Reja: Kirish I bob. Turizmning tarixiy shakllari


Download 51.7 Kb.
bet7/15
Sana21.06.2023
Hajmi51.7 Kb.
#1644686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
kurs ishi xalqaro turizm

Postmodern davr
Biroq, sayohat hali ham o'zgarib turadi. Odamlar endi sayohat qilish bilan birgalikda ajoyib tajriba, sarguzasht va mahalliy hamjamiyatga qaytish imkoniyatini xohlashardi. Shu sababdan, turizm va sanoatga ega sayyohlik kompaniyalari turli talablarga javob berishi kerak. 21-asr davomida Internetga kirish keng tarqaldi va yangi chegaralar ochildi. Fuqarolarning boyligi va harakatchanligi doimo ortib borardi. Turli mamlakatlar sayyohlar uchun jozibador bo'lib, ularning iqtisodiyoti o'sardi - bu, o'z navbatida, sayohatni yanada jozibador qildi.
Kishilarning bir joydan ikkinchi joyga o’tishi yoki borishi ko’p hollarda savdo-sotiq yumushlari, atrof-olamni ko’ra-bilish istagi, hamma ishtirok etaoladigan o’qish, diniy va dam olish omillari bilan bog’langan. Qadimgi manbalarda yozilishicha bundan ikki ming yillar oldin (eramizga qadar) misrliklar hayotida sayyohlik ko’ngil ochish va dam olishning odatdagi hodisasi bo’lgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda eng qadimgi sayyohlik markazlaridan biri bu Tinch okean minatqasida joylashgan Okeaniya hududi bo’lib hisoblanadi. U yerda yashovchi aholilar uncha katta bo’lmagan oddiygina qayiqchalarda Janubiy sharqiy Osiyoning Mikroneziya va Markaziy (Tinch okeani) orollari, Tuamotu arxipelagi (orollar guruhi) ga sayohat qilishganlar. Eramizga qadar 500 yil oldin polineziyaliklar Gavay orollari (Tinch okeani) ga 2 ming mill. masofagacha okeanda suzib borishganlar. Ular safar davomida quyosh, yulduzlar, bulutlar va qushlarning harakatidan foydalanib manzilga yetib olishganlar. Sayohat davomida ular uchun eng muhim muammo bu ichimlik suvi va oziq-ovqatlar hisoblangan.
Qadimgi sayyohlikning eng rivojlangan markazlaridan biri O’rta yer dengizi qirg’oqlarida joylashgan Gretsiya, Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Misr, Tunis kabi mamlakatlar bo’lib hisoblanadi. Dengiz bo’ylarida yashovchi aholilar savdo-sotiq, diniy safarlar, ilm olish, davolanish, yangi hududlarni kashf qilish maqsadida uzoq-uzoq safarlarga dengiz orqali chiqishgan. Bu to’g’risida juda ko’pgina ma’lumotlar
mavjud bo’lib ularning bir qismi hozirgi kungacha bizga yetib kelgan. Jumladan Gretsiyada V asrda (eramizga qadar) Gerodot va IV asrda (eramizgacha) Pifey kabi olimlar boshqa mamlakatlarni o’rganish uchun sayohatga borganlar.
Qadimgi grek tarixchisi Gerodot birgina Misrda bo’lib qolmasdan, balki Sharqning ko’pgina mamlakatlarida, jumladan Liviyadan tortib Vaviloniya, Assuriya, Kichik
Osiyo, hatto Qora dengizning shimoliy sohillarida ham bo’lishgan. U o’zining sayohat taassurotlarini to’qqiz tomlik «Tarix» nomli asarida tasvirlab bergan.
Qadimgi Gretsiyada sport o’yinlari (Olimpiada)ning tashkil etilishi, unda sportchilar va sport ishqibozlarining turli mamlakatlardan kelib-ketishi sayyohlikning rivojlanishiga katta turtki bo’lgan.
Bundan 776 yil oldin (eramizga qadar) har yili Ellada (Gretsiya)ga Olimpiada o’yinlariga qatnashish va tomosha qilish maqsadida nafaqat Elladadan, hatto butun O’rta Yer dengizi bo’yi mamlakatlaridan minglab sport ishqibozlari, san’atni sevuvchi muxlislar yig’ilishgan. Yirik maxsus sport inshootlarining keng ko’lamda qurilishi o’sha davrga ta’luqli xususiyatlardan biridir. Musobaqalarda turli xil sport o’yinlari o’tkazilib, ishqibozlar olqishiga sazovar bo’lingan, o’z o’rnida mehmonnovozlik yo’lga qo’yilgan.
Qadimgi Xitoy ham o’z davrida yuksak madaniyatli davlatlardan biri bo’lgan. Xitoylik sayyohlar, olimlar, daryo, dengiz, tog’lar to’g’risida juda ko’plab geografik ma’lumotlar (qo’lyozmalar)ni yozib qoldirgan. Xitoy elchisi Chjan Syan II asrda (eramizgacha) sayohatga chiqib juda katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni to’plab qoldirgan. Uning bosib o’tgan safar yo’llari keyinchalik Buyuk Ipak yo’liga asos bo’lgan.
Marko Polo (1254-1323) yevropaliklardan birinchilardan bo’lib Osiyoni o’rgangan Venetsialik (Italiya) sayyohdir. Uning otasi Nikkolo va amakisi Matteo savdo-sotiq bilan shug’llanib, tasodifan Mo’g’uliston xoni Kublay (Chingizxonning o’g’li) ning qarorgohiga kelib qolishadi. Mo’g’ul xoni ularni o’sha davrda Rim Papasiga missioner (elib yugiruvchi) etib tayinlashni so’raydi.
1271 yilda Nikko va Matteo ikkinchi bor safarga chiqib, mo’g’ul tilini va mahalliy urf-odatlarni o’rgangan Marko Poloni o’zlari bilan birga olib ketishadi. Marko Polo xon iltifotiga sazovar bo’ladi va uni o’ziga yaqin olib mulozim etib tayinlaydi. Xon Marko Poloni o’z hukmronligi ostidagi joylarda turli xil ma’lumotlarni to’plashga da’vat etadi. U ana shu imkoniyatdan foydalanib mamlakat va xalqlar to’g’risida ko’pgina ma’lumotlarni to’playdi. 1292 yil mo’g’ul xoni uchchala sayyohlarga katta sovg’a - salomlar berib ularni vataniga qaytaradi. Sayyohlar Tinch okean orqali Koxinxin, Sumatra, Seylon, Trapezud va Konstantinopol orqali 1295 yili Venetsiyaga qaytib kelishadi va boyligi bilan yuqori martabaga erishadi. Keyinchalik Marko Polo u Venetsiyada buyuk Kengash a’zosi lavozimiga ko’tariladi. 1307 yilda esa qayta ishlangan safar ta’surotlarini
bosib chiqaradi. U o’z ta’surotlarida xitoyliklarning ixtirolari bilan qiziqib kompas, zabtlash taxtasi, veksellari bilan tanishganligini yozib qoldiradi. Marko Poloning sayohatlar to’g’risidagi birinchi kitobi 1861-1862 yillarda rus tilida bosilib chiqiladi.
Qadimgi Rim imperiyasi turizm taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shgan mamlakat bo’lib hisoblanadi. Bu yerda mustahkam imperiyaning tashkil etilishi, boyligi, mo’l-ko’lchilik, hududining kattaligi, dengiz sohilida joylashganligi kabi omillar turizmning rivojlanishi uchun zarurat hisoblangan. Rimliklar o’sha davrda ajoyib yo’llar tarmog’ini qurishgan. Har kuni 100 mill masofagacha otda sayr qilish, ibodatxonalarni ziyorat qilish amallari bajarilgan.
Aleksandr Makedonskiy (eramizgacha bo’lgan 334 yil) hukmronligi davrida Turkiyadagi Efes shahri qadimgi (antik) davrda eng muhim savdo markazi va asosiy shaharlardan biri bo’lib hisoblangan. Turistlar, akrobatlar, huqqavoz (jongler)lar, sehrgarlar, shahar ko’chalarini to’ldirib yurganlar.
Yevropaliklarda sayyohlik salb yurishi harakati bilan boshlangan va ular muqaddas yer Ierusalimni zabt etganlar. Yevropalik sayyohlar ritsarlar, savdogarlar bilan yonma-yon yurishib begona mamlakatlar boyliklarini talaganlar va territoriyalarni bosib olish maqsadida harakat qila boshlagan. Ular bilan birgalikda Sharqga tomon ruhoniylar va ziyoratchilar, son-sanoqsiz daydilar, beva-bechoralar ommaviy ravishda harakat qila boshlaganlar.
O’z davrida imtiyozga ega bo’lgan aholi vakillari shifobaxsh mineral suv manbalariga bora boshlaganlar. Biroq, safarning va sayohatning turli xil maqsadlariga qaramasdan ularning hammasi kishilar ongining ob’ektiv holatda
geografik kengayishini ta’minlaydi. Ular tomondan dengiz, daryo, materiklar, davlatlarni aniq tasvirlash amalga oshirilgan.
Qadimgi davrda turizmning rivojlanishi juda murakkab kechgan. Safar muddati ham o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan. Kishilarning sayohatda yurish tezligi o’rtacha soatiga 6 km. dan oshmagan. Bir kunlik bosib o’tgan safarining umumiy masofasi esa 50-60 km atrofida bo’lgan. Sayohatga chiqish imtiyozi va zarurati faqat savdogarlar, boy-badavlat kosib yoki mayda savdogarlar, dvoryanlar va aslzodalarga ta’luqli bo’lgan.
Sayohatchilar safar davomida asosan ot ulovlardan (ot, tuya, eshak va boshqalar), qayiqlar va kemalardan foydalanishganlar. Ular sayohat davomida yakka holda yoki savdo karvonlariga qo’shilib o’z manzillariga yetib borishganlar.
Turizmning rivojiga uyg’onish davri (XV-XVI asrlarda Yevropada fan va san’atning taraqqiy etgan davri) ham katta ta’sir ko’rsatadi. Unda iqtisodiyotning jo’shqinlik bilan rivojlanishi, yangi tarmoqlarning paydo bo’lishi, davlatlararo savdo-sotiqning kengayishiga yanada imkoniyatlar tug’diradi.
Shu bilan birgalikda moliyaviy resurslar imtiyozlarning mavjudligi, bo’sh vaqtlarning ko’pligi, boy-badavlat kishilar sonining ko’payishi bilan xarakterlanadi. XVI asrga kelib Yevropa bo’ylab sayohat qilish odat tusiga kiraboshlaydi. Bunday sayohatlarni uyushtirish «Yosh aristokratlarni tarbiyalash dasturi» ga kiritilib, unda o’qish, bilim olish maqsadlari ko’zda tutilgan. Bunday sayohatlarning yo’nalishi Angliyada London shahridan boshlanib, Frantsiyaning Parij shahrida, so’ngra Italiyaga: Genuya, Milan, Florentsiya, Rimgacha davom etgan. Orqaga qaytish yo’li Shveytsariya, Germaniya, Gollandiya mamlakatlari orqali o’tilgan. Aslzoda (aristokrat) yoshlar sayohat davomida xo’jalik, siyosiy
aloqalarini taniqli xorijiy oilalar bilgan o’rnatishga kirishadilar. Ular nafaqat bilim olish, balki dam olish, ko’ngil ochish uchun ham safarlarga chiqishgan.
Shuni qayd qilish joizki, yevropaliklarda Alp tog’larini zabt qiluvchi, birinchi sayyohlar qatoriga inglizlar, undan keyin esa frantsuzlar va amerikaliklar kirganlar. XVI asr oxirlariga kelib xorijiy mamlakatlarda dam olish va dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadidagi sayyohlik safarlari Rossiyada ham rivojlana boshladi. Petr I hukmronlik qilgan davrda uning o’zi bu sohada shaxsiy namuna ko’rsatdi. U 1697-1699 yillar davomida Buyuk Moskva elchilari tarkibida G’arbiy Yevropa mamlakatlariga safarga otlanadi. Safar davomida yevropaliklar hayoti, turmush – tarzi bilan tanishish rus madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Sayohatga chiqishda eng muhim narsalardan biri dvoryanlar uchun xorijiy tillardan birini albatta bilishi va gaplashaolishi zarurligidir. O’z davrida Rossiya imperatori Yekaterina II mulozimlari (katta amaldorlarni kuzatib yuruvchi kishilar) va xorijiy elchilar hamrohligida Rossiya imperiyasining g’arbiy qismlarini kezib o’tib, Dnepr daryosi bo’ylab suzib, Xerson va Sevostopol shaharlari bilan tanishib chiqadi. U Yevropada Germaniya, Avstriya, Niderlandiya (Gollandiya) mamlakatlarning ko’pgina shaharlariga sayohat qilishgan.
Turizmning zamonaviy tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815-yilda). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyohlik guruxlari AQShga joʻnatildi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi. Ibn Battuta - mashhur arab sayyohi va geografi, tarixchi. Barbarlarning lavat qabilasiga mansub. Ibn Battuta 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 75 ming mil (120 ming km) masofani bosib oʻtgan. Ibn Battuta 1325-yil yozida Marokashdan Hajga boruvchilar karvoniga qoʻshilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon mamlakatlarida boʻlgan. Dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, Mesopatamiyaga borgan. 1332-yil uchinchi marta Makkaga borib haj marosimida qatnashgan. Nil daryosi yoqalab yana Qohiraga qaytgan. Soʻngra Ibn Battuta Yaqin Sharq mamlakatlari orqali Turkiya va Qrimga bordi. Itil (Volga) daryosi orqali Hoji Tarxon (Astraxon) ga oʻtib, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qabulida boʻlgan; keyin Xorazm poytaxti Urganchga kelgan. Undan Buxoro, Nahshab, Termiz, Samarqand, Balx va Kobul, Moʻlton orqali Hindistonga borgan va Dehli sultoni Muhammad Tugʻloq saroyida qariyb 8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan (Ibn Battuta Sherozda ikki mazhab — molikiylar va shofiʼiylar qozisi degan shahodatnoma olgan edi). Soʻngra sayohatni davom ettirib Indoneziya va Xitoyga brogan,1349 yilda. Marokashga qaytgan. 1349—52 yillar orasida Ispaniyaning arablar tasarrufidagi joylariga, 1352—53 yillarda Sudanga sayohat qilgan. Ibn Battuta oʻrta asrdagi eng yirik sayohatchi boʻlib, uni uzoq mamlakatlarga sayohat qilishda yoʻl qiyinchiliklari, muhtojlik, xavf-xatarlar toʻxtata olmagan. U borgan mamlakatlarning geografiyasi, tarixiy hamda iqtisodiy, etnografik va madaniy-maishiy hayotiga oid qimmatli maʼlumotlar qoldirgan. Ayniqsa, Oʻrta Osiyo shaharlari, jumladan Samarqandning dunyoga mashhur sifatli qogʻozi haqidagi yozganlari eʼtiborga loyiq. Hulokuiylar hukmronligi davridagi Eronning iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil tasvirlangan. Ibn Battuta yirik savdogar ham edi, sultonlarning farmoyishi bilan baʼzan elchilik vazifalarini ham bajargan. Ibn Battuta fors va turkiy tillarni ham yaxshi bilgan. Uning "Tuxfat an-nuzzor fi gʻaroyib al-amsor va ajoyib alafsar" ("Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi boʻlganlar uchun tuhfa") asari Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyo arxipelagi tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu asar Ibn Battuta zamonidagi (turmushga oid) adabiyotning namunasi boʻlib, oʻz davrining adabiy va psixologik yodgorliklaridan biridir. U ilmiy manbalarda "Sayohatnoma" deb ataladi. Ibn Battuta asarlari 80 dan ortiq Yevropa va Osiyo xalqlari tillarigatarjima qilingan. Ibn Battuta faoliyati ustida oʻzbek olimi N. Ibrohimov tadqiqot ishlari olib borgan va u haqida oʻzbek, rus, arab, ingliz tillarida asarlar yaratdi. Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada boʻlgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning "Buyuk Temurning hayoti va faoliyati" kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyohlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan. Hozirgi kunda turizm ommaviy tusga aylangan faoliyat turi bo‘lib uning ko‘plab turlari mavjud ulardan eng mashhurlari va ularning ta‘riflarini e‘tiboringizga taqdim etmoqchiman.

Download 51.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling