Reja: Kirish: Investitsiya faoliyati haqida tushuncha " Uzbekneftegaz" va Neft gaz sanoatida investitsiyalar


Qashqadaryoda neft-gaz sanoatida 5 mlrd dollar bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi


Download 58.07 Kb.
bet8/9
Sana31.01.2023
Hajmi58.07 Kb.
#1145442
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyati 111222

Qashqadaryoda neft-gaz sanoatida 5 mlrd dollar bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi


Qashqadaryoda neft-gaz sanoatida 5 milliard dollar bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, bu orqali 25 mingga yaqin aholi bandligi ta’minlanadi. Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz, Kitob va Yakkabog‘ tumanlarida 15 ming gektar uzumzorlar, Kitob, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida 3 ming gektar intensiv bog‘, Kitobda 2 ming gektar yangi anorzor, Qamashi, Chiroqchi, Yakkabog‘, Dehqonobod tumanlarida 4 ming gektar pista plantasiyalari barpo etiladi. Bularning hisobiga 30 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shuningek, Koson va Qamashi tumanlarida 10 ming gektar lalmi maydonda poliz yetishtirish hisobiga 12 mingdan ortiq aholi bandligi ta’minlanadi. Mirishkor, Qamashi, Kasbi, Koson, Qarshi va Muborakda 2 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar ishga tushirilib, 25 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali investisiya va eksport salohiyatini yangi bosqichga olib chiqiladi. Kelgusi besh yilda sanoat tarmoqlarida qariyb 10 milliard dollar bo‘lgan 2 mingdan ziyod katta-kichik loyihalar amalga oshiriladi va 150 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Qashqadaryo viloyati mamlakatimizda neft-gaz va energetika sohasining asosiy tayanchi bo‘lib, kelgusi yillarda ularni rivojlanish iqtisodiy dasturimizda muhim o‘rin egallaydi. Bu borada neft-gaz sanoatida 5 milliard dollar bo‘lgan 5 ta investisiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
Energetika sohasida kelgusi besh yilda umumiy qiymati 1,3 milliard dollarlik jami quvvati 1 ming 250 Mega-Vatt bo‘lgan loyihalar amalga oshiriladi. Umuman, Energetika vazirligi huzurida yirik tarmoq loyihalari uchun infratuzilma barpo etish maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etilib, unga 200 million dollar mablag‘ ajratiladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida Sho‘rtan konidagi Shtabda ushbu vazifalarni bajarish maqsadida 2022 yilda amalga oshirilgan neft va gaz geologiya qidiruv ishlari va ularning natijalari, jumladan, 5 ta yangi kon ochilganligi, 35 mlrd. Kub metrdan ortiq tabiiy gaz va 1,6 mln.tonna suyuq uglevodorod zahiralari ko‘paytirilganligi alohida qayd etildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zLITIneftgaz” AJ, “O‘zbekgeofizika” AJ, “IGIRNIGM” davlat muassasasi va “Shlyumberje” kabi korxonalarning hamda joylardagi burg‘ilash, qazib chiqarish boshqarmalarining rahbar va mutaxassislari, geologlar, geofiziklar, muhandislar ishtirokida “O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yildagi neft va gaz geologiya qidiruv ishlarining ustuvor vazifalari hamda erishilishi kutilayotgan natijalari batafsil muhokama qilindi.
Dastlab “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2022 yilning yakunida yillik neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari rejasini bajarish, zaxiralarni ko‘paytirish va yangi maydonlarni burg‘ilashga kiritish hamda ularning kelgusi istiqbolli yo‘nalishlari, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularning yechimlariga doir takliflar batafsil tahlil qilindi

XULOSA
Xulosa shundan iboratki Neft gaz sanoati yildan yilga rivojlanmoqda. Ko’pgina zavodlar qurilmoqda chet eldan investitsiyalar kiritilmoqda ya’ni capital.


Bilamizki neft oldingi asrlarda ham mavjuddir. O’sha paytlarda neftdan faqat benzin yoqilg’isi olingan. Bir necha yillardiki Neftdan benzin kerosin dizel va mazut gudronlar olina boshlandi albatta.
Oʻzbekistonda dastlabki neft koni 1904-yilda ochilgan (Fargona vodiysidagi Chimyon neft konida 278 m chuqurlikdan sutkasiga 130 t neft olingan). Oʻsha yili Vannovsk (hozirgi Oltiariq) temir yoʻl stansiyasida neftni kayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Oʻzbekistonda neft sanoatining paydo boʻlishi shu sanadan boshlanadi. Keyinroq Fargona botigʻida Yorqoʻton, Selroxs konlari ham ochildi, Chimyon-Vannovsk neft quvuri qurildi, neftni qayta ishlash zavodi kengaytiriddi. Shu davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni toʻla oʻz nazoratiga oldi. "Santo" — Oʻrta Osiyo neft savdosi shirkati tashkil etildi. 1913-yilda jami 13 ming t neft qazib olindi. Oktabr toʻntarishidan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari natsionalizatsiya qilinib, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham shoʻrolar hokimiyati ix-tiyoriga oʻtkaziddi. Oʻzbekistonga boshqa respublikalardan, ayniqsa, Rossiyadan koʻplab mutaxassislar kela boshladi. Qoʻqon shahrida "Oʻzbekneft" (1924), Termiz shahrida "Termizneft" (1936) trestlari tashkil qilindi. Qoʻqon neft texnikumi (1935) ochildi. Urushgacha boʻlgan davrda Surxondaryo viloyatida ham neft konlari ochildi va ishga tushirildi (1935; Uchqizil, Xavdag). 1940-yilda mamlakatda neft olinadigan konlar soni 11 taga yetkazildi.
1941—45 yillarda yangi neft konlari (Fargʻona vodiysida Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Andijon) ochildi va tez fursatda ishga tushirildi. Oltiariq zavodi kengaytirildi. Oʻsha davrda respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham vujudga keldi. 1941-yilda 196 ming t, 1945-yilda 478 ming t neft qazib olindi, 50-yillardan neft konlarida telemexanizatsiya vositalari qoʻllanildi, turbinali burgʻilash joriy qilina boshladi. 1959-yilda Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining oʻzidan 1460 ming t dan ziyod neft olindi. Usha davrda Buxoro-Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirildi, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etiddi. 70-yillar boshidan ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaydi. Yangi neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazish oʻzlashtirildi. Voruxda 5200 m, Gʻumxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m oʻta chu kur neft quduqlari burgʻilandi.
1985-yilda Buxoro-Xiva provinsiyasida yaxshi tarkibli, neft-gaz kondensatli Koʻkdumaloq koni ochildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustakillikka erishganidan soʻng Neft sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi. 1992-yil 23-dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyam tashkil etildi. 1993-yil Fargʻona botigʻining oʻta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqdi (qidiruv burgʻilash ishlari davom etmoqda). Respublika neft sanoati xalq xoʻjaligining neftga boʻlgan talabini toʻliq qondirish imkoniyatlariga ega. Ayniqsa, Koʻkdumaloq koni jadal surʼatlar bilan ishga tushirildi. 1995-yilda Oʻzbekistonda 7 mln. t ga yaqin neft va kondensat qazib olindi. 1991—2003-yillarda Oʻzbekistonda neft va gaz kondensatini olish 2,8-marta oshdi (1990-yilda 2,81 mln. t; 1997-yilda 7,9 mln. t) va 1995-yilda neft importini tugatib, respublikaning neft mustaqilligini taʼminlashga imkon yaratdi. 2001-yilning yanvariga kelib Oʻzbekistonda 59 kondan neft olindi, 17 ta kon ishlatishga tayyorlangan va konservatsiyada. 13 ta kon qidiruv holatida. Neft qazib olish va konlarni izlab-tekshirish boʻyicha Oʻzbekiston — Malayziya qoʻshma korxonasi (Oʻz-Maloyl) (1994) tashkil etildi. Oʻzbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi. 2000-yilda Oʻzbekiston Neft sanoatida gaz kondensata bilan birga 7,53 mln. t neft qazib olindi.
Neft-kimyo sanoatining rivojlanishi tufayli hozirgi zamon iqtisodiyotida neftning ahamiyati ortib bormoqda. Jahonda Neft sanoati AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt, Venesuela, Xitoy va boshqa mamlakatlarda rivojlangan.

Download 58.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling