Reja: Kirish I bob. Turizmning tarixiy shakllari


II Bob. Xalqaro turizm rivojlanishining asosiy xususiyatlari


Download 51.7 Kb.
bet10/15
Sana21.06.2023
Hajmi51.7 Kb.
#1644686
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ishi xalqaro turizm

II Bob. Xalqaro turizm rivojlanishining asosiy xususiyatlari
2.1. Xalqaro turizmning rivojlanishida Buyuk Ipak Yo‘lining ahamiyati
Buyuk Ipak Yo‘li ikkiga bo‘inib qolgan Sharq va G‘arb mamlakatlarini o‘zaro bog‘lab, yaxlit bir dunyoga aylantirgan, insoniyat tarixi rivojini ya’ni o‘zanga solib yuborgan tarixiy katta karvon yo‘lidir. Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo“. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixidagi eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antic Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan ErongaMesopatamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkend tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga So‘g‘diyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi. Avvalo, Xitoy atamasiga e‘tibor qaratsak “Xitoy” so‘zi davlat va xalq nomi sifatida Markaziy Osiyo xalqlari va rus tilida keng tarqalgan. Aslini olganda ushbu atama hozirgi davlat va xalq nomidan kelib chiqqan emas. “Xitoy” atamasi qadimda hozirgi Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)ning shimoli-sharqiy qismi bo‘lmish Manjuriyada yashagan va keyin g‘arbga qarab ko‘chgan qiton xalqi nomidan kelib chiqqan. Musulmon atamalarida ushbu atama xitoy, qtoy, xatay, Yevropa adabiyotlarida katay, kata, katsay deb yozilgan.
Qadimgi xalqlarning turli tomonlama rivojlanishida savdo va tranzit yo’llarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Mil. avv. III ming yillikka kelib, O’rta Osiyoning ko’pgina hududlari qadimgi aholi tomonidan uzlashtirib bo’lingan edi. Cho‘l va dasht hududlardagi ko‘chmanchi chorvador aholi vohalardagi o‘troq aholi bilan o’zaro aloqalarni bronza davriga kelib yanada rivojlantiradilar. Tarixiy adabiyotlardan ma’lum bo’lishicha, Buyuk Ipak Yo’li tashkil topmasdan ancha ilgariroq Qadimgi Sharq va O’rta Osiyo hududlarida o’zaro almashinuv yo’llari mavjud edi.
Bronza davridagi (mil. avv. III—II ming yilliklar) ana shunday yo’llardan biri «Lojuvard Yo’li» deb atalib, uning bir tarmog‘i Badaxshon, Baktriya va Marg‘iyona hududlarini Xorazm, Sug‘d, Markaziy va Ural bilan bog‘lagan. Yana bir tarmog‘i esa, Baktriya va Marg‘iyonani Mesopotamiya bilan bog‘lagan. Bu yo’l Pomir tog‘laridan boshlanib, Eron, Old Osiyo, Misr orqali o‘tgan. Badaxshon Lojuvardining Hind vodiysi, Mesopotamiya va Misrdan topilishi bu qimmatbaho toshning Qadimgi Sharqda nihoyatda qadrlanganligidan dalolat beradi.
Qadimgi yo’llardan yana biri, Eron ahmoniylarining Yo’li bo‘lib, bu yo’lning bir tarmog‘i mil. avv. VI—IV asrlarda kichik Osiyo shaharlarini hamda O’rta Yer dengizi bo‘yidagi Efes, Sardi shaharlarini Eronning markazlaridan biri Suza bilan bog‘lagan bo‘lsa, yana bir tarmog‘i Eron-Baktriya orqali Sug‘diyona, Toshkent vohasi va Qozog‘iston hududlaridan o’tib Oltoygacha borgan. Tarixiy adabiyotlarda bu yo’l «shox Yo’li» deb ataladi.
Mil. avv. 138 yilda Xitoy imperatori Hi-Di Chjan Syanni O’rta Osiyo yerlariga jo‘natadi. Elchi Chjan Syan (mil. avv. 138-126 yillarda) Xitoyning xunnlarga qarshi kurashi uchun ittifoqchi izlab kelgan edi. Mil. avv. II-I asrlarga kelib, Chjan Syan yurgan yo’llarda Xitoyni O’rta va G‘arbiy Osiyo bilan bog‘laydigan karvon Yo’li paydo buladi. Bu yo’l Buyuk ipak Yo’li deb atalib, umumiy uzunligi 12 000 km dan iborat edi. Ilk O’rta asrlarga kelib, Ipak Yo’lining yanada rivojlanganligini kuzatish mumkin. O‘z davrida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan bu yo’lning dastlabki tarmog‘i Xitoydagi Sian shahridan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O’rta Yer dengizigacha cho‘zilgan.

Download 51.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling