Reja: Kirish I. Bob. Turkiya sanoati va undagi muammolar umumiy tushuncha
Qayta ishlash sanoati va energetika
Download 80.06 Kb.
|
Turkiya sanoati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rezina sanoati
- Qora va rangli metallurgiya.
Qayta ishlash sanoati va energetika. 1950-60 yillarda mamlakatni sanoatlashtirish jarayoni yuqori sur’atlarda rivojlana bordi. 1970 yillarda qayta ishlash tarmoqlarida barcha ishchi kuchining 15%i, 1993 yili – 21%, YaMMdagi ularning xissasi 1952 yilgi 12%dan 1995 yili 30,6% gacha o‘sdi.
Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan bojxona shartnomasini imzolamasdan turib (1996 yildan avval), mamlakat sanoati sezilarli darajada xorijiy raqobatdan turli tarif va kvotalar orqali himoya qilingan bo‘lib ko‘pgina mahalliy tovarlarning narxi sun’iy ravishda ko‘tarilgan edi. Barcha sanoat ishlab chiqarish va unda band bo‘lgan aholining deyarli ¾ qismi Istambul va Izmirda, shuningdek Marmar va Egey dengizining qirg‘oq rayonlarida joylashgan. Boshqa muhim sanoat markazlari bo‘lib Anqara, Chukurova rayoni, shuningdek Qora dengiz qirg‘og‘idagi Zonguldak (toshko‘mir qazib olinadi) hisoblanib, Karabyuk va Eregli shaharlari yaqinida ikkita yirik metallurgiya kombinatlari qad rostladi. Mamlakatning barcha hududlari bo‘yicha ishlab chiqarishga ulkan xissa qo‘shuvchi ko‘plab katta bo‘lmagan orxonalar joylashtirilgan. To‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati Turkiya sanoatining ilg‘or tarmoqlari hisoblanadi. Neftni qayta ishlash Batma, Izmit, Mersindagi Aliaga rayonida amalga oshiriladi. Mamlakatda tabiiy gaz qazib olish 90-yillardan boshlangan. Gazga bo‘lgan ehtiyoj Anqara, Istambul, Izmailadagi gaz zavodlarining mahsulotlari va qayta ishlash zavodlaridagi siqilgan yo‘ldosh gazlar hisobidan qondirilmoqda. Mineral o‘g‘itlar, asosan fosfat va azot, ishlab chiqarish Izmir va Istambul rayonlarida joylashgan. Rezina sanoati avtomobil shinalarini ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtta zamonaviy zavodlar orqali namoyon bo‘ladi. Xususiy korxonalarda motosikl va velosipedlarning pokrishka va kamerlari ishlab chiqariladi. Boshqa tarmoq – bu oyoq-kiyim rezinasi, shuningdek rezinotexnik buyumlar. Qora va rangli metallurgiya. Qora metallar ishlab chiqarish uchta yirik davlat korxonalarida amalga oshiriladi – Karabyuk, Eregiy va Iskandariya kombinatlari. Oxirgisi cho‘yan quyish va mis eritish bilan ham shug‘ullanadi. 1993 yili cho‘yan quyish deyarli 10,3 million tonnaga yetdi. Aluminiy sanoat korxonalari ham mavjud. Umuman rangli metallar ishlab chiqarish o‘sib borayotgan talabni qondira olmayapti. Download 80.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling