Re’ja kirish I bob. Psixologiya yo’nalishi talabalariga oliy matematika fanini o’qitishning meyoriy xujjatlari
Download 17.45 Kb.
|
DIPLOM ISHI. QAMBAROVA NILUFAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH Masalaning qo’yilishi.
- Masalaning dolzarbligi.
- Ishning maqsadi va vazifalari.
- Ilmiy tatqiqot metodlari.
- Ishning tuzilishi.
RE’JA KIRISH I BOB. PSIXOLOGIYA YO’NALISHI TALABALARIGA OLIY MATEMATIKA FANINI O’QITISHNING MEYORIY XUJJATLARI 1.1. Oliy matematika fanining o’quv re’ja va fan dasturlari 1.2. Sillabus tayyorlash va uning mazmuni II BOB. OLIY MATEMATIKA FANI MAVZULARINI O’QITILISHI 2.1. Ma’ruza mashg’ulotlari tarkibi 2.2. Amaliy mashg’ulotlarni olib borish usullari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH Masalaning qo’yilishi. Ma’lumki, matematika o’qitish metodikasi fani pedagogika fanining ma’lum bir bo’limi bo’lib, u matematika fanini o’qitish qoidalarini o’rganish bilan shug’ullanadi.Matematika o’qitish metodikasi matematika fanini o’qitish qonuniyatlarini o’rganish jarayonida pedagogika, mantiq, psixologiya, matematika, lingvistika va falsafa fanlari bilan uzviy aloqada bo’ladi.Hozirgi vaqtda matematika dasturini boshqa fanlar bilan moslashtirish masalasi ancha muvaffaqqiyatli hal qilingan.Shunindek, mazkur malakaviy bitiruv ishi psixologiya ta’limi yo’nalishidagilarga oliy matematika fanini o’qitishga bag’ishlangan. Masalaning dolzarbligi. Bugungi kunda respublikamizda matematika faniga, ayniqsa matematik olimpiadalarga katta e’tibor berilmoqda. Umuman olganda respublika, viloyat va xalqaro bosqich olimpiadalarida yosh matematiklarimiz ko’rsatayotgan natijalar yomon emas. Bir qator chet el matematika musobaqalarida berilgan geometriya bo’yicha misollar konkurentlik masalalariga bag’ishlangan. Masalan, Ipak yo’li (Silk Road) matematika olimpiadasida (2011 yil), Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO, 2009 yil), Sank-Peterburgdagi musobaqada (2008-2009 yillar), Xalqaro matematika olimpiadalarining tanlov savollarida (IMO Sharlist). Psixologiya yo’nalishi talabalari uchun ham oliy matematika fanidan olimpiadalar tashkil etilgan. Biroq bugungi kunda mutaxasisligi matematika bo’lmagan talabalar uchun oliy matematikani o’rganish bo’yicha o’zbek tilidagi adabiyotlar juda kam. Shuning uchun malakaviy bitiruv ishi mavzusi bugungi kundagi dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Ishning maqsadi va vazifalari. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi va vazifalari psixologiya yo’nalishidagilar ichida matematikaga qiziquvchi talabalarga va ularning ustozlariga oliy matematika fanini o’rganish yoki o’rgatish uchun o’quv re’ja va fan dasturlari hamda oliy matematika fanini mavzularini o’qitilishi haqida ma’lumot berishdan iboratdir. Ilmiy tatqiqot metodlari. Oliy matematika fani o’quv re’ja va fan dasturlari Ishning ilmiy ahamiyati. Ish referativ xarakterga ega. Ishning amaliy ahamiyati. Mazkur bitiruv ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki:Talabalar o’zlarining yo’nalishlari ko’rsatkichlarini tahlil qiladi va ushbu sohada vujudga kelishi mumkin bo’lgan amaliy muammolarni yechishda iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olish ko’nikmalarini shakllantiradi.jamoada ishlash,kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash , fan bo’yicha topshiriqlarni vaqtida bajarish , berilgan topshiriqlar bo’yicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish ko’nikmalariga ega bo’ladi. Ishning tuzilishi. Ish kirish qismi, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I BOB. PSIXOLOGIYA YO’NALISHI TALABALARIGA OLIY MATEMATIKA FANINI O’QITISHNING MEYORIY XUJJATLARI Oliy matematika fanining o’quv re’ja va fan dasturlari Download 17.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling