Reja: Kirish: Investitsiya faoliyati haqida tushuncha " Uzbekneftegaz" va Neft gaz sanoatida investitsiyalar
Yevropaning yirik banklari va “Sho‘rtan” GKM’ga investitsiya kiritadi
Download 58.07 Kb.
|
Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyati 111222
Yevropaning yirik banklari va “Sho‘rtan” GKM’ga investitsiya kiritadiUlar orasida “Deutsche Bank”, “Landesbank Baden-Wuerttemberg” va “Landesbank Hessen-Thüringen Girozentrale” (“Helaba”) banklari mavjud bo’lib, umumiy investitsiya miqdori 1,1 mlrd yevroga teng. Energetika vazirligi tizimidagi O‘zbekiston neft va gaz sanoatining yetakchi kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” AJ “O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” iqtisodiy forumida Yevropaning uchta yetakchi banki bilan moliyaviy hamkorlik bo‘yicha muhim shartnomalar imzolanganini e’lon qildi. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish investitsiya loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomalarining qiymati 1,1 mlrd. yevroga teng. Shartnomalar “Deutsche Bank” bilan — 500 million yevroga, “Landesbank Baden-Wuerttemberg” bilan — 300 million yevroga, shuningdek “Bank Helaba” bilan ham — 300 million yevro qiymatga imzolandi. Loyihaning umumiy qiymati 1,8 mlrd. AQSh dollarga teng bo‘lib, shundan 1,2 mlrd. AQSh dollari xorijiy banklar va moliya institutlari konsorsiumi, 600 mln. AQSh dollari esa “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan taqdim etiladi. Mablag‘lar “Euler Hermes” (Germaniya) va boshqa Yevropa eksport-kredit agentliklarining sug‘urta qoplamalari doirasida jalb qilinadi. Iqtisodiy forumda “O‘zbekneftgaz” AJ va shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan va O‘zbekistonda investitsiya loyihalari va ularni moliyalashtirish bo‘yicha maslahat berish bo‘yicha ko‘p yillik muvaffaqiyatli tajribaga ega “White & Case LLP” xalqaro yuridik firmasi o‘rtasida yana bir bitim imzolandi.Sarmoya “ANDIJANPETRO” MChJ qo‘shma korxonasi “O‘zbekneftgaz” AJ va “Zarubejneft” AJ (Rossiya) ishtirokida tashkil etilgan. 2020-yil 7-oktabr, 14:42 71 “O‘zbekneftgaz”: investitsiya loyihasi doirasida 3,95 milliard kub metr tabiiy gaz va 122,6 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarildi (Foto) “Natural Gas-Stream” MChJ QK umumiy qiymati 701,4 million dollar bo‘lgan “Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. 2020-yil 21-sentabr, 16:08 152 “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Buxorodagi investisiya loyihalari holatini o‘rgandi (Foto) “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari Buxoro viloyatidagi Gazli neft-gaz qazib olish boshqarmasida investisiya loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining holatini o‘rgandi “O‘zbekneftgaz” gazdan tushgan daromad aholiga taqsimlangani haqidagi xabarlarni rad etdi Bir oyda 1400 dollar daromad olish uchun foydalanuvchilardan 100 dollar sarmoya kiritish so‘ralgan. “O‘zbekneftgaz” gazdan tushgan daromad aholiga taqsimlangani haqidagi xabarlarni rad etdi Foto: “O‘zbekneftgaz” Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati nomidan “investitsiya loyihasi” haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Davlat kompaniyasi matbuot xizmati ularga izoh berdi. Eʼlonlarga koʻra, “Oʻzbekneftgaz” Oʻzbekiston aholisiga gaz sotishdan qoʻshimcha daromad olish imkoniyatini taqdim etgan. Buning uchun 100 dollarlik pul tikish taklif etiladi. Foydalanuvchilarga birinchi haftada 250 dollargacha va oyiga 1400 dollargacha daromad va'da qilingan. Bunday takliflar yolg'on, deya ta'kidladi kompaniya. "Loyiha" ga kiritilgan mablag'lar firibgarlarga o'tadi. Shuningdek, ular "taklif"ga javob bergan foydalanuvchining telefon hisobi yoki kartasidan pul o'g'irlashga urinishlari mumkin. Download 58.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling