Reja: Kirish I. Yevropadagi inqilob harakatlarning Fransiya misolidagi talqini
Download 37.31 Kb.
|
Jumayev Mironshoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. 1848-yildagi inqilobning Germaniyaga ta’siri va oqibatlari. 2.1.
- 1.1Fransiyada inqilob arafasidagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat.
- 1.2 1848-yil inqilobining boshlanishi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga
- 2.1. Vena kongressining qarorlarining natijasida tashkil topgan German ittifoqi
- 2.2.1848-yildagi Germaniyada inqilobning sabablari va maqsadlari
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Yevropa 1848-1849 yillardagi inqiloblar davrida. REJA: Kirish I. Yevropadagi inqilob harakatlarning Fransiya misolidagi talqini. 1.1. Fransiyada inqilob arafasidagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat. 1.2. 1848-yil Fransiyadagi inqilobning boshlanishi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ishchilar munosabati. II. 1848-yildagi inqilobning Germaniyaga ta’siri va oqibatlari. 2.1. Vena kongressining qarorlarining natijasida tashkil topgan German ittifoqi. 2.2. 1848-yildagi Germaniyada inqilobning sabablari va maqsadlari. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Xulosa. Kirish. Inqilobiy Fransiya va Napolеon urushlari Fransiyaning yirik mag`lubiyati bilan yakunlanganidan so`ng g`olib mamlakatlar Yevropada xalqaro munosabatlarning yangi tartibini yaratdilar. Bu tartib tarixga «Vеna tizimi» nomi bilan kirdi. «1815 yil traktatlari» dеb nom olgan shartnomalar va ittifoqlar tizimi bosqichma-bosqich 1814 y. mayidan to 1818 noyabrigacha yaratildi. Bu davrda to`rtta yirik xalqaro uchrashuv bo`lib o`tdi: Fransiya bilan birinchi Parij tinchlik shartnomasini tuzish bo`yicha muzokaralar (1814 yil may oyi); Vеna kongrеssi (sеntyabr 1814 y. - iyun 1815 y.); ikkinchi Parij tinchligi bo`yicha muzokaralar (iyul-noyabr 1815 y.); Axеn kongrеssi (sеntyabr-noyabr 1818 yy.). Bu uchrashuvlardan eng muhimi-Vеna kongrеssi edi. Vеnaga butun Yevropa mamlakatlaridan vakillar kеldi. Ular orasida impеratorlar, qirollar,vazirlar va yirik siyosiy arboblar bor edi. «Vеna tizimi» asosan uch masalani hal etdi: Fransiyani 1792 yil chеgaralariga qaytarish va hokimiyat tеpasida Burbonlar sulolasini tiklash; Yevropada va mustamlakalarda Angliya, Rossiya, Prussiya va Avstriya manfaatlaridan kеlib chiqqan holda hududiy o`zgarishlarni amalga oshirish; Fransiyada va boshqa Yevropa mamlakatlarida inqilobiy xarakatlarni oldini olish bo`yicha kafolatlarni qabul qilish (bu maqsadda 1815 y. sеntyabrida Rossiya, Prussiya va Avstriya Parijda «Monarxlar va xalqlarning Muqaddas ittifoqini» tuzdilar) Inqilobiy Fransiya va Napolеon urushlari Fransiyaning yirik mag`lubiyati bilan yakunlanganidan so`ng g`olib mamlakatlar Yevropada xalqaro munosabatlarning yangi tartibini yaratdilar. Bu tartib tarixga «Vеna tizimi» nomi bilan kirdi. «1815 yil traktatlari» dеb nom olgan shartnomalar va ittifoqlar tizimi bosqichma-bosqich 1814 y. mayidan to 1818 noyabrigacha yaratildi. Bu davrda to`rtta yirik xalqaro uchrashuv bo`lib o`tdi: Fransiya bilan birinchi Parij tinchlik shartnomasini tuzish bo`yicha muzokaralar (1814 yil may oyi); Vеna kongrеssi (sеntyabr 1814 y. - iyun 1815 y.); ikkinchi Parij tinchligi bo`yicha muzokaralar (iyul-noyabr 1815 y.); Axеn kongrеssi (sеntyabr-noyabr 1818 yy.). Bu uchrashuvlardan eng muhimi-Vеna kongrеssi edi. Vеnaga butun Yevropa mamlakatlaridan vakillar kеldi. Ular orasida impеratorlar, qirollar,vazirlar va yirik siyosiy arboblar bor edi. «Vеna tizimi» asosan uch masalani hal etdi: Fransiyani 1792 yil chеgaralariga qaytarish va hokimiyat tеpasida Burbonlar sulolasini tiklash; Yevropada va mustamlakalarda Angliya, Rossiya, Prussiya va Avstriya manfaatlaridan kеlib chiqqan holda hududiy o`zgarishlarni amalga oshirish; hamma davlatning o’ziga xos maqsadi bor edi. Shu maqsad uchun har bir davlat harakat qildi. 1.1Fransiyada inqilob arafasidagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat. XIX asrning 40 -yillarida qishloq va shahar aholisining keng ommasi juda tez qashshoqlashib bordi. Shuning uchun ham 1841-yildan 1847-yilgacha Fransiyada ishchi va dehqonlar hamma joyda kurashga otlandilar. Ishchilar dehqonlar bilan birgalikda ko‘p vaqtda hukumat askarlari va politsiya bilanqonli jang qildilar. 1846-1848-yillardagi stachkalar ichida Riv-J‘e shaxtyorlarining aprel oyidagi ish tashlashi alohida o‘rin tutadi, bu ish tashlash bir yarim oycha davom etgan edi. Shahar va qishloq aholisining keng tabaqalari shaxtyorlarning ish tashlashini qo‘llab – quvvatladi. Tur shaxrida noyabr oyida ko‘tarilgan ish tashlash harakati siyosiy tus olib, Tur ishchilarining qishloq kambag‘allari bilan aloqa bog‘laganliklarini ko‘rsatdi. 1841-yilda aholini va soliq obyektlarini ro‘yxatga olish munosabati bilan ko‘tarilgan g‘alayonlar zo‘r inqiloblashtiruvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Ba‘zi joylarda soliq inspektorlari paydo bo‘lgan vaqtdayoq minglab dehqonlar, hunarmandlar, ishchilar qo‘zg‘aldilar. Inspektorlar haydab yuborilardi, ro‘yxat yirtib tashlanardi, faqat katta harbiy qismlar kelgach, ko‘pincha qattiq barrikada janglaridan keyingina ro‘yxatchilarning ishi yangidan boshlanardi. 1841-yilda Tuluzada ( iyul), Klermon-Ferranda ( 9-10 sentabr), Lill (avgust-sentabr) va uning atrofida ko‘tarilgan katta qo‘zg‘alonlarda shaharlar va ular atrofidagi qishloqlarning ming-minglab aholisi qatnashdi.Tuluza, Klermon – Ferran va boshqa ko‘pgina shaharlarda 1841-yilda soliqlarga qarshi ko‘tarilgan g‘alayonlar vaqtida ko‘chalarda inqilobiy gimn yangradi. Xalq katta harbiy qismlar kelguncha, bir oz vaqt g‘alaba qozondi. Bu jarayonlarda 1840-yil oktabrda hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan Gizoning faoliyatiga to‘xtalishimiz muhim hisoblanadi. U rasman faqat tashqi ishlar ministiri lavozimida bo‘lsada, haqiqatda 1848-yil inqilobiga qadar hokimiyatni o‘z qo‘lida tutib kelgan ministrlikning boshlig‘i edi.1847-yil sentabrda Gizo rasmiy ravishda Ministrlar sovetining raisi bo‘ldi.1 Konservatorlarga aylanib ketgan sobiq liberal Gizoning hokimiyat tepasiga kelishi iyul monarxiyasining butun siyosatida o‘ngga qarab burilish yuz berganini bildirar edi.Xalqaro ishlarda bu burilish Fransiya dushmanlariga, uning savdo sohasidagi raqiblariga yon berishdan iborat edi. Fransiya Angliyaning Yaqin Sharqda ustunlik qilishini tan oldi va o‘zining Misr, Suriya, Marokashdagi bosqinchilik planlarini amalga oshirishni kechiktirdi. Fransiya hukumati Gaiti oroli ustida kelib chiqqan janjal vaqtida ( 1843-1845) ham Angliyaga yon berdi. Gizo hukumati 1846-yilda Polsha mustaqilligining so‘nggi qoldig‘ini tugatishga to‘sqinlik qilishga jur‘at qilmasdan, Krakov shahrining Avstriya imperiyasiga qo‘shib olinishiga rozi bo‘ldi.Fransiya Gizo hukumatining xohishi bilan Shvetsariyadagi fuqarolar urushi vaqtida reaksion Zonderbund tomonini oldi. Bu esa Fransiya diplomatiyasining yana bir mag‘lubiyati edi.2 Gizoning reaksion siyosati sanoat burjuaziyasi o‘rtasidagi oppazitsion kayfiyatni kuchaytirdi va Fransiyadagi butun mehnatkash aholining noroziligini keskinlashtirib yubordi. Fransiyada siyosiy muvozanatning keskinlashuviga juda muhim iqtisodiy voqealar: 1845-1846 yillardagi kartoshka, bug‘doy, no‘xat hosili unmaganligi va 1847-yil kuzida Angliyada boshlanib, sal vaqt ichida Yevropa qit‘asidagi malakatlarga yoyilib ketgan umumiy savdo-sanoat inqirozi katta turtki bo‘ldi hamda yangi burjua-demakratik inqilobining boshlanishini tezlashtirdi. Fransiyada ham, Angliyadagi singari, sanoat inqirozi oldidan sanoat yuksaldi, shuningdek temiryo‘l qurilishida spekulyatsiya juda avj oldi. Qishloq xo‘jaligida yuz bergan ofatlar Angliyada ham juda katta ta‘sir ko‘rsatdi.Chetdan keltirilgan. 1847 yilkuzida Londondagi pul vahimasi ana shunday sharoitda ko‘tarildi.Angliya banki, uning ketidan boshqa banklar ham pul berishni kamaytirdi.Natijada ko‘pgina savdo-sanoat firmalari sindi. Bularning hammasi Fransiyada ham takrorlandi; lekin Fransiyadagi inqirozning inqilobiy vaziyatda yetilishi bilan katta xususiyatlari bor edi. Fransiyada kredit ishlari ilgari ham Angliyadagi darajada rivojlanmagan edi; shu sababli, Angliyadan farq qilib, Fransiyada 1847-yilning so‘nggi oylarida inqiroz eng yuqori nuqtasiga yetmagan edi ( buning ahamiyati juda katta edi). Aksincha, 1847-yilning so‘nggi oylarida juda ko‘p mayda savdogarlar va sanoatchilargina sindi. Shu bilan birga inqiroz sharoitida chet el bozorida savdo qilolmay qolgan katta-katta –Parij savdogarlari o‘z ishlarini ichki bozordagi savdo –sotiq bilan saqlab qolmoqchi bo‘ldilar.― Ular katta – katta firmalar tuzdilar, bu firmalarning raqobati mayda baqqollarni va do‘konlarni ko‘plab xonavayron qila boshladi. Parij burjuaziyasining bu qismi ichida ko‘p kishilarning sinishi va fevral kunlarida bu qismning inqilobiy xatti-harakatda bolishining sababi ham shu edi. 1848 – yil boshlarida chet ellarga metall ishlash sanoati buyumlari, polotno, jun va shoyi tovarlar hamda ko‘pgina boshqa buyumlar chiqarish kamaydi. 1847-yilgi moliya inqirozi ham katta va alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. 1847-yildagi davlat defitsiti butun byudjetining 25 % ga yetdi.Davlatning qarzga botishi moliya aristakratiyasi uchun foydali edi.Ya‘ni, doimiy davlat defitsiti, agar u, davlatni sindirish xavfini tug‘dirmasa, bankirlar birja vakillari uchun- davlatga qarz berib turuvchilar uchun haqiqiy daromat manbai edi.Lekin 1847-yildagi inqiroz sharoitida moliyachilarning shaxsiy mafaatparastligi moliya aristokratiyasining o‘ziga zarar yetkazdi, omonat kassalari bo‘shab qoldi, pul quyuvchilarning o‘z pullarini qaytarib oldilar.Gizo davlatning sinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ichki zayom chiqarishga majbur bo‘ldi. Iqtisodiy inqiroz va hosilsizlik natijasida mehnatkashlar ommasining, mayda burjuaziya keng tabaqalarining ahvoli 1846-1847 yillarda juda ham o‘girlashib ketdi. Shu munosabat bilan ommaning aktivligi kuchaydi, bu aktivlik g‘alla spekulyatlarining uylari va omborxonalariga qilingan hujumlarda, ish tashlashlarda aks etdi. 1847-yilda oziq-ovqat qahatchiligiga qarshi ko‘tarilgan g‘alayonlar ichida Byuzans shahrida ikkita g‘alla spekulyarining o‘ldirilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1847-yildagi ish tashlash harakatiga Nant shahridagi g‘isht teruvchilar va binokor ishchilarning, ko‘pdan-ko‘p qamoqqa olishlarga va shaharda harbiy qismlar bo‘lishiga qaramay, uch oy chamasi ya‘ni 1847-yil sentabrgacha davom etgan ish tashlashlari zo‘r matonat va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Ziyofat kompaniyasi deb atalgan kompaniya 1847-yilda yangidan boshlanib ketdi. Ishchilar, 1840-yildagidek, ba‘zi ziyofatlarda qatnashdilar. 1848-yil 2 yanvarda Limojda bo‘lib o‘tgan ziyofat alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu ziyofatni Per Leruga atab uyushtirilgan edi, lekin ziyofatda qatnashgan ishchilar o‘zlarining ma‘lum maqsad va vazifalarini ko‘rsatishga ham harakat qiladilar. 1847-yilda ― progressiv konservatorlarning yangi burjua-monarxistlar gruppasi vujudga keldi. Bu gruppaga orleanist publitsist de Jirarden boshchilik qildi. U 1847-yilda: ― Biz– oppazitsiyadamiz, ammo oppazitsiyadan emasmiz‖ dedi. Bu gruppaning vujudga kelishi ― yuqori tabaqalar inqirozi‖ ning o‘ziga xos ko‘rinishi edi. Haqiqatdan ham, kechagina Lui-Filipp monarxiyasining sodiq tarafdorlari bo‘lgan ― progressiv konservatorlar‖ hukumat tepasidagi partiyadan faqat chuqur siyosiy inqiroz sharoitidagina ajralib chiqa oladilar. ―Progressiv kuchlarning dasturi boshda faqat iqtisodiy islohatlar bilangina cheklangan edi, lekin keyin ― progressiv konservatorlar‖ ham saylov islohatini yoqlab chiqdilar. Monarxistlarning ilgari ham oppazitsiyada bo‘lgan boshqa bir gruppasiga, avvalgicha, advokat Odilon Barro boshchilik qildi: ― sulola oppozitsiyasi deb atalgan bu gruppa ham orleanistlardan iborat bo‘lsada, u monarxist yirik savdosanoat burjuaziyasiga mansub bo‘lgan shunday doiralarning partiyasi sifatida vujudga keldiki, bu doiralar davlat hokimiyatidan foydalanmas edi.1 inqilob arafasidagi ijtimoiy hayot va siyosiy vaziyatga A.I.Gersenning qarashlariga e‘tibor beradigan bo‘lsak, u aytadiki, Fransiyada feodalizm yo‘q edi. Lekin qirol Lui Filipp davrida siyosiy hokimiyat faqat burjuaziyaning yuqori tabaqasi qo‘lida edi. Kapitalizm rivojlangan sari sanoat burjuaziyasi boyib bordi. Lekin Fransiyada burjuaziyaning keng qatlamlari hatto saylov huquqiga ham ega emas edilar. Siyosiy jihatdan huquqsiz bo‘lgan ishchilar sinfining ahvoli ham nihoyatda og‘ir edi. A.I.Gersen Fransiyada 1848-yilgi inqilobiy vaziyat burjua keng qatlamlarining o‘z siyosiy huquqsizligidan noroziligi va ishchilar sinfining kapitalistik ekspluatatsiyaga qarshi kurashi natijasida vujudga kelgan edi deb yanada soddalashtirib izohlab beradi . Bundan tashqari mamlakatda iqtisodiy muommolar ham yuzaga keldi. Kartoshka kasalligi orqasidan paydo bo‘lgan qahatchilik munosabati bilan Fransiyada xalq ommasining ahvoli keskin yomonlashdi. Kartoshka kasalligi 1845-1847-yillar mobaynida butun Yevropa bo‘ylab tarqalgan edi. Buning oqibatida asosiy yeguligi kartoshka bo‘lgan kammag‘allarning ahvoli ancha og‘irlashib qoldi. 1847-yilda navbatdagi iqtisodiy inqiroz boshlanib, bir qancha kapitalistik davlatlarni qamrab oldi. Fransiyada sanoat ishlab chiqarishi 50% ga qisqardi, ommaviy ishsizlik boshlandi.2 Burjuaziya qattiq turib, saylov islohatini o‘tkazishni talab qildi. Ko‘p kishilik banket-majlislar tashkil qilinib, qadah ko‘tarish bahonasi bilan siyosiy nutqlar so‘zlandi. Ishchilar burjuaziyaning saylov haqidagi talabini qo‘llab quvvatladilar. Hukumat poraxo‘rlik, har xil firibgarlik botqog‘iga botib ketdi va yirik burjuaziyaning bir qismi oldida ham o‘z obro‘yini yo‘qotib qo‘ydi. Mamlakatda inqilobiy vaziyat kundan kun avj olib ketdi12 . 23-fevralda qo‘shinlar qurolsiz olomonni o‘qqa tutdi, 50 dan ortiq kishi o‘ldirildi. Shundan keyin butun mehnatkash patij aholisi kurashga otlandi. Mamlakat bo‘ylab barrikada janglari avj olib, qurolli to‘qnashuv Parij shahrining deyarli barcha ko‘chalari bo‘ylab tarqaldi. Barrikada janglarining asosiy qatnashchilari hunarmandlar, ishchilar hamda mayda burjuaziya vakillaridan iborat edi. Biroq yirik burjuaziya jamoasi namoyishchilarga qarshi uyushqoqlik bilan harakat qilishdi, barrikadalar soni kengayishining oldini olish uchun barcha choralardan foydalandi. Hukumat qo‘shinlari yirik burjuaziya va ayrim feudal-monarxiya tarafdorlari yordami bilan namoyishchilar o‘rtasiga ixtilof solishga urindilar, namoyishchilarni turli yolg‘on g‘oyalari bilan chalg‘itishga intildi. Ammo qo‘zg‘alonchilar bu aldovlarga uchmadilar, ularni shiddat bilan harakat qilishda ayrim yetakchi inqilobchilar ma‘naviy qo‘llab-quvvatladilar. Shulardan biri Ogyust Blank bo‘lib, u qo‘zg‘alonchilarni hukumat tomonidan berilayotgan moddiy yordam va ijtimoiy imtiyozlar vaqtinchalik ekanligini hamda siyosiy huquqlarni deyarli bajarmasliklarini uqtiradi . 1848-yil 25- fevralda mamlakat bo‘ylab yirik namoyish yuzaga keldi, namoyishchilar hukumat rahbarlariga qat‘iy talablar qo‘yishdilar. Namoyishchilarning talablari birinchi navbatda mamlakatdagi ijtimoiy huquqlar va siyosiy boshqaruv tuzumi haqida edi. 1.2 1848-yil inqilobining boshlanishi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ishchilar munosabati. 1848-yil 23-fevral kechqurun Parij markazi Kaputsino bulvarida fojiaviy qo‘zg‘alon boshlandi. Gizo yashagan tashqi ishlar vazirligi binosi tomon yo‘l olgan qurolsiz demostrantlar to‘dasi binoni qo‘riqlovchilar tomonidan otib tashlandi. Bir necha o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, bir qanchasi yaralandi.Bu mudhish voqea to‘g‘risidagi xabar butun shahar bo‘ylab tarqaldi, Parijning barcha mehnatkash aholisi oyoqqa turdi. Minglab ishchi, hunarmandlar, talabalar jangga kirdi va bir kechada 1500 dan ortiq barrikada qurishdi. Monarxiyaga qarshi qo‘zg‘alon umumxalq xarakteriga ega bo‘ldi. Uning o‘zagi va tashkil etuvchi kuchi maxfiy respublika jamiyatlari a‘zolari bo‘lishdi. 24-fevral tongida Parij ko‘chalaridagi kurash avj oldi.Milliy gvardiyaning katta qismi qo‘zg‘alonga qo‘shildi.Xalq okruglar meriyalarini bosib olishdi.Peshinga borib qirol qarorgohi – Tyumliriy saroyiga qo‘zg‘alonchi xalq otryadi hujum boshlashdi.14Lui-Filiff chorasiZ holatda qolib taxtdan voz kechadi.Bundan keyin qirol va uning oilasi poytaxtni tark etib Angliyaga qochadi.Tyumliriy saroyi xalq tomonidan bosib olinadi, qirol taxti Bastiliya maydoniga ko‘chirilib va tantanali ravishda yoqib yuboriladi. Respublika deputatlari guruhlari Lamartinni o‘z tomonlariga og‘dirib, Muddatli hokimikyatni tuzish taklifi bilan chiqdi va shu yerda masalani parlamentning majlislar zaliga bostirib kirgan barrikada jangchilari hal qildi. Muddatli hokimiyatning shakllanishi Fransiyaning an‘anaviy joyi – Parij shahar Ratushasida sodir bo‘ldi. Lekin bu bilan xalq isyoni yakunlanmadi. Vaqtli hukumat tarkibi to‘g‘risidagi ―Natsional va ―Reform arboblari o‘rtasidagi tortishuvlar vaqtida qo‘shni xonada ―Xalq deputatlarining o‘zboshimcha qo‘mitasi tuzildi, bu qo‘mita hukumat ishlarini kuzatishni, uning majlislarida ishtirok etishni, xalqqa zudlik bilan uning natijalari va so‘zsiz respublikaning e‘lon qilinishi kerakligini xohlagan.1 Bu markaziy masalaning yechimi inqilob g‘alabasi davrida sinfiy kuchlarning o‘ziga xos munosabatlarini yorqin namoyan etdi.O‘z tarkibiga ko‘ra Vaqtli hukumat koalitsiyasi edi. Hukumatdagi raxbarlik roli burjuaziya – respublikachi vazirlariga tegishli edi, ularga asosiy hukumat lavozimlari tegishli edi. Vaqtli hukumat raisi etib 1830-yil inqilobi ishtirokchisi qariya Dyupon de L‘er saylandi. Hukumatning haqiqiy rahbari tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan Lamartin edi.―Reforma‖ ning mayda burjuaziya sardorlaridan faqat Ledryu- Rollan tashqi ishlar vaziri lavozimini olgan. Fevral inqilobi davrida Parij proletariyati katta kuch va ta‘sirga ega edi. Kuchlarning haqiqiy munosabati respublika haqidagi masalani chiqardi. Lamartin, Dyupon, Kreme va boshqa burjuaziya vazirlari bu masalaning yechimini topishga qarshilik qildi. 24-fevral kechki soatlarda Lamartin va boshqa vazirlar zudlik bilan respublikaning e‘lon qilinmasligi uchun har tomonlama harakat qilishdi. Biroq Parij ishchilari respublika haqidagi masalaning yaxshi tomonga hal bo‘lmasligini bilib, norozilik bildirdi.Ular tezkor, aniq, hech bir to‘siqlarsiz yechimini topishga qilishgan. 25-fevral ertalab xalq ommasi Ratusha binosi va maydonni yana to‘ldirdi. Hukumat tepasiga kelgan ishchi deputatlari zudlik bilan respublikaning e‘lon qilinishini talab qildi, uning boshida mashhur inqilob arbobi, shifokor Raspayl turgan, u Parij ishchilari orasida jida mashhur edi.1 Agar bu talab 2 soat davomida bajarilmasa, 200 ming parijliklar bilan kelib yanqi inqilobni amalga oshirishni aytib po‘pisa qilgan. Bu po‘pisa ta‘sirga ega bo‘ldi.Ikki soat o‘tmay respublika e‘lon qilindi.Parij ishchilari respublika to‘g‘risidagi burjuaziyadan farq qiluvchi tasavvurlardan ta‘sirlangan. Fransiya ishchilarida respublika shiori ozodlik, tenglik, do‘stlikni amalga oshiruvchi g‘oya va orzular bilan uzliksiz bog‘liq edi. Shuning uchun ham Parij ishchilari fevral kunlari nafaqat respublikani, balki ― demakratik va ijtimoiy respublika ‖ ni talab qilgan. Bunday shior nafaqat sinfiy hukmdorlikning monarxik shaklini, balki sinfiy hukmdorlikni o‘zini bartaraf etuvchi respublikaga noaniq intilishni ifodalagan. Bu shiorning mazmuni Vaqtli hukumatga respublikaning e‘lon qilinganidan keyin zudlik bilan ishchi qo‘zg‘alonchilarning qizil bayroqni respublikaning davlat bayrog‘i deb tan olinishi haqidagi ko‘rsatilgan talabida, shuningdek ishchi delegatsiyaning ―mehnat huquqini qonuniy tan olish haqidagi talabida ochib berilgan. ‘Mehnat huquqi‘‘ ishchilar ommasida keng tarqaldi. U inqilob davrida ishchilar harakatining asosiy shiori bo‘lib qoldi. Bu shior ishchilarning ijtimoiy taraqqiyot, ishsizlikka qarshi kurash talabi va mehnatkashlar uchun ishni kafolatlash uchun bo‘lgan kurashni ifodalagan.16 Shu bilan birga ―Mehnat huquqi‖ ishchilarning notinch sotsialistik intilishi, ishlab chiqarishning kapitalistik anarxiyasini muhokama qilishlari va uni yangilash istagini ifodalagan. Vaqtli hukumat qizil bayroq haqidagi talabni oson rad etishdi. Vazirlar o‘rtasidagi kuchli munozaralardan keyin Lui Blan va Alber ishchilarning bu talablari rad etilsa , hukumatdan chiqib ketishlarini aytgan. Vaqtli hukumat ishchi sinfiga yon bosdi.Hukumat tomonidan ish vaqtini 1 soatga qisqartirish haqidagi dekret qabul qilindi.4-martda Fransiyada 21 yoshga to‘lgan erkalar uchun umumiy saylash huquqini kiritish haqidagi dekret qabul qilindi. Bu voqealarning yakunida Fransiya ishchilari 1848-yilning fevral kunlari XIX asrning birinchi demakratik respublikasini zabt etib siyosiy sharoit tayyorlanmagan.1848-yil inqilobining tarixiy mazmuni Fransiyadagi burjuaziya tuzumining siyosiy qayta ta‘mirlanishi bo‘ldi, u yetuk kapitalizmning keng rivojanishiga bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etgan bo‘lar edi. Sanoat to‘ntarishi, fabrika – zavod sanoatining qurilishi va rivojlanishi burjuaziya davlatining yanada yetuk siyosiy shakllarini talab qilgan. Bunday shakllarni yaratish kerak edi. Chunki XIX asrning birinchi yarmida Fransiya burjuaziyasining siyosiy hukmdorligi to‘la tashkil etilmadi va sof siyosiy ifodasini topmadi. Haqiqiy siyosiy shakl o‘shanda burjuaziya respublikasi edi. Shuning uchun ham Fransiyada XIX asr o‘rtalarida burjuaziya – demakratik inqilob ob‘ektiv navbatda turgan edi. Biroq sanoat to‘ntarilishi sharoitida ko‘proq barcha burjuaziya inqilobi qonunlari namoyon bo‘lgan. Demakratik inqilob anti burjuaziya va antikapitalistik yo‘nalishni qabul qilgan ijtimoiy portlash bo‘ldi. Keyingi jarayonlarda inqilobning juda zaif rivojlanishini ko‘rish mumkin. Bunday zaiflikning asosiy omillaridan biri yoki manbai sifatida shunday o‘ylash mumkinki, ishchi ommasida hukmronlik qilgan jamiyatni tinchlik yo‘li bilan qayta qurish imkoni haqidagi soxta tushunchalar edi. Bu mayda burjuaziya soxta tushunchalari inqilobning ilk haftasining vaziyati bilan qo‘llab-quvvatlangan. Ingliz baronessasi Red yaqinlariga Parijdan turib shunday yozgan:”Biz hammamiz soyabonsiz yuramiz va ishchilarimizga bo‘ysinamiz”. “Barcha joyda ― Ishchilar oldida bo‘ysinamiz” ! degan shior osilgan edi. Ishchilarning buruaziyaga bo‘lgan ishonchi Lui Blan va Alberning hokimiyatda mavjud bo‘lishi bilan yanada mustahkamlandi. Bu holat ― ishchi sinfning inqilobiy harakatlarini umumiy to‘xtatdi‖. Sotsialist vazirlarning siyosati xiyonatkorona bo‘ldi. Ular ishchi ommadan o‘zlarining burjua-respublikachi vazirlar bilan kelishmovchiliklarini yashirgan va ularning ishchilarga bo‘lgan yovuzlarcha fikrini yashirgan . ―Tezkor gvardiyaning loyihasi birdan ikki qiyonni o‘ldirgan. Birinchidan, bu chora inqilobning ilk kunlarida Vaqtli hukumatga yetmagan qurolli kuchlarni tezroq tuzishga yordam berdi, bunda Parijlik ishchilar birma-bir qurollangan va milliy gvardiyada ishtirok etish huquqini olgan. Vaqtli hukumat M.Kassider tuzgan yangi poytaxt politsiyasiga ishonmadi. M.Kassiderning politsiya kuchi barrikada jangchilari va maxfiy jamiyat ishtirokchilaridan tuzilgan bo‘lib,Vaqtli hukumatga bo‘ysinmasdi. Ular o‘zlarini ― Inqilobning avtonom kuchi, ―montanerlar deb atashgan. Undan tashqari, ―Tezkor gvardiyani tuzish bilan hukumat inqilob kuchiga qarshi ishsiz yoshlarni yollashga harakat qilgan. 26- fevralda Parijda ishsizlar uchun ijtimoiy ishlar tuzish haqidagi Vaqtli hukumat qarori chiqdi. 2.1. Vena kongressining qarorlarining natijasida tashkil topgan German ittifoqi Vena kongressi (1814-15) – Napoleon I armiyasi tor-mor etilgach, gʻolib davlatlar Vena shahrida anjuman o’tkazdilar. Vena kongressida Turkiyadan tashqari barcha Yevropa davlatlari qatnashgan. Maqsad — Napoleon I urushlari natijasida barham topgan tartiblarni va bir necha mamlakatlarda mustabid sulolalarni qayta tiklash, Napaleon tuzumiga, inqilobiy harakatlar hamda yangi urushlarga yoʻl qoʻymaslik, gʻolib davlatlarning hududiy daʼvolarini qondirish kabi masalalarni koʻrib chiqishdan iborat edi. Vena kongressida Fransiyaning yangi chegarasi tortishuvsiz belgilandi. uning uchun anchagina yengil sulh shartnomasi tuzildi. Avstriya, Angliya, Ispaniya, Portugaliya, Prussiya, Rossiya, Fransiya, Shvetsiya yakunlovchi bosh hujjatga imzo chekishdi. Unga koʻra, Fransiya bosib olgan yerlaridan ajraldi Belgiya va Gollandiya Niderlandiyaga birlashtirildi Shveysariya chegarasi kengaytirilib, betaraf davlat deb eʼlon qilindi. Angliya Gollandiya va Fransiya mustamlakalarini oʻz tasarrufiga oldi. Polsha qirolligi Rossiyaga oʻtdi, german davlatlaridan iborat German ittifoqi tuzildi, Avstriyaga Italiyaning talay hududlari olib berildi. Rossiya Yevropa sharqida tugatilgan Varshava gеrsogligining dеyarli butun hududini bosib olmoqchi bo`ldi. Bu vazifaning hal qilinishini osonlashtirish uchun Alеksandr polyak dvoryanlarining bir qismi bilan til biriktirdi - Polshada mahalliy qonunlarni saqlab qolishni hamda Polshaga chеklangan, aristokratik konstitutsiya va o`z armiyasiga ega bo`lish huquqi bеrishni va'da qildi.Avstriya bilan Prussiya Aleksandr I ning bu ishiga norozilik bildirdilar, bu ikki davlat o`zlari olmoqchi bo`lgan polyak viloyatlariga hеch qanday muhtoriyat berishni istamadilar. Alеksandr I polyak yеrlaridan katta bir qismining Rossiyaga o`tishiga Prussiyaning roziligini olish maqsadida Prussiyaning butun Saksoniyani olish to`g`risidagi da`vosini qo`llab-quvvatlashga va'da bеrdi. Prussiya qiroli singari, Alеksandr I ham bosqinchilik niyatida edi. Saksoniya qirolining (ayni zamonda u Varshava gеrtsogi ham edi) Napolеonga ittifoqchi va vassal bo`lganligi Polsha bilan Saksoniyaning taqsimlab olinishiga bahona bo`ldi . Alеksandr I polyak yеrlaridan katta bir qismining Rossiyaga o`tishiga Prussiyaning roziligini olish maqsadida Prussiyaning butun Saksoniyani olish to`g`risidagi da`vosini qo`llab-quvvatlashga va'da bеrdi. Prussiya qiroli singari, Alеksandr I ham bosqinchilik niyatida edi. Saksoniya qirolining (ayni zamonda u Varshava gеrsogi ham edi) Napolеonga ittifoqchi va vassal bo`lganligi Polsha bilan Saksoniyaning taqsimlab olinishiga bahona bo`ldi.1 Angilya Reyn daryosi bo’yidagi Prussiyani kuchaytirishga katta ahamiyat bеrdi. Ingliz diplomatiyasi o`zining Yevropadagi siyosatini Yevropa qit'asidagi davlatlarni bir-biriga qarama-qarshi qilib qo`yishga qaratdi. Angilya Polshani yangidan taqsimlashda uning Rossiyaga o`tishi mumkin bo`lgan qismini kamaytirishga va Avstriya bilan Prussiyaning hissasini ko`paytirishga harakat qildi. Vеna kongrеssida Avstriyaning vakili knyaz Mеttеrnix edi. Inqilobiy va milliy-ozodlik harakatlari chinakam «xalqlar turmasi» bo`lgan ko`p millatli Gabsburglar monarxiyasining hayotiga xavf solmoqda edi. Shu sababli, Mеttеrnix monarxlarni inqilob bilan qo`rqitib va ularni jipslashtirib, rеaksiya tamoyillarini zo`r bеrib himoya qildi. Avstriya hukumati Prussiya bilan Rossiyaning kuchayib kеtishiga mumkin qadar yo`l qo`ymaslikka harakat qildi. Mеttеrnixning Gеrmaniya masalasida tutgan siyosati Gеrmaniyaning tarqoqligini saqlab qolish bilan birga unda Avstriya ta'sirining ustun bo`lishini ta'minlashdan iborat edi. Vеna kongrеssida Avstriyaning vakili knyaz Mеttеrnix edi. Inqilobiy va milliy-ozodlik harakatlari chinakam «xalqlar turmasi» bo`lgan ko`p millatli Gabsburglar monarxiyasining hayotiga xavf solmoqda edi. Shu sababli, Mеttеrnix monarxlarni inqilob bilan qo`rqitib va ularni jipslashtirib, rеaksiya tamoyillarini zo`r bеrib himoya qildi. Avstriya hukumati Prussiya bilan Rossiyaning kuchayib kеtishiga mumkin qadar yo`l qo`ymaslikka harakat qildi. Mеttеrnixning Gеrmaniya masalasida tutgan siyosati Gеrmaniyaning tarqoqligini saqlab qolish bilan birga unda Avstriya ta'sirining ustun bo`lishini ta'minlashdan iborat edi . Prussiyaning Vеna kongrеssida yuritgan siyosatning nеgizi pruss yunkеrlari ahvolini mustahkamlashdan, Saksoniyani bosib olish va ayni zamonda Rеyn daryosi bo`yidagi boy yеrlarni qo`lga kiritishdan iborat edi. Fransiya hukumati Prussiyani Fransiyaning o`ta kеtgan dushmani, dеb bildi va Saksoniya qo`shib bеrilgan taqdirda pruss monarxiyasining yanada kuchayib kеtishidan xavfsiradi. Fransiya hukumatida Prussiyaga protеstantlar yashaydigan Saksoniya o`rniga katoliklar yashaydigan Rеyn viloyati bilan Vеstfaliyani bеrish mayli bor edi, Fransiya hukumati, Prussiya bu ikki o`lkani o`ziga qo`shib ololmaydi, dеb o`ylagan edi. Shu sababli Talеyran Vеna kongrеssida Prussiyaning Saksoniyani bosib olishiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdi. Talеyran kongrеssda davlatlar o`rtasida ro`y bеrgan ziddiyatlardan ustalik bilan foydalandi. Bu ziddiyatlardan foydalanib, Talеyran, Fransiya urushda tor-mor qilingan bo`lishiga qaramay, kongrеssda bеshinchi buyuk davlat vakili sifatida o`rin ola bildi. Prussiya Saksoniyaning hammasini emas, balki shimoliy qisminigina olishga rozi bo`ldi, Saksoniyaning janubiy qismi mustaqil qirollik bo`lib qoldi. Podsho ham sobiq Varshava gеrtsogligining hamma yеrini o`z mulklariga qo`shib olishdan voz kеchishga majbur bo`ldi, gеrtsoglikka qarashli hududning katta bir qismi Rossiyaga o`tdi, Poznan bilan Gdansk (Dansig) Prussiya qo`lida qoldi. Bundan tashqari Shvеtsiya Pomеraniyasi Prussiyaga tеgdi, Galitsiya esa Avstriyaga bеrildi.G`arbda ilgari mayda knyazliklarning yеrlaridan tashkil topgan ikkita katta viloyat- Rеyn viloyati bilan Vеstfaliyani Prussiyaga qo`shishga qaror qilindi. Gеrmaniyaning bu viloyatlari iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy qilgan bo`lib, stratеgiya jihatidan muhim ahamiyatga ega edi. Bu viloyatlarning qo`shib bеrilishi Prussiyaga kеyinchalik Gеrmaniyaning katta qismini bo`ysundirish hamda Fransiyaning eng kuchli va eng xavfli dushmaniga aylanish imkoniyatini bеrdi. Metternix tagidan zil kеtgan ko`p millatli Gabsburglar monarxiyasini va Germaniya ustidan Avstriya zulmini saqlab turish maqsadida 1815 yildan boshlab milliy-ozodlik harakatlarini ta'qib qilishni kuchaytirdi hamda Avstriya impеriyasidagi turli millatlarni idora etnsh osonroq bo`lishi uchun ularni doimiy ravishda bir-birlariga qarshi o`chakishtirib turdi. «Metternix tizimi»ning mohiyati ana shundan iborat edi. Avstriya hukumati Bolqon xalqlarining milliy uyg`onishi Avstriya imperiyasidagi mazlum millatlarining ozodlik harakatiga bir turtki bo`lishidan qo`rqib, Bolqon xalqlarining Turkiya zulmidan ozod bo`lishiga har qanday yo`llar bilan qarshilik ko`rsatishga harakat qildi.1 Avstriya hukumati Germaniyada ustun bo`lib olib, uning tarqoqligini saqlab qolishga intildi hamda Germaniyadagi ozodlik va dеmokratik harakatning hamma ko`ripishini ta'qib qildi. Milliy-birlashtiruvchilik harakatiga dushman bo`lgan Prussiya qiroli va Prussiya yunkerlari Metternixning siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etdilar. Rossiyada arakchеyеvchilik rеjimi hukm surar va erkin fikrlashinng har qanday ko`rinishlarini ta'qib qilardi. Bu krepostnoylikni hamda podsho mutlaq hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan siyosat edi1. Angliyada rеaksiya burjuazodagonlik xarakterida bo`lsa ham lеkin ko`p hollarda qit'adagi ahvoldan qolishmas edi. 1819 yilda Germaniyada yangidan-yangi tadbirlar ko`rildi. Metternix va Prussiya qiroli Fridrix-Vilgеlm III nemis davlatlaridagi inqilobiy harakatlarga qarshi birgalikda kurashish to`g'risida Tеplitsada bitim tuzdilar. Shu maqsadda o`sha yili Karlsbad (Karlovi-Vari)da nеmis hukumatlari vakillarinhig konferеntsiyasi bo`lib, unda matbuotga, universitеtlar va talabalarga qarshi shafqatsiz choralar ko`rishga qaror qilindi. Germaniya ittifoqi sеymi tarkibidan saylanadigan bеsh a'zodan iborat komissiyaga hamma vositalarni ishga solib, hatto qurolli kuchlarni ishlatib bo`lsa ham, «qonuniy tartib»ni saqlash vazifasi yuklatilgan edi. Hamma universitеtlar maxsus kuratorlar nazorati ostiga olindi, bu kuratorlar talabalarnigina emas, balki profеssorlarni ham qamay olar edi. Talabalarning «burshеnshaftlar» dеb atalgan o`rtoqlik jamiyatlari (zеmlyachеstvolari) va to`garaklari taqiqlandi, ularnning a'zolari kеlajakda davlat xizmatida biron lavozimni egallash huquqidan mahrum etildi. Har bir hukumat Germaniya ittifoqidagi boshqa davlatlardan inqilobiy va hatto muholifatchi yozuvchilarni va ularning asarlarini nashr qilib chiqaruvchilarni ta'qib qilishni talab eta olar edi. Lеkin, shunga qaramay, Metternix Karlsbadda ham janubiy Germaniya davlatlarining konstitutsiyalarini bеkor qildirishga erisha olmadi.1 2.2.1848-yildagi Germaniyada inqilobning sabablari va maqsadlari. Germaniya inqilobining asosiy sababi - o`rta asr feodal tartiblarning kapitalizm taraqqiyotiga hamon to`siq bo`lib kelayotganligi edi. Buning natijasida Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surdi. Oqibatda yagona umumiy bozor vujudga kelmadi. Sanoat va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi boshqa ilg`or davlatlardan orqada qoldi. Zo`ravonlikka asoslangan davlat apparati har qanday hur fikrni qatag`on qilar edi. Bu omillar Germaniyada ham inqilobning yetilishiga olib keldi. Inqilobning asosiy maqsadi, Germaniyaning siyosiy tarqoqligiga barham berish va feodal tartiblarni tugatish edi. Inqilobga burjuaziya rahbarlik qildi.1 U konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori edi. Mayda va o`rta burjuaziya, ishchilar, ziyolilar inqilobning harakatlantiruvchi kuchini tashkil etdi. Yevropaning boshqa davlatlarida 1847yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz Germaniyani ham chetlab o`tmadi. Bu inqiroz ishsizlikning ko`payishiga, ish haqining pasayishiga olib keldi. Barcha tovarlar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi ko`tarilib ketdi. 1847- yilda Germaniyada och qolgan aholi ko`chaga chiqdi. Hukumat davlat xazinasi bankro`t yoqasiga kelib qolganligi uchun keskinlikni yumshatishga zarur mablag` ajrata olmas edi. Natijada siyosiy vaziyat yanada keskinlashdi. Fransiyada boshlangan 1848- yilgi fevral inqilobi Germaniyada ham inqilob boshlanishida uchqun vazifasini o`tadi. 18-mart kuni Berlinda qo`zg`olon boshlandi. Berlin ko`chalari barrikadalar bilan qamrab olindi. Tun bo`yi shiddatli ko`cha janglari davom etdi. Prussiya qiroli qo`zg`olonchilarga qarshi kurashayotgan harbiy qismni olib chiqish haqida buyruq berishga majbur bo`ldi. U endi murosa yo`lini izlay boshladi. Qirol burjuaziyaning talabi bilan Millat majlisiga (parlament) saylov belgilashga va Konstitutsiya ishlab chiqishga va'da berdi. Millat majlisi amalda hech qanday tub islohotlarni amalga oshira olmadi. Joriy etilgan Konstitutsiya ham amalda hukmron tabaqalar manfaatiga xizmat qildi. Germaniya burjuaziyasi qirol hokimiyati va katta yer egalari bilan kelishish yo`lini tutganligi buning asosiy sababi bo`ldi. Siyosiy vaziyatning bir oz bo`lsa-da, yumshashiga erishgan qirol hokimiyati inqilobni bostirishga erishdi. Prussiya qirolligi Germaniyada eng kuchli qo`shunga ega bo`lganligi uchun boshqa mayda german davlatlaridagi inqilobiy harakatni ham bostirishda qatnashdi. Inqilob yengildi, biroq u Germaniyada monarxiya va reaksiyani yemira olmadi. Oqibatda Germaniyada eski feodal tartiblar saqlanib qolaverdi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik hukm suraverdi. Biroq inqilob butunlay izsiz ketmadi. 1848- yilda Prussiya qirolligida Konstitutsiya joriy etilishining o`zi katta siyosiy yutuq edi. 1848-yildagi Germaniy inqilobi Markaziy Yevropaning katta qismlarida burjua-demokratik va milliy qo'zg'olonlarning bir qismi edi. Uning asosiy ichki bahosi Germaniyani birlashtirish, knyazlarning, Germaniya davlatlarining iqtisodiy hayotiga hukmron feodal kuchlarning aralashuviga barham berish, kapitalistik munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun yo'l ochish masalasi edi. Germaniyani birlashtirish g'oyasi liberal burjuaziya orasida keng qabul qilindi. Inqilob davrida birinchi butun Germaniya parlamenti - Frankfurt milliy majlisi tashkil qilindi va senzura bekor qilindi. 1848 yil 22 fevralda Parijning o'n ikkinchi shahar okrugida (Franssiyada) isyonchilarni qo'zg'atgan milliy gvardiyaning "islohotchi" ziyofati (muxolifat saylov qonunchiligini isloh qilishni talab qilganligi sababli) taqiqlandi. 1848 yildagi Fransiyadagi inqilob natijasida qirol Lui-Filipp I iste'foga chiqdi.1 Ushbu voqealar Germaniyadagi mart inqilobiga sabab bo'ldi. Katta yig'ilishlar va ommaviy namoyishlar mamlakatning janubi va g'arbida bo'lib o'tdi. Aksariyat aholi matbuot, yig'ilish va Germaniya milliy parlamentining erkinligini talab qildi. Geydelbergda (Baden) 1848 yil 5 martda bir guruh nemis liberallari Germaniya parlamentiga saylovlarga tayyorgarlik ko'rishni boshladilar. Parlamentdan oldingi yig'ilish 31 mart kuni Sankt-Pol shahridagi Frankfurt cherkovida yig'ildi. Uning a'zolari Germaniyaning ko'pchilik knyazliklari tomonidan kelishilgan Germaniya milliy parlamentiga bepul saylovlar o'tkazishga chaqirdilar. Nihoyat, 1848 yil 18 mayda Germaniya parlamenti o'zining birinchi sessiyasini Avliyo Pol cherkovida ochdi. 586 deputat ichida juda ko'p professor (94), o'qituvchilar (30) yoki oliy ma'lumotga ega bo'lganlar (233) bo'lganligi sababli, u "profesional parlament" deb nom oldi. Germaniyadagi voqealar 1848–1849 yillarda Frankfurt milliy majlisiga tegishli bo'lib, unda barcha nemislar delegatlari (585 kishi) ishtirok etdilar. Uchrashuv 1848 yil 15-may kuni ish boshladi. Delegatlar o'rtasida keskin kelishmovchiliklarga qaramay, assambleya imperiya konstitutsiyasini qabul qilishga muvaffaq bo'ldi, unga binoan Germaniya konstitutsiyalar federatsiyasi deb e'lon qilindi. monarxiya, tashkil topganlar. monarx. Konstitutsiyada umumiy fermer xo'jaliklarini tashkil etish ko'zda tutilgan. Quyi palatasi saylov yo'li bilan tashkil etilishi lozim bo'lgan parlament, yuqori palataga esa parlamentlar va yer hukumatlari vakillari kiradi. Maxsus joyda Assambleiya tomonidan kafolatlangan konstitutsiyaning bo'limi tashkil topdi. Ko'pgina nemislar butun Germaniya konstitutsiyasini tan olishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Biroq davlatlar, uni eng muhimlari – Avstriya tomonidan rad etishdi. Imperiya, Prussiya Qirolligi, Bavariya, Saksoniya va Gannover Frederik Uilyam IV Frankfurtlik deputatlar qo'lidan unga taklif qilingan imperator tojini qabul qilishdan bosh tortdi. Uchrashuvlar 1849 yil may oyida Drezden va o'sha yilning may va iyul oylarida Baden va Palatinada qo'zg'olonlar, ishtirokchilar imperiya konstitutsiyasining kuchga kirishini talab qilgan Prussiya tomonidan bostirildi.. 1849 yil 18-iyun oyida Frankfurt milliy o'z ishini Shtutgartga topshirgan yig'ilish tarqatib yuborildi. Germaniyada 1848–49 yillar oldiga qo'yilgan ko'p vazifalarni hal qila olmadi. Uning mag'lubiyati kelajakda Germaniyani antidemokratik jihatdan birlashtirishda aniqlandi. Ammo inqilob nemislar uchun issiz o'tmadi. Bu inqilob Germaniyada fuqaroning shakllanishiga turtki bergan. Jamiyat, siyosiy shakllanish, partiyalar, burjuaziyani siyosiy holatga keltirdilar. 1 Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: A.Н.Карамзин. Писмо А.Н.Карамзина 1847-1848. Материалы по истории французской революции 1848 г.М., 1935. Стр 24. П.В.Анненков. Парижские писма. М., 1983. Стр 171. A.И.Герцен. Писмо из Франция и Италии. М., 1950. Стр 25. A.Н.Карамзин. Писмо А.Н.Карамзина 1847-1848. Материалы по истории французской революции 1848 г. М., 1935. Стр 11. Алексеев И.Н. Венский конгресс в судьбе народов Европы. М.: 1998. С 57 Васильев Н.Т. История развития общественного движения в Центральной Европе.М.:1998 С 75 Водовозов В. В. Революция 1848 года.M.1986 г 1 П.В.Анненков. Парижскиe писмa. М., 1983. Стр 159. 2 A.И.Герцен. Писмо из Франция и Италии. М., 1950. Стр 25. 1 A.И.Герцен.Былое и думы.М., 1973. Стр 145 2 . A.Н.Карамзин. Писмо А.Н.Карамзина 1847-1848. Материалы по истории французской революции 1848 г. М., 1935. Стр 11. 1 A.Н.Карамзин. Писмо А.Н.Карамзина 1847-1848. Материалы по истории французской революции 1848 г.М., 1935. Стр 24. 1 П.В.Анненков. Парижские писма. М., 1983. Стр 171. 1 Алексеев И.Н. Венский конгресс в судьбе народов Европы. М.: 1998. С 57 1 Алексеев И.Н. Венский конгресс в судьбе народов Европы. М.: 1998. С 57 1 Васильев Н.Т. История развития общественного движения в Центральной Европе.М.:1998 С 75 1 Водовозов В. В. Революция 1848 года.M.1986 г 1 Водовозов В. В. Революция 1848 года.M.1986 г 1 Водовозов В. В. Революция 1848 года.M.1986 г Download 37.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling