Reja: Kirish Ilmiy-texnik taraqqiyotning mohiyati va rivojlanish bosqichlardagi vazifalari Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari


Ilmiy-texnik taraqqiyotning mohiyati va rivojlanish bosqichlardagi vazifalari


Download 491.35 Kb.
bet2/6
Sana27.12.2022
Hajmi491.35 Kb.
#1068260
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensi-fayllar.org

Ilmiy-texnik taraqqiyotning mohiyati va rivojlanish bosqichlardagi vazifalari
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada ilmiy-texnika taraqqiyoti yuqori darajadagi murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi, u mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish kuchlarining barcha elementlari unumdorligi oshadi, masalan: mehnat predmetlari, ishchi kuchlari, mehnat mahsuli, texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va boshqalar. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanib, u aholining turmush darajasining barqaror o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ilmiy taraqqiyot konsepsiyasi mehnat qurollarni o‘zgartirishni talab qiladi, ya’ni mashina, ishlab chiqarish jihozlari, transport vositalar, barcha turdagi mashina texnikasi, mehnat vositalaridan - yonilg‘i, xomashyo, energiya hamda texnologik jarayonlarni yaxshilash, ishchi xodimlar malakasini oshirish, ishlab chiqarishni samarali boshqarish va tashkil qilishni taqozo qiladi.2
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish qo‘l mehnatini yengillashtirish omili bo‘lib xizmat qiladi, uning doimiy takomillashuvi ishchilarning moddiy ta’minlanganlik va ma’naviy dam olish imkoniyatlarini yaratadi.
Ilmiy-texnik taraqqiyoti, iqtisodiyotning moddiy-texnik bazasining shakllanishiga va uning asosida ilm-fan va texnika rivojlanishiga zamin yaratadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti tovar mahsulotlaming kengayishi va nomenklaturasining yangilanishi va ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sanoat mahsulotlarining yangilanish ko'rsatgichi mamlakatning ishlab chiqarish potensialini rivojlanishini ko‘rsatadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida maishiy xo‘jalik mahsulotlari doimo yangilanib turadi, bu bilan aholining maishiy xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabi qondiriladi. Fan va texnikaning rivojlanishini prognoz qilish muhim o‘rin tutadi, zotan, ishlab chiqarish samaradorligining oshishi, axolining shaxsiy va ijtimoiy extiyojlarini qondirish darajasi va usullari, boshqaruv usullari va vositalari tizimi, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish, mamlakatning mudofaa qudratini ta‘minlash fan-texnika taraqqiyoti sur‘atlarini jadallashishiga bog`liq.
Fan-texnika taraqqiyoti prognozlarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin.
Birinchi yo‘nalish - inson faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida fanning, istiqboldagi davrda eng progressiv hisoblangan asosiy fundamental, amaliy tadqiqotlarining rivojlanishi va iqtisodga joriy etilishi prognozlari (yangi texnika, texnologiyalarning joriy etilishi, ishlab chiqarishning tashkil qilinishi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi amaliy tadqiqotlar, alohida mahsulot turlari ishlab chiqarish va boshqalar ).
Ikkinchi yo‘nalish - hayotning turli sohalarida fan-texnika taraqqiyotining ijtimoiy oqibatlarini aniqlash.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot – bu xo‘jalik hayotidagi yangi bilim va erishilgan yutuqlarni ochish va ulardan foydalanishning uzilmas va og`ir jarayonidir. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida quyidagi ishlab chiqarish kuchlarining elementining rivojlanishi va mukammallashishi ro‘y beradi: mehnat predmetlari va vositalari, ishchi kuchi, texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarish.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning bevosita natijasi bo‘lib innovatsiya yoki yangiliklar hisoblanadi.
Bu ilmiy bilimlar qo‘llaniladigan texnika va texnologiyalarning o‘zgarishi. O‘z rivojlanish jarayonida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bir nechta bosqich etaplaridan o‘tgan.
Birinchi bosqich – ХVIII asr oxiri va ХIХ asr boshlaridagi birinchi sanoat inqilobi. Ilmiy asosda mashinali ishlab chiqarishga o‘tish.
Ikkinchi bosqich – ХIХ asr oxiri ХХ asr boshlaridagi ikkinchi sanoat inqilobi. Mashina asosidagi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarishning energetik asosining o‘zgarishi, texnik baza asosida ilmning rivojlanishi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasiga o‘tish, yangi tarmoqlarni barpo etish.
Uchinchi bosqich – ХХ asrdagi uchinchi sanoat inqilobi, u o‘z navbatida ilmiy-texnik inqilobga aylanib bordi.
IТI – bu ilmning, ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi asosida ishlab chiqarish kuchlarining tubdan sifatli o‘zgarishidir.
ХХ asrning oxirgi 10 yilliklarida sanoat inqilobining yangi to‘rtinchi bosqichining belgilari shakllana boshladi.
Uning asosiy belgilari:
· elektronika asosida ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgarishi;
· biologik jarayon va tizimlarni o‘sib boruvchi masshtablar asosida tartibga solish;
· ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish;
· energetikaning yangi turlari;
· yangi materiallarni tayyorlash texnologiyasi va boshqalar.
Rivojlanishning barcha bosqichlarida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: evolyutsion, revolyutsion (inqilobiy) va aralash.

Download 491.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling