Reja: Kirish I bob. O‘rta umumta’lim maktablarida musiqa o‘qitish metodikasi


Musiqa darsida musiqa savodi o‘rgatish metodikasi


Download 64.32 Kb.
bet10/14
Sana02.05.2023
Hajmi64.32 Kb.
#1421972
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-SINFDA MUSIQA KURS ISHI

Musiqa darsida musiqa savodi o‘rgatish metodikasi
Musiqa savodi faoliyat turi umumta’lim maktablarining musiqa darsining asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, xor bilan qo‘shiq aytishga nisbatan ikkinchi darajali o‘rin tutadi. Shunga qaramasdan musiqa savodi musiqa ta’limida katta rol o‘ynaydi. Musiqa nazariyasi va tarixidan boshlang‘ich bilim berilib, o‘quvchilarning musiqiy bilim saviyasini oshirib borishiga yordam beradi. Musiqa savodi musiqaga, uning ifoda vositalariga ongli munosabatni tarbiyalaydi, musiqaning mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Eng muhimi notaga qarab kuylash va qo‘shiq aytish malakalarini hosil qilish, garmonik eshitish qobiliyatini o‘stirishga
ta’sir ko‘rsatish, vokal-xor ovozlarini aniq talaffuz etishga hamda xor bilan ijro etish sifatini oshirishga qulaylik tug‘dirish yo‘li bilan sinfda qo‘shiq o‘rgatishni osonlashtiradi. Musiqa darsida musiqa savodiga juda oz vaqt, 5-10 daqiqa ajratiladi. Shu sababli har gal qo‘shiq o‘rganish, musiqa asarlarini tinglash jarayonida o‘quvchilarni eshitish malakalarini hamda musiqa bilimini mustahkamlab, chuqurlashtirib borishi kerak. Maktabda musiqa savodini
o‘rganishda qo‘yiladigan asosiy metodik talab olingan musiqaviy bilimni bevosita amalda qo‘llash hamda savod o‘rgatish bilan birgalashib qo‘shiq aytishni bir-biriga chambarchas bog‘lab borishdan iborat. O‘quvchilar mustaqil qo‘shiq ayta oladigan va notanish kuylarni notaga qarab o‘rgana oladigan bo‘lgan vaqtlardagina musiqa savodini o‘rganishdan ko‘zlanadigan maqsadga erishilgan bo‘ladi. Musiqa savodini o‘rganish o‘quvchilarning musiqa tovushlarini eshitish sezgilarining o‘sishiga asoslanishi kerak. O‘quvchi biror tovushni ovoz bilan esga tushurishdan oldin uning qanday yangrashini aniq ravshan tasavvur qilishi va eshitib bilishi, ya’ni “ko‘rayapman-eshitayapman-kuylayapman” deb, ko‘zga ko‘rinadigan narsadan eshitiladigan 14 narsaga qarab borishi lozim. Musiqa darsida jamoa bo‘lib qo‘shiq aytishda ham musiqa savodini
o‘rgatish jarayonida ham eshitish qobiliyati, metr-ritm sezgisi taraqqiy etadi.


Download 64.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling