2.2. Markaziy Osiyo xususan O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish tendensiyalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekistonda xalqaro turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar va shartsharoitlar yuzaga kelganligi, turizmning respublika iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuvi, mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahon iqtisodiyoti tajribalaridan ma’lumki, xalqaro turizm sohasi mamlakat byudjeti uchun zarur bo‘lgan valyuta tushumini ta’minlash, yangi ish joylarini vujudga keltirish va shu bilan birgalikda aholining turmush darajasini ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Respublikamiz xalqaro turizm sohasidagi imkoniyatlarining kattaligi bilan qo‘shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi. O‘zbekistonning geografik o‘rni, nihoyatda qulay, tabiiy iqlim sharoitiga ega ekanligi, insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta o‘rin tutadi. O‘zbekiston betakror, ajoyib tarixiy arxitektura yodgorliklari, shirin-shakar mevalari, xilma-xil milliy taomlari, ajoyib milliy an’analari, urf-odatlariga ega bo‘lgan mehmondo‘st xalqiga ega. Bularning barchasi chet ellik turistlar e’tiborini o‘ziga tortadi va ularni O‘zbekistonga yana qayta kelishiga undaydi. Xalqaro turizmni rivojlantirishda O‘zbekistondagi siyosiy barqarorlik, tinchlik-totuvlik muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasiga 2005–2013-yillarda tashrif buyurgan fuqarolarning oqimi qo‘yidagi 1-jadvalda ifodalangan.
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasiga 2005-2013-yillarda tashrif buyurgan fuqarolarning oqimi (rasmiy ravishda deklaratsiyadan o‘tgan, kishi hisobida)
Do'stlaringiz bilan baham: |