Reja: Kirish I. Bob. Turkiya sanoati va undagi muammolar umumiy tushuncha
Mashinasozlik va elektrotexnika sanoati
Download 80.06 Kb.
|
Turkiya sanoati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektroenergetika.
Mashinasozlik va elektrotexnika sanoati dastlab yig‘uv korxonalarini tashkil etish orqali rivojlandi. Ayniqa ushbu tarmoqda xususiy kapialning ishtiroki faoldir. Mashinasozlik tarmoqlari: transport vositalarini yig‘ish va ishlab chiqarish, temir yo‘l transporti vositalarini qurilishi, temir yo‘llar, vagonlar, muzlatgichlar, dizel-motorlar ishlab chiqarishdir. Verflarda (kemalar quriladigan yoki remont qilinadigan korxona) shahar va kabotaj(ichki portlar o‘rtasida) liniyalar uchun kemalar ishlab chiqariladi. Uskuna va ehtiyot qismlarning katta qismi import qilinadi. Turkiya o‘rta va yirik kemalarni xorijdan sotib oladi.
Stanoksozlik qayta ishlash sanoatining tarmog‘i bo‘lib, mamlakatda tashkil etilganiga xali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Tokarli, frezerli, sverloli stanoklarning ba’zi modellarini yig‘ish g‘arb firmalarining litsenziyasi asosida amalga oshiriladi. Bug‘ qozon va muzlatgich uskunalari, sanoat gaz pechlari yaxshi jihozlangan xususiy firma korxonalarida tayyorlanadi. Xususiy sektor xorijiy kapital bilan hamkorlikda maishiy texnikalarni ishlab chiqaradi – gaz pechlari, plitalar, tikuv mashinalari, velosipedlar, kaloriferlar(issiq suv, bug‘ yoki issiq havo o‘tadigan trubalardan iborat isitish moslamasi). Elektrotexnika sanoati ham rivojlanmoqda. Elektr o‘lchagich, maishiy elektr priborlarni ishlab chiqarish g‘arb firmalarining litsenziyasi asosida amalga oshiriladi. Radio va elektronika sanoati sezilarli sur’atda rivojlanmoqda – telefon, radio va teletexnika, elektronika apparatlarini ishlab chiqarish, kompyuterlar yig‘ish. Elektroenergetika. Turkiyada energetika ob’ektlarini qurish, ishlatish va elektr energiyani taqsimlash rasmiy ravishda davlat qo‘lidadir. Agar 1960-70 yillarda asosan elektr energetikani rivojlantirish quyiq yoqilg‘i (neft) asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda o‘zidagi mavjud energiya manbalariga asoslanmoqda: lignit (past nav qo‘ng‘ir toshko‘mir), gidroresurslar, tabiiy gaz, geotermal quyosh energiyasi va shamol energiyasi. Elektr energiyani ishlab chiqarish 1963 yilgi 4 mlrd. kvt/soatdan 1995 yili 86,3 mlrd. Kvt/soatgacha yetdi. Uning katta qismi sanoat korxonalarida iste’mol qilinadi, ammo maishiy ehtiyojlar uchun ham uning iste’moli oshib bormoqda. Ma’lumki, aholi punktlari, qishloq joylarini ham qo‘shgan holda, elektrlashtirilgan. 1995 yili mamlakatdagi barcha elektr energiyaning 3/5 qismi issiqlik elektr stansiyalari(IES)da, qolgan qismi esa gidrostansiyalarda ishlab chiqarilgan. Turkiyada yirikroq gidroenergetika ob’ektlari bo‘lib Yevfrat daryosidagi Keben GESi va Kizil-Irmak daryosidagi Xirfanli GESi hisoblanadi. Atom energiyasidan foydalanish sohasida tadqiqotlar olib borish uchun atom energiyasi bo‘yicha Komissiya faoliyat olib bormoqda. AES qurilishi bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatda 50ta GES va 30ta IES mavjud. 90-yillarda elektr energiya ishlab chiqarish 54,3 mlrd. kvt/soatni tashkil qilib, aholi jon boshiga 926 kvt/soat to‘g‘ri kelgan. Mamlakatda elektr energiya tanqisligi mavjud. Download 80.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling