Reja: Kirish. Ishning umumiy tavsifi. I bob: Furqatshunoslikning tadriji


“Xudoyorxon va Furqat” asarida shoir va uning


Download 156.13 Kb.
bet10/15
Sana22.04.2023
Hajmi156.13 Kb.
#1379212
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Furqatshunoslik

2.2. “Xudoyorxon va Furqat” asarida shoir va uning
ayrim asarlari haqida mulohazalar
Zabardast o`zbek ma’rifatparvari Zokirjon Xolmuhammad o`g`li yashagan davr Qo`qon xonligi talato`plaolar girdobida edi. Ya’ni, toj-u taxt uchun bir qancha davogarlar chiqayotgan, rus bosqinchilari xonni taxtdan ag`darishga urinayotgan va
bunga erishib yurtni xoxlagancha boshqarayoygan davr edi. Sharif Yusupov navbatdagi risolada Furqatning ushbu voqealarga munosabati qanday ekanligi to`g`risida bir qancha mulohalar yuritgan. Uning bu ishga qo`l urishiga asosiy sababni ushbu jumlalardan anglashimiz mumkin: “Furqat o`z xotirasida mustahkam o`rnashib qolgan bu iztirobli voqealarni qayta-qayta mushohada etgan, shu munosabat bilan qo`liga ko`p marta qalam olgan, bu xususda yaratilgan o`z asarlarinigina emas, balki hamkasb shoir do`stlari tomonidan bitilgan asarlarni ham o`zbek o`quvchilari bilan bir qatorda rus o`quvchilariga yetkazish yo`llarini ham topgan” . Bundan tashqari, bir qator rus tadqiqotchilari,xususan, 1972-yilda Leningradda Muqimiy va Furqat she’rlarini alohida kitob holida nashr ettirgan A.Zirin “Furqat Qo`qonni larzaga solgan o`zaro urushlar va qo`zg`olonlarning jonli guvohi edi. Biroq uning she’riy ijodida o`z ko`z o`ngida sodir bo`lgan bu voqealarga qiziqqanligini ko`rmaymiz” degan fikrlariga qarshiligi bu risolaning dunyoga kelishida bosh omil bo`ldi. Olim Furqatning bo`lib o`tayotgan voqealarga munosabat bildirgan bir qancha asarlarini talqin qiladi, ham adabiyot, ham tarix uchun muhim ma’lumotlarni ilm ahliga taqdim etadi.
Kitobning debochasida Sharif Yusupov Furqat dastlab qo`qonlik shoir do`sti Mulla Siddiq Kotibning “O`ldi” radifli yuz misradan iborat katta muxammasini, sal keyinroq o`zining “Muxammas Muhammad Xudoyorxon tilidan” sarlavhali salmoqli muhammasini N.Ostroumov va Sattorxon Abdug`afforov yordamida ruscha tarjima qildirgani . Uni “Ross iya Arxeologiya jamiyati Sharqshunoslik bo`limi “Axborot”ida Peterburgda chop ettiradi. 1903-yil 9-iyunda “ Turkiston viloyati gazeti”da “Qasida” sarlavhali asar nashr qildirib,unda Qo`qon xonligidaa yuz berayotgan so`nggi voqealarni aks ettiradi. “Turkiston viloyatining gazeti”ning o`n ikki sonida chop etilgan “Sarguzashtnoma12” asarida Qo`qon xonligining rus mustamlakasiga aylanishiga olib kelgan voqealar,qirg`inlar,noshukurliklar manzarasini yoritgan. Furqat Qo`qon xonligining eng so`nggi hafta va oylariga
bag`ishlangan asar yozgan, ammo bu asar bizgacha yetib kelmagan.
Sharif Yusupov risolasining keyingi qismlarida Furqat aynan qaysi asarlarida qo`qon xonligining so`nggi kunlari haqida yozganini to`laroq yoritadi.
So`nggi Qo`qon xoni Xudoyorxon hukmronligining turli davrlarida Niyoziy Xo`qandiy “Ilg`or ahli qissasi”, Mulla Qori Qunduziy “Tavorixi manzuma”,Mulla Avaz Muammad So`fi Attorning “Tuxfatut tavorixi xon”, Manjur Xo`jandiyning “Tarixi Xo`qand”, Shavqiy Namangoniyning “Jangnomayi Xudoyorxon”
Abdug`afurovning “Zafarnomayi Xudoyorxon” asrlari yozilgan. Bu davrda Furqat uning zamondoshlari ham Xudoyorxonga atalgan muxammaslar bitgan. Sharif Yusupov ayni shu muxammaslarni to`plab, ulardagi yangi tarixiy faktlarni o`rganadi. “Xudoyorxon va Furqat” kitobining “Xudoyorxonga hamdard misralar”qismida Zavqiy,Zoriy, Kotib,Furqat muxammaslari yaratilish tarixi va o`ziga xos xususiyatlari haqida so`z boradi.
Furqatning “Muxammasi Muhammad Xudoyorxon tilidan” deb nomlangan asari 1893-yil “Rossiya Arxeologiya jamiyati Sharqshunoslik bo`limi “Axboroti”ning sakkizinchi sonida birinchi marta chop etilgan. Unda to`la o`zbekcha nashr bilan bira ruscha tarchimasi ham bo`lib shaxsan N.Ostroumov va S. Abdug`afurov tarjima qilgan edi. Asar inqilobdan oldin ya’ni 1914-yilda Abdulla Avloniyning “Adabiyot” to`plamida nahr etilgan.1971-yilda Sobirjon Ibrohimov tomonidan “Muxammasi Muhammad Xudoyorxon tilidan” muxammasi nashrga tayyorlanib “Mehnat va turmush” oynomasining 5-sonida chop etilgan. Keyingi ikki nashrda Furqat tomonidan yozilgan so`zboshi berilmagan. “Xudoyorxon va Furqat” kitobida Sharif Yusupov asarni ilk nashrdagi mukammal xolida o`quvchilarga taqdim etadi.
Furqat muxammasning so`zboshisida Xudoyorxon vatanjudolik kezlarida “charxi kajraftorning bedodidin shikoyat qilib, asosi davlat va xidomi xashamatlarni yod aylab, bir muncha hasratangez va nadomatomezlik birla” so`zlagan so`zlarini eshitgan kishilardan so`rab bu maxammasni bitganini yozadi. Ushbu muxammasning Kotib muxammasidan farqi Xudoyorxon tilidan yozilganidir.
Demish xon bir kunikim davru davronlar qayon qoldi?
Sariri saltanatda hukm-farmonlar qayon qoldi?
Munaqqash xonalar, zarrin namoyonlar qayon qoldi?
Ravoqu peshtoqu qasri kayvonlar qayon qoldi?
Muqarnas, shahnishin zarkor ayvonlar qayon qoldi?

Bor edi xizmatimda kecha-kunduz yaxshi hamdamlar,


Beliga bog`lag`on tillo kamar gulchehra mahramlar,
Misoli bu Ali Ibn sino, Falotuntab’ odamlar,
Fatonat bobida olg`on hama xatti musallamlar
O`shandog` ahli donishlar, suhandon qayon qoldi?
Qabul aylab xudo bu tavba birla oh-zorimni,
Yana Farg`onaga bir yo`l yeturgaymu guzorimni,
Quvonsa notavon ko`nglum ko`rub yor-u diyorimni,
Duogo`ular ichinda yaxshi bilgan e’tiborimni,
Darig`o,Furqatiydek diyda giryonlar qayon qoldi?
Muxammasining boshqalardan farqi Xudoyorxon toj-taxti zavolga uchrashini Kotib xon atrofidagi amaldorlarning xiyonati, og`li Nasriddinxonning laqmaligi, boshqalarning nohaqligidanm deb bilsa, Furqat bu ishlarning bosh sababi xonning maishatparastligi, hashamatga ortiqcha hirs qo`yganligi, fuqaro tirikchiligi g`amini yemaganligidan deb hisoblaganidir.Kotib Xudoyorxonning maishiy tomonlarini umuman qalamga olmagan, Furqat esa bu jihatlarni birinchi planga chiqargan. Muxammasning yana bir farqi haqida olim “Kotib muxammasini o`qigach, xon atrofida tuzuk, insofli,ilm-ma’rifatli odamlar umuman bo`lmagan ekanda deb o`ylaymiz . Furqat esa xonning maishatparastligi va hashamatga o`chligidan ichki norozilik bildirgan holda,uning atrofida aibn Sino, Aflotun taxlitidagi ahli donishlar, valoyat hosil etgan yaxshi eshonlar ham bo`lganligiga e’tibor qaratganligidir” degan mulhaza yuritadi.Bu muxammas Furqatni nafaqat Turkistin, Balki Rossiya va boshqa xorijiy mamalakatlarda ham mashhur qilgan Bundan tashqari, olim “Xo`qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti, o`zi yozg`oni” nomli mashhur nasriy asarini ham o`rganib unda shoirning davrga bo`lgan munosabatlarini yoritadi. “Ahvolot”da Furqat Xudoyorxon Qo`qon xonligidagi barcha madarasalar faoliyati bilan, ularda o`quv-tarbiya ishlari ta’minot masalari bilan shug`ullanishni o`z zimmasiga olgan. Bu bilan olim Xudoyorxonning ko`p yillar davomida kaltafahm va chalasavod hukmdor degan qarashlarga chek qo`yadi. Buni yaqqolroq “Xudoyorxon qochishga majbur bo`lishi bilanoq barcha madrasalar yopilib tolibi ilmlar kalavaning uchini yo`qotib qo`yadilar,duch kelgan kasb-hunarga o`zlani urishdab boshqa choralar qolmaydi” deb isbotlab beradi. .
Qo`qon xonligida yuz bergan voqealar umrining oxirigacha Furqat qalbini vayron qilib kelganligini olim “Qasida” nomli asari orqali ham isbotlab bergan. Asarning kirish qismida asl maqsadni ifodalab “Mabodo xotirlarig`a xutur qilmog`aykim bu so`zlar xushomadgo`ylik yuzidin ado topg`n bo`lg`ay deb.Chunki maqsudimiz asli boshqa yerga resha chekmoqlig`i ko`nglumiz ganjinasida maktum va mazammirdur, vassalom” deb yozadi Furqat. “Qasida” asl ma’nosini chaqmay turib unga ta’na toshlarini otgan tadqiqotchilar fikriga qarshi chiqib olim asrdagi tag ma’noni o`quvchilar hukmiga havola etadi. Zukko ma’rifatparvar shoir aslida xiyonotkorona qilmishlari bilan Qo`qon xonligini rus mustamlakchilari oyog`i ostiga tashlab berishga olib kelgan o`jar va kaltabin , mol-dunyo va amalga mukkasidan ketgan hamyurtlarini avvalgi asarlarida deyarli uchramaydigan achchiq istehzo bilan,masxara ohanglarida hajv qiladi, ularning asl qiyofalarini fosh qiladi.
Qadim ayyom xonlar davrini ko`rgan eshitganmiz,
Har oyda bir tarafdin yov chiqib elga ziyon etti.

Sipohilikda tartibu nizomi yo`q xaloyiqlar


Bir-ikki ming kishi jam o`lsa, bir qirg`izni xon etti.

Bir-ikki gaz qizil gaz chit nayzaga bog`la, alam aylab,


Qo`shun tortub, necha yerlarni taroju talon etti

Ota-bobosi miltiq otmaganlar: “biz sipohi”, deb,


Minib bir baytal otni, o`zini botur gumon etti.

Ko`sovdek miltiq ustida temurdek shofni bog`lab,


Hayolida borib taxsiri Shomu Soqilon etti.

Ko`b elni xuni nohaq qildi ul saffok zolimlar,


Bolosini etim, xotunlarin bexonumon etti.
Sharif Yusupov Furqatning “Muxammasi Muhammad Xudoyorxon tilidan” “Xo`qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti, o`zi yozg`oni” “Qasida” asarlarini talqin qilib ,shoir aslida Qo`qon xonligining so`nggi davriga befarq bo`lmaganligini asoslab berdi. Xulosa o`rnida olim quyidagi fikrlarni keltiradi:
“ Zamonasining buyuk ijodkorlaridan bo`lmish Zokirjon Furqat xalq hayotiga, el-yurt qismatiga aloqador har bir voqeaga, bu voqealarda ma’lum rol o`ynagan tarixiy shaxslarga zo`r qiziqish hada sinchkovlik bilan qaragan, ular haqida yolqinli asarlar yaratgan, boshqa ijodkorlarning shu xususdagi asarlarini manfatdorlik bilan kuzatib brogan, ularni keng targ`ib etishdek savobli amallarni bajonu dil bajargan”
Shunday qilib, Sharif Yusupov ham adabiyot, ham tarix uchun g`oyat muhim manbalarni taqdim etgan.Bundan tashqari, Furqatning ichki dunyosini , his-tuyg`ularini ham yoritib bergan.



Download 156.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling