Reja: Kirish I bob. Turizmning tarixiy shakllari
Kurs ishning maqsadi va vazifalari
Download 51.7 Kb.
|
kurs ishi xalqaro turizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishning predmeti va obyekti.
Kurs ishning maqsadi va vazifalari.Turizm bugungi zamon iqtisodiyotida katta o`rin tutadi, qolaversa, kun sayin takomillashib, yangilanib bormoqda. Hozirga kelib inson o’zining qiziqishi sohalarini ko’rib ulgurish, qoniqish, o’rganish, tanlash xususiyatlari va imkoniyat darajalaridan to’g’ri foydalanish uchun ishlab chiqarish sohalarini, tabiiy biologik resurslarni, insonlarning yashash tarzlarini alohida-alohida turizm sohasiga aylantirdi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi gaplari bilan bu sohaning nechog`lik muhim ekanligini bilib olishimz mumkin: “Bugungi kunda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlardan ko`zlangan pirovard maqsad mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan.
Kurs ishning predmeti va obyekti.Turizm — iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o`zi taqozo etmoqda” Turizm tez sur`atlar bilan o`sib bormoqda. Bu fakt, bir tomondan, yangi imkoniyatlar ochadi, boshqa tomondan, hozirda dunyodagi eng yirigiga aylangan sohada band bo`lgan odamlar uchun doimiy ravishda muammolar tug`diradi. Xalqaro turizmni ilgari surish tajribasiga ega bo`lgan kompaniyalar, shuningdek, ushbu segmentga kirishni istaganlar, turizm sohasi o`zgarib borayotganiga duch kelishmoqda. Turmush darajasini yaxshilash va dunyo bo`ylab erkin harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish millionlab yangi xalqaro sayyohlarni keltirib chiqaradi. Xalqaro turizm bir xil darajada, hatto ba`zi mamlakatlarda ilgari boshqa tarmoqlar bilan raqobatlashib, eng yuqori natijalarni ko`rsatgan neft va avtomobilsozlik sanoatidan ham ustun turadi. Dunyoda sayyohlik zonalarining taqsimoti nihoyatda notekis, bu birinchi navbatda mamlakatlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli darajalariga bog`liq. Mana shu sabablarga ko`ra turizm globallashuv jaroyonlariga ta`siri kuchayib bormoqda. Yuqori rivojlangan mamlakatlarda xalqaro turizmning rivojlanishiga bevosita ta`sir ko`rsatadigan asosiy omillar iqtisodiy va ijtimoiy, birinchi navbatda, fuqarolarning shaxsiy daromadlarining (potentsial sayyohlarning) zarur ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo`lgan chegaralardan oshishi hisoblanadi. Hozirgi zamon jahon bozori rivojlanishi tendensiyasi ichida, xususan turistik sohada globallashuv jarayonlari e`tiborni tortadi. Globallashuv mohiyati shundan iboratki, inson, moliyaviy va ilmiytexnik resurslar yutuqqa erishish uchun turli firmalar bilan birlashtiriladi. Hamkorlik yordamida maqsadga erishishning samaraliroq yo`llari belgilab olinadi. Ular birgalikda har bir ishtiroki tomonning yutuqlaridan foydalanishadi. Umumiy dasturni amalga oshirish bilan bog`liq xarajatlarni taqsimlaydilar va qaltisliklarga bahamjihat qo`l uradilar. Zamonaviy g`arb iqtisodiyotida turizm murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida qaraladi. Bunda iqtisodiy muammolar turizmning ijtimoiy ekologik aspektlari bilan birgalikda tahlil qilinadi. Gap shundaki bugungi kunda hayotiy strategiya va hayot uslublari qoida bo`yicha bir xil ijtimoiy-siyosiy asoslar ichida shakllanadi, ular shaxsning ijtimoiy tizimidagi muayyan maqomi bilan yuzaga keladi. Ammo shaxs uchun boshqa ijtimoiy guruh vakillarining yashash tarzi ahamiyat kasb eta boshlasa, bu holda ushbu guruhning axloqiy iste`mol namunalariga mos keluvchi hayot tarziga o`zini namoyon etish yo`li bilan mansubligini ko`rsatishga tayyor bo`ladi. Siyosiy va madaniy bilish turizm talablari segmenti kengaymoqda. Sayohatchilarning sport sog`lomlashtirish, davolash va boshqa turdagi turizmlarga siyosiy-madaniy o`rganish motivlarini kengayishi an`anasi kuzatilmoqda. Siyosiy-madaniy o`rganish turizm rivojlanishida hukumat va mahalliy ma`muriyatning madaniy yodgorliklarini avaylab asrash, ularga keluvchi sayyohlar oqimini boshqarishdagi kuch-g`ayratlari muhim o`rin tutadi. Download 51.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling