Reja: Kirish. Ijtimoiy soliq to’lovchilar, obyekti, soliq bazasi, soliq stavkalari va hisobot davri. Soliqni hisoblab chiqarish,soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi
Download 20.66 Kb.
|
soliq
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin. “Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–61-son, 26.04.2023 y.) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to‘liq qoplab beriladi. Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi. 406-modda. Soliq davri.Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir. Yil oyi hisobot davridir. O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 22-moddasida soliq to’lovchilarning majburiyatlari e’tirof etilgan. Soliq to’lovchilar: belgilangan soliqlar va yig’imlarning o’z vaqtida hamda to’liq hajmda hisoblab chiqarishi va to’lashi; hujjatlarni ko’rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati to’g’risida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi; tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni,cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi; soliq tekshiruvini o’tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lash uchun asos bo’lib xizmat qiladigan hujjatlar,shuningdek electron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minslashi; soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish ko’rsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarning qonuniy faoliyatga to’sqinlik qilmasliga; agar soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa,soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to’lash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni tegishli soliqlarni to’lash uchun belgilangan kalendar yildan keying besh yil mobaynida saqlanishini ta’minlashi; o’zi soliq bo’yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to’g’risida,agar ustav fondidagi ulushi 10 foizdan ortiq bo’lsa,xabardor etish shart. Soliq kodeksiga muvofiq soliq solish ob’ekti deb e’tirof etiladigan ko’chmas mulkga ega bo’lgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari,ko’chmas mulk ob’ekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el yurdik shaxsining ishtirokchilari to’g’risida ma’lumotlarni soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda va tartibda habar qilishi shart.Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari ko’rsatilgan holatlarda o’z muassislari,benefitsirlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni habar berishi shart.Chet el yuridik shaxsida ushbu qismda ko’rsatilgan bir nechta mol mulk ob’ekti mavjud bo’lgan taqdirda,ushbu shaxs tanloviga ko’ra xabar mol-mulk ob’ektlarning biri turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi. Soliq to’lovchilarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Download 20.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling