Reja: Kirish. Ijtimoiy soliq to’lovchilar, obyekti, soliq bazasi, soliq stavkalari va hisobot davri. Soliqni hisoblab chiqarish,soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi


Ijtimoiy soliq to’lovchilar, obyekti, soliq bazasi, soliq stavkalari va hisobot davri


Download 20.66 Kb.
bet2/5
Sana17.10.2023
Hajmi20.66 Kb.
#1705502
1   2   3   4   5
Bog'liq
soliq

1.Ijtimoiy soliq to’lovchilar, obyekti, soliq bazasi, soliq stavkalari va hisobot davri.
402-modda.Soliq to’lovchilar,
Ijtimoiy soliqni soliq to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;

  • O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;

  • ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.


403-modda. Soliq solish obyekti.

  • Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish ob’yektidir.

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish ob’yektidir.

  • Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish ob’yektidir.

Quyidagilar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi:
Ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash tarzidagi, mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha quyidagi miqdordagi to‘lovlar;
Jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo‘lib qolgan taqdirda, zararning o‘rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi);
Maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo‘shimcha xarajatlar uchun oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi miqdoridagi to‘lovlar;
Jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo‘shimcha xarajatlar tariqasida har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdoridagi to‘lovlar;
Xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi to‘lovlar miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
Paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar.

Download 20.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling