Reja: Kirish “index” mchJning mulkchilik shakli va faoliyatining iqtisodiy tavsifi
Download 1.41 Mb.
|
“index” mchJning mulkchilik shakli va faoliyatining
3-rasm. Marketingning kompaniyaning strategik boshqaruv operatsiyalaridagi roli.3
Yuqorida strategik marketingning kompaniyaning boshqa asosiy funksiyalariga nisbatan olingan turli bosqichlari ko‘rsatilgan. Tovarni bozorning o‘z-o‘ziga “tortayotganligi” yoki tovarning bozorga texnologik jihatdan “kiritalyotganligidan” qat’iy nazar, tovar o‘zining iqtisodiy va tijorat ahamiyatini baholash maqsadida strategik marketing nazoratidan o‘tishi kerak. Tadqiqotlar va ishlanmalar xizmatlari, ishlab chiqarish va strategik marketing o‘rtasidagi muvofiqlik bu o‘rinda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tovar uchun bozor tanlash shu muvofiqlikning natijasi bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini belgilash va investitsion qarorlar qilish uchun zamin yaratadi va, binobarin, kompaniyaning butun moliyaviy tuzilmasining muvozanatda bo‘lishini ta’minlashda g‘oyatda muhimdir. Aniqlangan tovar bozorlari iqtisodiy imkoniyatlarni ifodalaydi, endi ularning jalb qiluvchanligini baholash kerak. Tovar bozorining jalb qiluvchanligi miqdoriy jihatdan bozor salohiyati tushunchasi bilan o‘lchanadi, dinamik jihatdan esa o‘zining mavjud bo‘lish muddati bilan yoki hayot sikli bilan xarakterlanadi. Muayyan kompaniya uchun tovar bozorining jalb etuvchanligi uning raqobatbardoshligiga, boshqacha qilib aytganda, haridorlarning ehtiyojlarini raqiblariga qaraganda yaxshiroq qondira olish qobiliyatiga bog‘liq. Kompaniyaning raqobatbardoshligi uning raqobatli ustunlikka ega bo‘lishi yoki uning raqiblaridan ajralib turuvchi sifatlari tuvayli yohud harajatlar bo‘yicha afzallik beruvchi yuqori ishlab chiqarish samaradorligi tufayli mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, strategik marketingning roli kompaniyani manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarga yo‘naltirish, ya’ni uning “nou-xau” va resurslariga mos keladigan, uning o‘sish va rentabellik salohiyatini ta’minlovchi imkoniyatlarga yo‘naltirishdan iborat. Strategik marketing jarayoni o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga egadir. Uning vazifasi kompaniyaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni belgilash, o‘sish strategiyasini ishlab chiqish va tovar portfelining muvozanatlangan tuzilmasini ta’minlashdan iboratdir. Tovarni siljitishga sarflangan marketing xarajatlarini ayirib tashlagandan keyin hosil bo‘ladi. Ushbu daromad kompaniya uchun tovar bozoriga kiritgan hissa bo‘lib hisoblanadi. Xulosa qilib shuniday fikrga kelamiz, strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish og’ir jarayon hisoblanib, menejerlardan turli xil harakatlarni talab qiladi. Strategik menejmentga doimiy etarlicha e’tibor berish strategiyani takomillashtirish zaruriyatidir. Uni amalga oshirish usullarini yangilash strategiyaning sifati, samaradorligini oshirish har bir xodimdan talab qilinadi. Boshqaruv apparati strukturasiga asosiy talab uning operativligidadir. Apparat strukturasi shunchalik darajada egiluvchan va oddiy bo’lishi kerakki boshqaruv sistemasida qaror qabul qilish va uni amalga oshirish kerak. Operativlik bilan faoliyat yurgizishning ishonchliligiga bog’liqdir. Bu degani boshqaruv apparati axborot o’zatishning to’griligiga kafolat berish o’zatilayotgan ma'lumotlarning buszilishiga yo’l qo’ymasligi kerak, boshqaruv sistemasida aloqaning o’zluksizligini ta’minlash kerak. Apparat strukturasi boshqaruv iqtisodini ta’minlashi kerak. Buning ma'nosi shundaki, boshqaruvdan keladigan samara boshqaruv apparatiga bo’lgan xarajatlarning minimalligi orqali erishilsin. Apparat strukturasiga ishlab chiqarish xarakterining o’zi, uning tarmoqli xususiyatlari (ishlab chiqarilayotgan maxsulot tarkibi, tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish masshtabi va tipi, texnik jixozlanganlik va mehnat jarayoni darajasi va boshqalar), shuningdek boshqaruv ishining mexanizatsiyalanganligi va avtomattlashganligi darajasi ishchilar malakasi, ular mehnatining samaradorligi buysunuvchilar soni va boshqaruvchi tomonidan ularni nazorat qila olish imkoniyatlari o’rtasidagi bog’liqlik ta'sir ko’rsatadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling