoratli ma’no ifodalash hollarini hisobga olish zarur. Ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va muharrirlar huquqiy axborot yetishmasligidan, huquqiy normalarning holatini tushunarli tarzda ifodalaydigan yuqori sifatli uslubiy va tahliliy materiallar taqchilligini boshdan kechirmoqda. Tadqiqotchilar zamonaviy televizion yangiliklarni standartlashtirishni tobora ko‘proq qayd etishyapti: matnlar ma’lum andoza bo‘yicha quriladi, axborot materiali shu sxemaga muvofiq tuziladi
Asosiy axborot matnining ("qattiq" yangiliklar, voqealar yozuvlari) tasviri chirkin bo‘lib, maxsus obrazni ishlatmasdan yaratilgan vositalar-troplar va ritorik raqamlarsiz ochib berish qiyin bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan voqea faqat bitta ma’lumot beradi, jurnalist voqeani yoritishda nutq mavzusining yangi g‘oyasini o‘xshash hodisalarga nisbatan qiyoslab namoyish etadi.
Axborot materiallari mualliflari tomonidan qo‘llaniladigan majoziy vositalar, ko‘p hollarda, uzoq vaqt voqea haqidagi tasavvurini yo‘qotgan, o‘chirilgan voqealar asosida metaforik tarzda taqqoslanadi: ...Real voqeani boshdan kechirganlar uni tan oladi. Bu voqea haqidagi xabarni matn o‘z ichiga olmaydi, degani emas, balki obrazli yoki ichki shaklga ega bo‘lgan so‘zlar bilan voqeani ochib beriladi. Ichki shakl tasvirning haqqoniy asosini o‘zgartirmaydi. Voqelikning axborotli "modeli" leksemaning stilistik konnotatsiyasi (qo‘shimcha baholovchi, ifodalovchi, emotsional orttirilishi) tufayli faqat yanada yaqqolroq tuzatiladi.
Yangiliklar dasturida emotsional tuslarning namoyon bo‘lishi va muallifning o‘zo‘zini ifoda etishiga e’tibor qaratilgan, shunga qaramay, ayrim jarayonlar, obyektlar va dalillar baholovchi xususiyatlar bilan birga keladi va shu asosida qaror qabul qilinadi. Kuzatishlarimizga ko‘ra, kirish so‘z va so‘z qismlari orasidagi munosabatni ko‘rsatuvchi so‘z birikmalari, ayniqsa, tez-tez uchrab turadi.
Odatda, muxbirlar nutqi shaxsiy elementlardan ko‘proq to‘yinadi, chunki hisobotlarning maqsadi tinglovchilarga ko‘rganlarini o‘z ko‘zi bilan yetkazishdir. Biroq shuni ta’kidlash kerakki, ayrim hollarda jurnalistlar biror mavzu asosida ko‘rsatuv tayyorlashda u yerda ish yuritayotgan xodimlarning tilida bemalol muloqot qiladilar. Jamiyat rivojlanishi natijasida chet eldan kirib kelgan insonlar bilan bemalol uning tilida gaplashmoqdalar.3
Aholini turli voqea-hodisalardan voqif qilish, aholi madaniyatini oshirish, ma’naviyatini boyitish, dunyoqarashini to‘g‘ri shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining axborot tarqatish, madaniy-ma’naviy, birlashtiruvchi, tashkilotchilik, ma’rifiy, mafkuraviy vazifalarining ahamiyat ko‘lami kengayib bormoqda. Mana shunday bir yuksalish va taraqqiyot bosqichida xalqimizga ona tilini mukammal bilish va muloqot jarayonida umuminsoniy hamda umummilliy nutq madaniyati tamoyillari va qadriyatlariga asoslanish chuqur mazmun va ahamiyat kasb etmoqda.
Jurnalistikani nafaqat mafkura yaratadigan, uni shakallantiradigan dargoh, qurol sifatida, balki turli ijtimoiy-siyosiy qarashlarni jamiyatga yetkazadigan vosita sifatida qarashadi. Keyingi yillarda jurnalistik nutqning individual xususiyatlarini o‘rganish hamda tadqiq qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Jurnalistika sohasida so‘z tanlashdagi va qo‘llashdagi mahoratining tadqiq etilishi tilshunosligimiz rivojida o‘ziga xos ahamiyatga ega. Chunki aynan mana shu jihat orqali jurnalistning individual uslubi yaqqol ko‘rinadi. Shuning uchun tilshunosligimizda jurnalist nutqining o‘ziga xosligi, uning til vositalaridan foydalanishi kabi jihatlar bosh mavzu darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Telejurnalist nutqini uslubiy jihatdan tahlil qilish, jurnalistning tilning badiiy tasvir vositalaridan, shuningdek, umuman tildan foydalanishdagi mahoratini va bu orqali uning o‘zbek tili rivojidagi o‘rnini belgilashdan iboratdir.4
“Zoʻr TV” telekanalidagi “Bu kun” informatsion dasturining sarlavhasiga Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Amrullo Karimov oʻz fikrini bildirar ekan, mulohazalarini quyidagicha bayon etadi: “2020-yil iyul oyida “Zoʻr” telekanalida yangi axborot dasturi ish boshladi. Koʻrsatuv jonli, tezkor, boshlovchilar shiddatli. Ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarida ham dasturda uzatilgan lavhalar qisqa fursatda ommalashmoqda. Ammo dastur nomi juda gʻaliz: “Bu kun”. Odatda soʻzlashuv uslubida “bu kun” jumlasi kamdan-kam ishlatiladi. Gap orasida qoʻllanilishi mumkin, xolos. Koʻrsatuv nomi ingliz tilida ham berib borilyapti: “This day”. Nazarimizda, koʻrsatuvni “Bugun” deb nomlashning oʻzi kifoya edi. Oʻtgan va oʻtayotgan kun nafasini “bugun” soʻzi ham ifodalay oladi.” Yuqoridagi fikrlarni inobatga oladigan boʻlsak, informatsion dasturlarga sarlavha yoxud rukn tanlashda originallik bilan bir qatorda mazmun-mohiyatiga ham ahamiyat qaratish talab etiladi.
Jurnalistlar tomonidan tanlanayotgan ruknlarning dolzarbliligi bilan bir qatorda ularning til xususiyatlari, zamonaviy shaxs tafakkuri va dunyoqarashiga taʼsirini ham inkor etib bo‘lmaydi. Bu borada filologiya fanlari nomzodi G.Nishonovaning quyidagi fikrlari oʻrinli boʻladi: “Audiovizual axborot vositalari bizni kun davomida taʼqib etib, hayot tarzimizni ham belgilamoqda, dunyo voqealaridan xabardor qilmoqda, tarbiyalamoqda, taʼlim bermoqda, koʻnglimizni xushnud qilmoqda. Bu esa zamonaviy shaxs tafakkuri, dunyoqarashining oʻzgarishiga, madaniy qarashlariga, qadriyatlarga oʻzgacha munosabatning shakllanishiga sabab boʻlmoqda”. “Sevimli” telekanalida boʻlsa, imkon qadar informatsion dasturlarga rukn tanlashda oʻzbek tilidan foydalanganligiga guvoh boʻlamiz: “Zamon”, “Sevimli studiya”. Afsuski ushbu telekanalda ham boshqa nodavlat telekanallardagi kabi axborot tarqatish shakliga oid boshqa koʻrsatuvlar deyarli uchramaydi. Nodavlat telekanllarining asosiy kamchiligi bu informatsion dasturlarning kamligidadir. Ushbu telekanallarning aksariyat dasturlari koʻngilochar koʻrsatuvlardan iborat boʻlib, bu televideniyening axborot berish funksiyasiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi va vaqtlar oʻtib yoʻqolib borishiga olib keladi.5
Ommaviy axborot va targ‘ibot vositalari ijtimoiy ongni shakllantirish va aks ettirishning muhim quroli hisoblanadi. Mamlakatda bir iqtisodiyijtimoiy munosabatlardan boshqasiga o‘tish, jamiyatimiz barcha sohalarida chuqur islohotlarni amalga oshirish, kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati tomon borish inson huquqlari to‘liq kafolatlangan demokratik tuzumni barpo etish borasidagi davlat siyosatini keng targ‘ib qilishda ularning xizmati beqiyosdir. Ular hokimiyat idoralarining keng xalq ommasi bilan bog‘lovchi vazifasini o‘taydi, adabiy tilning rivojiga ulkan hissa qo‘shadi, mazmuni, bayoni bilan publitsistik uslubni uning rangbarang leksik, frazeologik, grammatik va uslubiy qirralarini yaqqol namoyon etuvchi soha hisoblanadi.
Adabiy tahrir – maqsadi va tabiatiga ko‘ra boshqa amaliy filologik bilimlar sohasi qatoridan o‘rin olgan yosh amaliy fanlardan biri hisoblanadi. U ham mazkur sohaga oid boshqa fanlar kabi an’anaviy tarzda, ya’ni matn bilan xususiy usullar orqali muayyan vaziyat va amaliy masalalarni hal etish bilan bog‘liq tarzda ishlash, mazkur ishlash usullarini tizimlashtirish va ilmiy anglash asosida shakllanib kelgan. Jurnalist yozish san’atini, mazkur san’at namunalarini, nazariyasini sinchiklab o‘rganib, o‘z fikr va niyatlarini chiqishlari matnlariga tatbiq etib, butun hayoti davomida o‘rganib boradi. Shu bilan birga, har bir jurnalistning faoliyatida boshqa mualiflar tomonidan bitilgan turli materiallar bilan ishlash, ya’ni muharrirlik ishi ham asosiy o‘rin egallaydi. Nashr sohasidagi «tahrir» tushunchasining turlicha talqini mavjud. Tahrir ishi deganda, avvalo, ijtimoiy-adabiy va mafkuraviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat nashriyot, matbuot, radioeshittirish va teleko‘rsatuv organlari bilan bog‘liqdir. Tahrir arabcha - xarrara: qutqarmoq, ozod qilmoq ma’no ifodasini beradi. Nashr sohasidagi «tahrir» tushunchasining turlicha talqini mavjud. Tahrir ishi deganda, avvalo, ijtimoiy-adabiy va mafkuraviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat nashriyot, matbuot, radioeshittirish va teleko‘rsatuv organlari bilan bog‘liqdir. Adabiy tahrirni qisqacha g‘oyalar, tushunchalar, muallif fikrlarini asoslovchi ishonarli dalillarni yanada aniqroq so‘zlar, ifodalar orqali yetkazish uchun olib boriladigan izlanishlar jarayoni, deb atash mumkin.


Download 86.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling