Reja: Kirish I bob. O‘rta Osiyo shaharlarining paydo bo‘lishi
Download 164.5 Kb.
|
O\'rta osiyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining ob’ekti: Mavzuga oid ma’lumotlar va ularning amaliy tahlili.
Kurs ishining maqsadi: O’rta Osiyo shaharlarida dastlabki shahristonning shahar atrofi hududlariga ko’chishi ahamiyatini o’rganish, o’qitish jarayonining samarali bo’lishi uchun ishlab chiqarilgan metodik xulosalardan o’rinli foydalanish. Kurs ishining predmeti: O’rta Osiyo shaharlarida dastlabki ilmiy jamiyatlarning tashkil etilishining ilmiy o'rganilishidagi ahamiyatining maqsadi, metodi, vositasi, mazmuni va shakli. Kurs ishining vazifalari: 1.Shahar tushunchasi. 2.O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari to‘g‘risida Yunon-Rim-Xitoy manbalari 3.O‘rta Osiyoning o‘rta asr shaharlari to‘g‘risida – arab mulliflarining asarlari manba sifatida Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 3 ta paragraph, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. I bob. O‘rta Osiyo shaharlarining paydo bo‘lishi Shahar tushunchasi. O‘rta Osiyo xududida sunggi bronza va ilk temir davrida bo‘lib utgan etnik jarayonlar nafakat O‘rta Osiyo, balki keyingi davrlarda Hindistondan Janubi-Sharqiy yevropagacha bo‘lgan ko‘shni davlatlarning rivojlanishida katta axamiyatga ega edi. Bu davr O‘rta Osiyo etnik tarixini o‘rganishning mushkulligi yozma manbalarning yukligi va arxeologik manbalarning to‘lik va aniq ma'lumotlar bera olmasligidan iboratdir. Shunga qaramasdan keyingi davr ma'lumotlari, tarixiy-lingvistik ma'lumotlar va har kuni kupayib borayotgan arxeologik manbalar bu soxada bir necha muxim va ancha anik xulosalarni chiqarishga imkoniyat beradi. O‘rta Osiyo haqidagi dastlabki yozma manbalar bu xududda miloddan avvalgi 7-6 asrlarda eron tilida so’zlashadigan etnik guruxga mansub bir necha xalk va elatlarning-sug‘dlar, baktriyaliklar, margiyonaliklar, xorazmiylar, parfiyaliklar, saklar va xokazolar yashaganligi tugrisida ma'lumot beradilar. Bu xalklar va ayniqsa xorazmiylar, sugdliklar va baktriyaliklar asosida O‘rta asrlarda (11-12 asrlar) o’zbek xalki shakllanadi. Biz urganayotgan davrga kelib xar bir elat biron xududni o’zlashtirib shu yer xam ularga mos nom bilan atalgan: baktriyaliklar- Baktriya, sugdliklar- Sugdiyona, xorazmiylar- Xorazm, margiyonaliklar- Margiyona, parfiyaliklar- Parfiya. Ko’chmanchi xalklar va xususan saklarning rivojlanishi arxeologik ma'lumotlarga karaganda miloddan avvalgi 6 asrga borib takaladi. O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi 7-6 asrlardan oldin xam eroncha tilda so’zlashadigan xalklarning yashaganligini miloddan avvalgi 1 mingyillikning dastlabki asrlarida Xorazmda yaratilgan muqaddas «Avesto» kitobi xam tasdiklaydi. Bu asarda shuningdek O‘rta Osiyo viloyatlari va ularga tutash xududlar xam eslatib utiladi: Sugd, Margiyona, Xorazm, Baktriya va xokazolar. Shuningdek «Avesto»da yarimafsonaviy «Aryonam Vayjo» ya'ni «Oriylar yurti» tugrisidagi xotiralar xam mavjud. Bu xudud oriylarning dastlabki yashagan joyi xisoblangan. Ko’pgina olimlar bu yurtni Xorazm bilan boglaydilar. Ammo, fikrimizcha bu nafakat Xorazm balki kengrok butun O‘rta Osiyo va unga shimolda tutash viloyatlar xam kirgan. O‘rta Osiyo viloyatlarning eng kadimgi nomlari Yasnaning 3 kitobi va Videvdatning 1 kitobida sanab utiladi. Yasnadagi davlatlar ruyxatida bu eroncha tilda so’zlashuvchi elatlarning vatani «Aryonam Vayjo» yoki «Oriylar yurti». Bu yurtda ko’plab yaylovlar, o’zun toglar, kullar va daryolar mavjud. Bu yurtdan keyin Porutu, Iskata, Mouru, Gova, Sugda, Xvarizam yurtlari sanab utiladi. Yasna kitobida oriylar yurti tugrisida kuyidagicha yozib utiladi: «Bu yurtning kushinlari kupgina yurishlar uyushtiradilar, keng yaylovlarda kupgina mollarni bokadilar». «Videvdat» kitobida zardushtiylarning ulug va dono xudosi Axuramazda paygambar Zaratushtraga kuyidagilarni xabar kiladi: «Spitama Zaratushtra. Odamlar yashaydigan joylarda baxt kam bulsa xam Men ularga tinchlik va xotirjamlik yaratganman. Birinchi bo‘lib Men Odamlar uchun Vanxvi Dat'yo daryosi buyida eng yaxshi yurt bulgan Aryonam Vayjoga asos soldim. Ikkinchidan, Men Axuramazda, eng yaxshi yurtlardan biri Gava Sugduga asos soldim. Uchinchidan, Men Axuramazda eng yaxshi yurtlardan biri kudratli Mouruga asos soldim. Turtinchidan, Men Axuramazda eng yaxshi yurtlardan biri baland bayrokli va go’zal Baxdiga asos soldim». Videvdatning birinchi bobida sanab utilgan yurtlar Yasnada keltirilgan yurtlar ruyxatidan fark kiladi: Aryonam Vayjo, Gava, Mouru, Baxdi, Nisayyo, Ar'yo, Urva, Xnanta, Raga, Chaxro, Varna va ismsiz Xindistonning 7ta viloyati. «Avesto» matnlarida O‘rta Osiyo chegaralari Afgoniston, shimoli-sharkiy Eron va O‘rta Shark chegaralari bilan boglanadi. Aryonam Vayjo bu olimlarning fikricha Eronning keng xududida joylashgan viloyat bulgan. Bu yerda baland Pomir, Xindikush, Gisar, Tyanshan toglari, chukur Kaspiy, Orol, Balxash, Issikkul kullari, keng Amudaryo va Sirdaryo daryolari joylashgan. Videvdatning aloxida maxsus bobida Aryonam Vayjoning Vanxvi Dat'yo daryosi buyida joylashganligi yozib utiladi. Aryonam Vayjoning chegaralari tugrisida «Avesto»da anik ma'lumotlar yuk. Bu yerda u baland toglik xudud deb eslatiladi. Vanxvi Dat'yo daryosi kaysi daryo ekanligi ma'lum emas. Ba'zi olimlarning fikricha bu Amudaryodir. Shuningdek «Avesto»da yana bir keng daryo Ranxa xam eslatiladi. Ba'zi olimlarning fikricha bu Sirdaryodir. Kadimgi Yunon olimlarining ma'lumotlariga kura esa skiflar tilida Ra bu Volgadir. «Avesto»da ismi keltirilgan boshka daryolar: Zarnushat, Vitanxuxat, Frazdanlarning xozirda kaysi daryo ekanliklari bizga noma'lum. Zarnumat oltin daryo degan ma'noni bildiradi. Bu tushuncha Zarafshon (oltin keltiruvchi) nomida saklanib kolgan. «Avesto»da keltirilgan mamlakatlarning nomlanishi axamoniylar shoxlarining mixxatsimon yozuvlari va Yunon tarixchilarining asarlarida xam takrorlanadi. Shunday kilib, bu manbalar O‘rta Osiyo va unga tutash xududlar oriy kabilalarining markazi tomonidan o’zlashtirilganligi va ularning kadimda joylashgan viloyatlaridan biri ekanligini tasdiklaydi. Asrlar davomida O‘rta Osiyoda kolib ketgan eron tilli elatlar xozirgi O‘rta Osiyo xalklarining ajdodlari xisoblanadilar. Keyinchalik asosan baktriyaliklar, sugdliklar, xorazmliklar va kisman boshka etnik guruxlar (turkiy kavmlar) asosida o’zbek xalki shakllanadi. Miloddan avvalgi 3-2 asrlar va milodning dastlabki asrlarida turkiy tilli ko’plab kavmlarning O‘rta Osiyoga kuchib kelishi sodir buladi. Bu axoli O‘rta Osiyo etnik tarixida muxim rol uynay boshlaydi. Bu davrda etnik birlashmalarning chegaralari anik emas edi, etnik kuchishlar xarvakt sodir bular edi. Bu jarayon nafakat kardosh elatlar, balki bir-biridan turmush tarzi, madaniyati va xokazolar bilan keskin fark kiluvchi elatlar O‘rtasida xam sodir bulgan. Masalan: kuchmanchi va utrok axoli O‘rtasida. Kuchmanchilarning utroklashuvi, ularning utrok xayot tarziga utishi, ularning shaxarlardagi axoliga kushiluvi bu jarayonlar O‘rta Osiyo xududida ming yillar davomida davom etgandir. Shuningdek rus elatlari xam xududlari yakinligi tufayli O‘rta Osiyo elatlari bilan turli madaniy, iktisodiy va etnik alokalar urnatganlar. Bu kisman yoki umumiy ikki tillik va o’z ona tilini unutish, madaniy jixatdan bir-birining yutuklaridan foydalanish, yangi xujalik-madaniy tiplarning paydo bulishiga olib kelgan. O’zbekiston tarixida o’zbek xalkining kelib chikishini kaysi davrdan urganish tugrisida anik bir fikr mavjud emas. Ba'zi olimlar o’zbek xalkining etnogenezini bu xalkga yozma manbalarda o’zbek deb nom berilgan davrdan boshlab urganish kerak deb xisoblaydilar. Ikkinchi gurux olimlar esa o’zbek xalkining kelib chikishini yanada kadimrok davrlardan boshlash kerak deb xisoblaydilar. Birinchi gurux tarafdorlari o’zbek xalqining kelib chiqishini sak-massagetlar, sugdliklar, xorazmiylar va xokazolar nomi keltirilgan Bexistun mixxatsimon yozuvlaridan boshlab o’rganish kerak deb xisoblaydilar. Bizning fikrimizcha, o’zbek xalkining tarixini yanada qadimiyrok davrlardan o’rganish kerak deb xisoblaydigan ikkinchi gurux olimlar hakdirlar. Ayniqsa, oxirgi 20-25 yil davomida O’zbekiston va o’zbek xalkining tarixini urganishda katta siljishlar sodir bulgan. Fargona vodiysidagi Selungur (1985 y., U. Islomov) va Teshiktoshda (1938 y., Okladnikov) olib borilgan arxeologik tadkikotlar O‘rta Osiyo xam Afrika va Yakin Shark katorida zamonaviy qiyofali odamning paydo bulish maskanlaridan biri ekanligini tasdikladilar. Antropologik ma'lumotlar O‘rta Osiyo va xususan O’zbekiston mongoloid irki shakllangan maskanlardan biri ekanligi tugrisidagi gipotezani tasdikladilar.Shuning uchun o’zbek xalkining kelib chiqishini o’rganish qadimiyrok davrlardan boshlash kerak. O‘rta Osiyo axolisining asosiy kismi O‘rta Osiyo ikki daryo oraligi, yoki boshkacha kilib aytganda pomir-fargona (o’zbeklar, tojiklar) irkiga mansubdirlar. Bu katta yevropeoid irkining kichik irk tiplaridan biridir. Bu irkning paydo bulishi tugrisida bir necha gipoteza mavjud. Ularning biriga kura bu irk yanada qadimiyrok O‘rta Osiyoda tarkalgan yevropeoid irkining asosida paydo bulgan. Yana bir gipotezaga kura yevropeoid irkining milodiy 1 mingyillikda transformatsiyasi natijasida bu irk vujudga kelgan. Milodiy 1 mingyillikning O‘rtalarida mongoloid irkli turk kabilalarining kuchishi sodir buladi. Ammo dastlabki davrlarda bu jarayon unchalik katta axamiyatga ega bulmaydi. Keyingi asrlarda O‘rta Osiyo ikki daryo oraligi irkining rivojlanishi davom etadi va xozirda bu irk katta o’zgarishlarni o’z boshidan kechirgan. O‘rta Osiyo tarix fanida o’zbek xalkining kelib chikishiga zamin yaratgan O‘rta Osiyo ikki daryo oraligi irkining kaerda va kachon vujudga kelganligi tugrisida anik bir fikr yuk. Birinchi gurux olimlarning fikriga kura O‘rta Osiyo ikki daryo oraligi irki aynan shu xududda 6-8 ming yil oldin paydo bulgan. Ikkinchi gurux olimlar esa bundan 3 ming yil oldin, uchinchi gurux olimlarning fikriga kura esa bu irk 16 asrda shayboniylar davlatining shakllanishi davrida paydo bulgandir. Antropologik tadkikotlar natijasida, antropologik materiallar asosida shu narsa aniklanganki O‘rta Osiyo ikki daryo oraligi irki bundan 2200-2300 yil oldin paydo bulgan. Qator ilmiy ishlarda o’zbek xalki shakllanishining 8 ta asosiy davri qayd etiladi. Bu davrlar axamoniylar boskinidan boshlanib O‘rta Osiyoda shayboniylar xukmronligining urnatilishi bilan tugallanadi. Xakikatan xam bu boskinlar O‘rta Osiyoda izsiz yuqolib ketmay, o’z ta'sirini o’tkazgan. Bu ta'sir ayniqsa madaniyat, til va turmush tarzida yakkol sezilib turadi. Ammo shuni xam ta'kidlab utish kerakki bu boskinlar va kelgindi xukmdorlarning xokimiyati maxalliy axolining etnik va irkiy tarixiga kam ta'sir etgan. Antropologik jixatdan karalganda ular maxalliy axolining «koni» va genetikasini o’zgartira olmaganlar. Chunki kup xollarda maxalliy axolining soni boskinchi kelgindilarga o’araganda kuprok bulgan va aynan kelgindilar maxalliy axoli bilan aralashib yukolib ketganlar. Ular o’z tillari, dini va asta-sekin tashki kurinishlarini yukotib borganlar. Boshka xollarda kelgindilar yangi xalk, yangi etnik gurux tashkil etganlar. Lekin bu etnik gurux avvalgidan ancha fark kilgan. Antropologik tadkikotlarga kura O’zbekiston xududida maxalliy axoli kelgindilarga karaganda fakat kuprok bulgan. Download 164.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling