Reja: Kirish I bob. O‘rta Osiyo shaharlarining paydo bo‘lishi
Download 164.5 Kb.
|
O\'rta osiyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shahar - davlatlarning paydo bo‘lishi
Ahsan at-taqоsim”
”Ahsan at-taqоsim” yoki “Ahsan at-taqоsim fi ma`rifat al-aqоlim” (“Iqlimlarni o`rganishuchun eng yaхshi qo`llanma”) nоmli asar muallifi Х asrning yirik gеоgraf оlimi al-Muqaddasiydir. Uning to`liq ismi Abu Abdullоh Muhammad ibn Ahmad ibn Abubakr al-Muqaddasiydir. Оlim 947 yili Quddisi sharifda tug`ilgan, butun dunyo musulmоn mamlakatlari bo`ylab sayohat qilgan va 1000 yili vafоt etgan. Al-Muqaddasiy sayohat vaqtida to`plagan hamda bоshqa manbalardan оlingan aniq ma`lumоtlar asоsida 985 yili o`zining qimmatli asarini yozib qоldirgan. Kitоbning ikkita tahriri mavjud. Birinchi tahriri 986 yilda amalga оshirilgan bo`lib Sоmоniylarga, 989 yilgi ikkinchisi esa Fоtimiylarga bag`ishlangan. Asar muqaddima va ikki qismdan ibоrat. Muqaddimada muallif asarning yozilish tartibini bayon etgan va o`zidan avval o`tgan gеоgraf оlimlarning asarlariga to`хtalib o`tgan. Birinchi qismda arab mamlakatlari, Arabistоn yarim оrоlida jоylashgan mamlakatlar Irоq, Mеsоpоtamiya, Suriya, Misr, Mag`rib hamda Kichik Оsiyoning gеоgrafik hоlati, mashhur shaharlari, оsоri atiqalari, ahоlisi va uning mashg`ulоti, e`tiqоdi hamda urf-оdatlari, ahоlidan to`planadigan sоliq va jarimalar va ularning umumiy hajmi, shuningdеk, har bir mamlakat va vilоyatning ma`muriy tuzulishi hamda mashhur kishilari haqida ma`lumоt bеrilgan. Ikkinchi qismda Ajam mamlakatlari Хurоsоn, Sеistоn va Mоvarоunnahr tavsiflangan. ”Ahsan at-taqоsim” ijtimоiy-iqtisоdiy, tariхiy hamda madaniy hayotga оid qimmatli aniq ma`lumоtlari bilan blshqa gеоgrafik asarlardan ajralib turadi va arab mamlakatlari, shuningdеk, O`zbеkistоnning ijtimоiy-iqtisоdiy hamda siyosiy tariхini o`rganishda muim manba bo`ladi. Asarning arabcha matni dе Guе tоmnidan 1877 yili chоp etilgan edi. U yana 1906 va 1967 yillari nashr etildi. Shahar - davlatlarning paydo bo‘lishi Temirning kashf etilishi, ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning, ayniqsa, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning keyingi rivoji, bir tomondan, yangi vohalarning o‘zlashtirilishiga, ikkinchi tomondan, ko‘proq qo‘shimcha mahsulot yaratish imkonini yaratdi. Bunday sharoitda kuchliroq bo‘lgan ayrim shahar-davlatlar o‘z atroflaridagi bir muncha zaif bo‘lgan qo‘shni shahar-davlatlarni o‘zlariga iqtisodiy, siyosiy jihatdan qaram qilib oladi. Zaifroq shahar-davlatlar o‘zidan kuchli shahar-davlatga o‘lpon to‘lab turishga, zarur bo‘lib qolsa harbiy kuch bilan yordam berishga majbur edilar. Shunday qilib, bir nechta shahar - davlatlar konfederatsiyalari - podshohliklar paydo bo‘ladi. Bunday podshohliklar siyosiy jihatdan unchalik mustahkam bo‘lmasada, (sababi, konfederatsiya tarkibidagi shahar-davlatlar ma’lum muxtor huquqlarini saqlab qoladilar), lekin ular ulkan hududlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan tez rivojlanish imkoniga ega bo‘ladilar. O‘rta Osiyo hududidagi dastlabki podshohliklar Katta Xorazm va Qadimgi Baqtriya podshohliklari shu tariqa eramizdan avvalgi VIII VIIasrlarda paydo bo‘lgan. Ular O‘rta Osiyoning kattagina qismini o‘z ichiga olgan. Ushbu davlatlar mustaqil rivojlanish jarayoni ahomoniylar bosqini natijasida eramizdan avvlgi VI asrda barham topadi. Davlatchilik shaklanish jarayonini turli hududlarda turli davrlarda kechishi, o‘sha joylardagi tabiat, iqlim, yer unumdorligi va shu kabi xususiyatlar bilan izohlanadi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida davlatchilikning shakllanishi shimoliy hududlarga qaraganda ertaroq va tezroq boradi. O‘rta Osiyoning janaubiy qismi (Marg‘iyona, Baqtriya, Parfiya)da davlatchilikning erta shakllanishi qulay tabiiy sharoit, dehqonchilikda qo‘lga kiritilgan tarixiy tajriba hamda bu hududlarning davlatchilik tizimlari bir muncha erta shakllangan. Qadimgi Xorazmda esa bu jarayon bir muncha boshqacha tarzda kechadi. Xorazm yuqoridagi sivilizatsiyalardan uzoqda, Bo‘z-qir madaniyati va ko‘chmanchilar dunyosi bilan bo‘lgan chegarada joylashgan. Chegarada joylashganligi sababli ham bu yerda ayriboshlash munosabatlari tez sur’atlar bilan rivojlanib borgan. Aynan ayriboshlash munosabatlarining rivoji Xorazmda davlatchilik tizimini shakllantirgan asosiy omillardan hisoblanadi. Ushbu hududda ilk davlatlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda paydo bo‘ladi. Shimoliy-sharqiy o‘lkalar (Farg‘ona, Choch, Ustrushona)da davlatchilikning shakllanish jarayoni bir muncha kechroq boshlanadi. Bu avvalambor iqtisodiy taraqqiyotning pastligi (bu yerlarda dehqonchilik er.avv. I ming - yillik boshlaridagina paydo bo‘ladi) bilan izohlanadi. Sivilizatsiya markazlaridan uzoqdaligi, bu hududlarda ko‘chmanchilarning doimiy ravishda o‘troqlashib borishi ham ularda davlatchilikning shakllanish jarayonini kechiktirgan omillardan hisoblanadi. Ushbu hududlarda ilk davlatlar er.avv. IV-III asrlarda paydo bo‘ladi. Ular jumlasiga “Qang‘” va “Dovon” davlatlarini keltirish mumkin. Antik davr, ilk va o‘rta asrlarga ta’luqli shaharlar sivilizatsiyasi arxeologlar tomonidan keng o‘rganilgan va o‘rganilmoqda. Arxeologik ma’lumotlarga tayanib qadimgi shaharlar tarixi batafsilroq yoritilib borilmoqda. Mustaqillik -yillarida shaharlarning yubiliylarining kehg miqyosda o‘tkazilishi shaharlar tarixini yanada kenroq yoritilishiga imkon yaratdi. Jumladan: Janubiy Turkmaniston shaharlaridan - Marg‘iyona, Tohirboy, Cho‘pontepa, Anov madaniyati; Surxondaryo vohasi shaharlaridan -Budrochtepa, Xolchayon Zartepa, Kampirtepa, Katta tepa, Mirzaqultepa; Qarshqadaryo vohasi shaharlari - Shahrisabz, Yerqurg‘on, Kesh, Nasaf; Samarqand O‘rta Zarfshon shaharlari - Afrosiyob; Buxoro vohasi shaharlari - Poykand, Katta tuz kon makoni, Zamonbobo madaniyati, Varaxsha; Xorazm vohasi shaharlari - Qadimgi Xorazm, Xazorasp, Mizdahon, Qiyot, Devkesgan qal’a, Xiva; Toshkent vohasi shaharlari -Toshkent, Nukat, Chochtepa, Qanqa; Farg‘ona shaharlari - Sho‘rabashot, Qovunchi madaniyati, Chust madaniyati, Andijon-Sartepa, Mingtepa; Sirdaryo vohasi shaharlari - Munchoqtepa yodgorligi, Kultepa, Axsikat, Banokat; Samarqand qo‘yi Zarafshon Tojikiston shaharlari – Ustrushona, Sug‘d. O‘rta Osiyo shaharlari arablar bosqinidan so‘ng rivojlanish darajasi pasaygan bo‘lsada IX asrda o‘z ahamiyatini qayta tikladi. Somoniylar davrida shaharlar Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlari bilan savdo diplomatik, madaniy aloqalarni olib bordilar. Buyuk ipak yo‘li ahamiyati ko‘tarildi. IX-XII asrlarda shahar madaniyati yuksaldi. XIVasrda Temur va Temuriylar davrida shaharsozlik yuqori chuqqiga chiqdi. Shaharlar obodonlashtirildi bog‘-rog‘lar barpo etildi. Shahar iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib bordi. Download 164.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling